FIFA terma jamoalarning yangi reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra Belgiya termasi 1-o‘ringa joylashgan bo‘lsa, O‘zbekiston terma jamoasi 96-o‘rinni egalladi.
Termizda Surxondaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 160 o‘ringa mo‘ljallangan 5 qavatli yangi binosi foydalanishga topshirildi.
«O‘zagroservis» AJ korxonalarini moliyaviy sog‘lomlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.
Inflyatsiyani targetlashga o‘tish uchun alohida sohani emas, balki butun iqtisodiyotni demonopolizatsiya qilish lozim, dedi MB departamenti rahbari Behzod Hamroyev.
«To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida"gi qonun loyihasida belgilangan «to‘lov» qonunchiligi talablarini buzganligi uchun MBning operatoriga nisbatan sanksiyalarni qo‘llash tartibi mavjud.
Shavkat Mirziyoyev raisligida yangi qabul qilingan soliq siyosati konsepsiyasini amaliyotga to‘liq tatbiq qilish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Aziz Komilov O‘zbekiston dzyudo federatsiyasining yangi raisi, Jamshid Nasriddinov esa federatsiya bosh kotibi lavozimida faoliyat olib boradigan bo‘ldi.
O‘zbekiston hududida har bir insonga vafot etganidan keyin uni dafn etish uchun joyning tekin berilishi kafolatlanadigan bo‘ldi.
O‘zbekiston yana 22 davlat fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy etishni rejalashtirmoqda.
Yangi tashkil etilgan Respublika nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga direktor tayinlandi.
«E-IJRO AUKSION» savdolarida 1955ta bo‘sh yer uchastkalari 596 mlrd. 585 mln. so‘m investitsiya kiritish, 7668 dan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratish sharti bilan 13 mlrd. 813mln. 600 ming so‘mga sotildi.
11 oy ichida O‘zbekistonda 148 nafar tramadol va «lirika» sotuvchisi qo‘lga olindi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Qirg‘izistonning yangi elchisini qabul qildi.
O‘zbekistonning sof oltin-valyuta zaxiralari bir oy davomida 425 mln dollarga kamayib, 25,29 mlrd dollarni tashkil etdi.
III Paraosiyo o‘yinlarida g‘olib va sovrindorlar bo‘lgan sportchilarimizni pul mukofotlari bilan taqdirlash marosimi Olimpiya shon-shuhrati muzeyida bo‘lib o‘tdi.
«Keles» temiryo‘l chegara postida 40 million so‘mlik 6480 dona qutida saqich hamda 92 million so‘mlik 5658 dona tibbiyot vositalarini noqonuniy ravishda olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxslar to‘xtatildi.
Turkiston-Amerika uyushmasi prezidenti Abdulla Xo‘ja «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi.
Jismoniy shaxslardan soliq qarzdorligini ularning bank kartalaridan so‘zsiz undirish tartibi bo‘yicha qonuniy va shaffof mexanizm mavjud emasligi sababli Markaziy bank loyihaga e’tiroz bildirdi.
Alisher Usmonov Forbes jurnaliga bergan intervyusida O‘zbekistondagi o‘zgarishlar, prezident Shavkat Mirziyoyev va mamlakatga investitsiya kiritish rejalari haqida so‘zladi.
Toshkent davlat stomatologiya institutida Orenburg davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlik dasturiga asosan «klinik-psixologiya» yo‘nalishida yangi fakultet ochilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting