Farg‘ona viloyatining Toshloq tumani Qamchipurush MFYda yashovchi H.X.ning uyida joylashgan vagonchada sodir bo‘lgan yong‘in natijasida bir kishi halok bo‘ldi.
Axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi prezident farmoni qabul qilindi.
Qo‘qondagi yopiq suv havzasini qurish uchun Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 4,5 milliard so‘m ajratildi.
Joriy yilning aprel oyida «Tashkent Law Spring» xalqaro yuridik forumi o‘tkaziladi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiyot xodimiga tajovuz qilganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortish tashabbusi bilan chiqmoqda.
O‘zbekiston fevralda 500 mln dollarlik ilk yevroobligatsiyalarini chiqaradi. 7−14 fevral kunlari Nyu-York, Boston va Londonda roud-shoular bo‘lib o‘tadi.
Advokatlar palatasi advokatlarga faoliyatiga tazyiq o‘tkazilishiga oid anonim so‘rovnoma natijalarini e’lon qildi. Bosh prokuratura ushbu ma’lumotlarni shubha ostiga oldi.
Energetika vazirligi «O‘zbekenergo» va «O‘zbekneftgaz» kompaniyalarini restrukturizatsiya qilish bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqadi.
Hafta boshi va oxirida O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchiliklar bo‘lishi kutilmoqda.
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi.
Toshkentda janjal vaqtida pichoqlangan voyaga yetmagan o‘smir hayotdan ko‘z yumdi.
Umumiy qiymati 210 mln. so‘mlik, jami 9590 quti tamaki mahsulotlarini bojxona to‘lovlarni to‘lamasdan olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs to‘xtatildi.
Qoraqalpog‘istonda joylashgan 19-son jazoni ijro etish koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan 44 yoshli Iskandar Xudayberganovning salomatligi yuzasidan bayonot berildi.
Endilikda pensiyaga chiqayotgan shaxs ish haqi haqidagi turli ma’lumotnomalarni Pensiya jamg‘armasiga topshirishiga hojat qolmaydi.
Ochilboy Ramatov bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — transport vaziri etib tayinlandi. Jamshid Qo‘chqorov, Aziz Abduhakimov va Tanzila Norboyeva bosh vazir o‘rinbosarlari lavozimlarini saqlab qoldi.
Xalq ta’limi vazirligi buyrug‘iga asosan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida kuzatuv kengashi faoliyatini tashkil etilishi belgilandi.
Eksportdan kelib tushgan valyuta mablag‘larining banklarga sotilgan hajmi 2 baravar ko‘payib, 4,1 mlrd dollarni tashkil etdi.
Velopoygachi Olga Zabelinskaya Belgiyada o‘tkazilgan International Belgian Track Meeting musobaqasida ikkita oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Alisher Sultonov energetika vaziri etib tayinlandi. U bosh vazir o‘rinbosari lavozimidan ozod qilindi.
Endilikda chegara-bojxona postlarida navbatda turgan avtomobillar soni haqidagi ma’lumotlarni onlayn tekshirish mumkin.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting