15 iyundan boshlab xo‘jalik yurituvchi subyektlarning banklarda ochilgan maxsus maqsadli hisobvaraqlari yopiladi. Yopilgandan keyingi qoldiq ularning asosiy yoki ikkilamchi hisobiga o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi Elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov Germaniyaning Dyuseldorf shahrida Yevropaning C&A kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi.
Toshkent — Istanbul yo‘nalishi bo‘ylab harakatlangan HY-273 reysi samolyoti texnik nosozlik sababli Trabzon aeroportiga majburan qo‘nishni amalga oshirdi. Havo kemasi bortidagi 240 nafar yo‘lovchining hayotiga hech qanday xavf tug‘ilmagani xabar qilindi. Shu sababli HY274 reysi vaqti kechiktirildi.
Chirchiqda keksa erkakni sababsiz kaltaklagan maktab o‘quvchilariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, ular qo‘lga olindi, deb xabar berdi Toshkent viloyati IIB.
Xonanda Nargiz Zokirova Toshkentdan Moskvaning Domodedovo aeroportiga uchib borishi bilan qo‘lga olindi. U 2072 yilgacha Rossiyaga kirishi taqiqlandi va deportatsiya qilinishi mumkin. Xonandaning amakivachchasi Javohir Zokirov deportatsiyaga uning Ukrainadagi urush haqidagi izohi sabab bo‘lganini ma’lum qildi.
Maktablarda chalingan so‘nggi qo‘ng‘iroq, Toshkent xalqaro aeroportidagi pullik navbatsiz o‘tish imkoniyati, Qo‘qonda ishga tushirilgan Yandex Go xizmati, Pastdarg‘omda qo‘lga olingan 2000 tup marixuana yetishtirganlar, hokim bir vaqtning o‘zida mahalliy kengash raisi bo‘lishi noto‘g‘riligini aytgan Sodiq Safoyev, pensionerlar, nafaqaxo‘rlar, kam ta’minlanganlarga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatilishi va boshqalar — «Gazeta.uz»ning 25 maydagi eng muhim xabarlari dayjestida.
O‘zgidromet 27−29-may kunlari kuchli yomg‘ir yog‘ishi, O‘zbekistonning to‘qqiz viloyatida tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkinligini ma’lum qildi (sel kelishi ehtimoli bo‘lgan hududlar ro‘yxati).
Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarga bir martalik moddiy yordam to‘lash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Yordam ikki hafta ichida berilishi kerak.
29 may kuni «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida 20 kun davomida Toshkent ahlini shod qilib kelayotgan Tashkent Opera Fest bayramining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tadi.
Yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston Xitoyga 132,8 mln dollarlik tabiiy gaz yetkazib berdi. Natijada mamlakat Xitoyning gaz importyorlari orasida kuchli beshlikka kirdi. Avvalroq, rasmiylar yoqilg‘i eksportin ichki bozor va qayta ishlash foydasiga qisqartirilishi haqida ma’lum qilgan edi.
28 may kuni Oliy Majlisi Senatining 26-yalpi majlisi yuqori palataning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoritiladi. Avvalroq Senatning 25-yalpi majlisi boshlanganidan deyarli 8 daqiqa o‘tib, hech qanday sabablarsiz Uzreport TV telekanalida ham, telekanalning YouTube-sahifasida ham to‘xtatilgan edi.
Jahon banki guruhi 2022−2026 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston bilan yangi hamkorlik dasturini qabul qildi. U uchta strategik maqsadga qaratilgan — xususiy sektorda inklyuziv bandlikni oshirish, inson kapitalini rivojlantirish va «yashil» iqtisodiy o‘sish hisobiga farovonlikni oshirish va barqaror rivojlanish.
Davlat filarmoniyasi direktori o‘rinbosari Davron Sheraliyev «O‘zbekkonsert» direktori etib tayinlandi.
25 may kuni Qo‘qon shahrida Yandex Go taksi xizmati ishga tushdi. Endilikda ushbu xizmat Farg‘ona vodiysining barcha yirik shaharlarini qamrab oladi.
O‘zbekistonda iste’molchilar uchun «aqlli» gaz hisoblagichlarini o‘rnatish sentabr oyiga qadar yakunlanishi rejalashtirilgan. Dastlab buni 2021 yil 1 avgustgacha bajarish rejalashtirilgan edi, muddatlar bir necha bor ortga surildi. Xususiy uylarning 97,7 foizida hisoblagichlar o‘rnatilgan, kvartiralarning atigi 53 foizga qamrab olingan.
Jizzax viloyatining Forish tumanida seldan talofat ko‘rgan oilalar uchun yangi uy-joylar qurish ishlari boshlandi. Oilalar uchun yer maydonlari ajratilib, 20 ta zamonaviy uy-joylar bunyod etiladi. 100 ga yaqin uy-joylarda rekonstruksiya ishlari olib boriladi.
O‘zbekistonda 15−25 iyul kunlari og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Musobaqada O‘zbekiston nomidan 40 nafardan ziyod atlet ishtirok etishi kutilmoqda. Turnir logotipi tasdiqlandi.
Uzbekistan Airports Toshkent xalqaro aeroportining uchib ketish terminalida yangi «Fast Track» xizmati ishga tushirilganini ma’lum qildi. 170 ming so‘m evaziga reysga ro‘yxatdan o‘tish, bojxona va pasport nazorati, shuningdek, parvoz oldidan tekshiruvlardan navbatsiz o‘tish mumkin.
Chexiyadagi yengil atletika bo‘yicha xotira turnirida Darya Reznichenko uzunlikka sakrash bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanidagi sement saqlash omborxonasida 2000 tup marixuana o‘stirganlikda gumon qilingan 3 nafar fuqaro qo‘lga olindi. Ular qo‘lga tushmaslik uchun omborxonaga o‘t qo‘yib yuborishgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting