O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi etib qayta tashkil etildi va prezident Administratsiyasi tuzilmasiga o‘tkazildi.
O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Ahmedov uchrashuvdan keyin majburiy qisqa intervyu bermagani uchun 10 ming dollar miqdorida jarimaga tortildi.
Qarshida qishning sovuq kunlarida bir oilaning uyi gaz va elektr taminotidan ajratilib, majburan buzib tashlandi.
O‘zbekiston mudofaa vaziri va AQSH QK Markaziy qo‘mondonligi rahbariyati Markaziy Osiyoda xavfsizlik masalalarini muhokama qildi.
Avtomobil transporti agentligi «Bishkek-Toshkent» xalqaro avtobus qatnovi vaqtincha to‘xtatilgani yuzasidan bayonot berdi.
Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida xonadon ostidan besh yoshli qizchaning jasadi topildi. Ayblanuvchi qo‘lga olindi.
Iqtisodiyot va sanoat vazirining birinchi o‘rinbosari Ravshan G‘ulomov turk ishbilarmoni Ahmet Demirning «Chorsu» mehmonxonasini rekonstruksiyadagi sansalorliklar to‘g‘risidagi bayonotiga izoh berdi.
Hukumat qaroriga muvofiq Nodirbek Saydullayev «Asaka» aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvining raisi etib tayinlandi.
Vazirliklar vakillari va Toshkent hokimi Tashkent City loyihasidagi yosh xorij kompaniyalari ishtiroki borasida izoh berar ekan, bu dunyo amaliyotida odatiy holat ekanini ta’kidladi.
Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari Timur Ishmetov Toshkent hokimiyati tomonidan «Poytaxt bank» ta’sis etilishida qonunchilik buzilishi holatlari yo‘qligini ma’lum qildi.
Davlat stitistika qo‘mitasi bergan ma’lumotga ko‘ra, kichik biznes olgan daromadlar bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkich Jizzaxga, eng past ko‘rsatkich Toshkentga tegishli.
Ichki ishlar vazirligining markaziy apparatida va hududiy tizimlarida rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi.
Ko‘ksuv suv omborida ushlangan brakonerlardan 140 kg baliq olib qo‘yildi. Hayvonot dunyosiga yetkazilgan zarar miqdori 303,5 mln so‘mni tashkil etdi.
«E-IJRO AUKSION» elektron onlayn-auksion savdolarida 2843 ta bo‘sh yer uchastkalari sotildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax shahridagi Mirzo Ulug‘bek mahallasi va 3-sonli ichki ishlar bo‘limini ko‘zdan kechirdi.
Xalq ta’limi vazirligi «Maktablarda zo‘ravonlikni oldini olish va ijobiy psixologiyani o‘qitish metodikasi» loyihasi amalga oshirishni boshladi.
Asia Alliance Bank aksionerlari qarzlarini qaytarish uchun o‘z ulushlarini davlatga sotdi. Bank sektoridagi davlat hissasi 1−2 foizga o‘sdi.
Fuqarolar D.A. va Z.A. «shartli xaridor"ga 15 kilogramm simobni 100 ming AQSH dollariga sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi.
Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Akfa kompaniyasi aksiyalariga egalik qilishini, biroq uni boshqarishni boshqa insonlarga topshirganini ma’lum qildi.
Toshkentda Rossiya kompaniyasi ishtirokida O‘zbekistondagi ilk osma ko‘prik qurilmoqda. U yangi «Navro‘z» bog‘ida Anhor kanali ustiga barpo etilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting