May oyida so‘mning real ayirboshlash kursi fevral oyidan buyon 8 foizga pasayib, yana 1,8 foizga qadrsizlandi. Markaziy bank buni yuqori inflyatsiya va hamkor mamlakatlarda valyuta kurslarining ko‘p yo‘nalishli o‘zgarishi bilan izohladi.
BMT Bosh assambleyasi delegatlari Malta, Mozambik, Shveysariya, Ekvador va Yaponiya mamlakatlarini Xavfsizlik kengashining yangi vaqtinchalik a’zolari etib sayladi. Ushbu davlatlar vakillari 2023−2024 yillar davomida Kengash ishida ishtirok etadi.
Guliston shahrida 26 yoshli ayol o‘zining 1 yoshli farzandini 15 ming dollar evaziga sotayotgan vaqtida ushlangani aytilmoqda. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, gumondor hibsga olindi.
Shavkat Mirziyoyev Eronda yo‘lovchi poyezdi falokatga uchrab, ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani va jarohat olgani munosabati bilan mamlakat prezidentiga ta’ziya bildirdi. Hodisa oqibatida 21 kishi halok bo‘lgan, 87 nafarga yaqin yo‘lovchi jarohatlangan.
Toshkent shahri, Namangan va Qashqadaryo viloyatlarida valyuta qimmatliklarini noqonuniy ravishda sotishga uringanlikda gumonlangan shaxslar qo‘lga olindi. Ular 13 300 dollarni 147,7 mln so‘mga ayirboshlashga harakat qilgani aytilmoqda. Gumondorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Toshkentning Bektemir tumanidagi «Shonazar» mahallasidan drift va dreg-reysing uyushtirish uchun yer uchastkasi ajratiladi. Kengash avtopoyga ishtirokchilarining xavfsiz harakatlanishi, avtomobillarini texnik ko‘rikdan o‘tkazishi uchun sharoit yaratish bo‘yicha topshiriq berdi.
Aerodromdagi shartli favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha mashg‘ulotlarga Toshkent aeroportining 13 ta xizmati — 117 xodim, 47 ta texnika va Tu-154 o‘quv samolyoti jalb etildi. Fotosurat.
O‘zbekistonda vino va pivoning reklamasiga ruxsat berilgani, 16% etib belgilagan asosiy stavka, O‘zbekistonga $142 mlnlik imtiyozli kredit ajratayotgan Jahon banki, yolg‘iz keksalar va faxriylarga bepul oziq-ovqat o‘rniga beriladigan naqd pul va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 9 iyundagi xabarlar dayjestida.
11 − 16-iyun kunlari Surxondaryo viloyatida 30 ga yaqin vazirlik va idoralar rahbarlari ommaviy qabullar o‘tkazadi. Qabul kunlari va manzillar.
O‘zbekistondan Rossiyaga yo‘lovchi temir yo‘l transporti harakati 23-iyundan boshlanadi. Avvalroq poyezdlar qatnovi 14-iyundan boshlanishi xabar qilingan edi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida bilan telefon orqali ikkitomonlama munosabatlarni muhokama qildi. Tomonlar Osaka shahrida o‘tkaziladigan «EKSPO-2025» butunjahon ko‘rgazmasida O‘zbekistonning ekspozitsiyasini tashkil etishga kelishib olishdi.
«Reklama to‘g‘risida»gi yangi qonun bilan O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan pivo va vinolarni reklama qilishga ruxsat beradigan qator holatlar belgilab berildi. Bungacha mamlakatda alkogolli ichimliklar reklamasi butunlay taqiqlangan edi.
Markaziy bank iqtisodiy xatarlarning salbiy ta’siri bosqichma-bosqich barham topishi, valyuta bozori barqarorlashuvi va boshqa sabablarni hisobga olgan holda asosiy stavkani yillik 17 foizdan 16 foizga tushirishga qaror qildi. Inflyatsiya prognozi o‘zgarishsiz qoldirildi.
Prezident tomonidan imzolangan «Reklama to‘g‘risida»gi yangi qonun uch oydan keyin kuchga kiradi. Hujjat bilan reklama tiliga, shuningdek, uning mazmunini boshqa tillarga tarjima qilishga nisbatan yangi talablar belgilab berilmoqda.
Jahon banki O‘zbekistonda degradatsiyaga uchragan yerlar va o‘rmonlarni tiklash maqsadida 30 yil muddatga 142 mln dollarlik imtiyozli kredit ajratadi. Bundan tashqari, loyiha doirasida yana ikkita trast fond qo‘shimcha 11 mln dollar yo‘naltiradi. O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasiga bir qator vazifalar yuklatilmoqda.
O‘zgidromet 10−14 iyun kunlari O‘zbekistonning to‘qqizta hududida shamol kuchayishi, sel va suv toshqinlari sodir bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Ayrim hududlarda do‘l yog‘ishi mumkin.
Jahon banki 2022 yil uchun O‘zbekiston YAIM o‘sishi prognozini 4,3 foizgacha yaxshiladi. Ammo Ukrainadagi mojaro sababli o‘sish oldingi prognozdan pastligicha qolmoqda. Qolaversa, O‘zbekiston yaqin ikki yilda Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng yuqori iqtisodiy o‘sishni ko‘rsatishi kutilmoqda.
Bolalarni yozgi oromgohlarda dam oldirish tadbirlariga 100 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi, deb ma’lum qildi XTV. 1131 ta oromgoh bilan 297 mingdan ortiq bolalarni qamrab olish rejalashtirilgan. Qolaversa, besh tashabbus doirasida o‘tkaziladigan tadbirlarga 1,2 mlndan ortiq o‘quvchi jalb etiladi.
Yakkasaroy tumanida yashovchi xitoylik fuqaroning xonadonidan ichida 265 ming dollar bo‘lgan seyf o‘g‘rilab ketildi. Gumondor sifatida 6 nafar surxondaryolik fuqaro hibsga olindi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
DXX O‘zbekistonning to‘rtta hududida Tojikiston va Qirg‘izistondan yashirincha olib kirilgan giyohvandlik vositalari savdosiga chek qo‘ydi. Tezkor tadbirlarda gumondorlar yonida jami 2,9 kg opiy, 3,9 kg gashish, 3 ming donadan ortiq «Regapen», 380 dona «Tropikamid», 400 dona «Selofen» borligi aniqlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting