Og‘ir atletikachi Ruslan Nuriddinovning qayta tekshiruvdan o‘tkazilgan 2012 yilgi doping namunasi ijobiy natija berdi.
O‘zbekistondagi 259 ta moddiy madaniy meros ob’ektiga jiddiy zarar yetkazilgan, XVII asrga oid madrasadan omborxona siyatida foydalanilmoqda.
O‘zbekiston 2019 yilning birinchi yarmida 500 mln dollarlik yevroobligatsiyalar chiqaradi. Bu ish bilan JP Morgan, Deutsche Bank, Citi va «Gazprombank» shug‘ullanadi.
Xotin-qizlar qo‘mitasining hisobot-saylov konferensiyasida Tanzila Norboyeva rais lavozimiga besh yilga qayta saylandi.
Tabiiy suv havzalarida baliq yetishtirish boshlangan vaqtdan keyin 3 yil davomida har yili 1 gektar suv havzasi kamida 50 dona o‘simlikxo‘r baliqlarning chavoqlari bilan baliqlantirilishi lozim.
Oliy sud bilan Xotin-qizlar qo‘mitasi o‘rtasida Memorandum imzolanib, ajrashishga arizaga berganlarning dastlab Xotin-qizlar qo‘mitasida suhbatdan o‘tkazish va ajrim yuzasidan xulosasini olish yo‘lga qo‘yildi.
Xotin-qizlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning 16 foizini firibgarlik, 14 foizini iqtisodiy jinoyatlar va 11,4 foizini o‘g‘irlik jinoyatlari tashkil etadi.
«Sheremetevo-Samarqand» yo‘nalishi bilan uchib kelgan fuqaro M.J.ning bagaj va qo‘l yuklari ko‘zdan kechirilganda umumiy og‘irligi 73,67 gramm zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.
1 ming 464 nafar og‘ir turmush sharoitida yashayotgan va nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarga arzon uy-joylar uchun 54,6 mlrd. so‘m boshlang‘ich badal pullari to‘lab berildi.
Fitch va Standard & Poor’s xalqaro reyting agentliklari O‘zbekistonga barqaror prognozli «BB-» reyting darajasini berdi.
AQSH federal muassasalarining bir qismi moliyalashtirilmagani sababli faoliyatini qisqartirdi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ekspertlari hamkorligida O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash axborot tizimini takomillashtirish bo‘yicha loyiha tayyorlandi.
Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi 10 ming nafarga yaqin og‘ir turmush sharoitida yashayotgan ayollar bandligi ta’minlangani va bunga 38 mlrd. 261 mln. so‘m mablag‘ yo‘naltirilganini ta’kidladi.
Prezident imzolagan qonunga binoan Yer kodeksi hamda Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirish kiritildi.
Xotin-qizlar qo‘mitasining 2014−2018 yillardagi faoliyati yakunlari va kelgusidagi vazifalari sarhisob qilindi.
QHTBT portalida «Elektron tijorat to‘g‘risida"gi qonunning yangi tahriri loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirildi.
Xalqaro ot sporti federatsiyasi FEI Jumping Children’s Classic Final 2019 turnirini o‘tkazish huquqini O‘zbekistonga berdi.
2019-yilga mo‘ljallangan Investitsiya dasturi 112 trln 251 mlrd so‘mlik kapital kiritilishi belgilab qo‘yildi.
Endilikda bankomatlar orqali Uzcard kartalari balansini to‘ldirish va dollarni so‘mga ayirboshlash mumkin.
8 oy davomida poytaxt ma’muriyati boshlig‘i vazifasini bajaruvchi sifatida ishlagan Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkent shahar hokimi etib tayinlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting