Abonent raqamini saqlab qolgan holda uyali aloqa operatorini almashtirish tartibi loyihasi QHTBT portalida muhokama qilish uchun joylashtirildi.
Muborak tumanida yashagan S.H. gaz plitasini nazoratsiz qoldirishi oqibatida sizib chiqqan tabiiy gazdan zaharlanib vafot etdi.
Niderlandiya agrotexnologiyalar markazida yerga ishlov berish, chorvachilik va pishloqlar ishlab chiqarish bo‘yicha golland texnologiyalaridan foydalaniladi.
Sog‘lom turmush tarzini yuritishga rag‘bat uyg‘otish uchun sport inshootlari ommabopligi oshirilib, davlat organlarida salomatlik kunlari joriy etiladi.
«Eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalarini yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalariga almashtirish uchun murojaat yuborish» xizmati ishga tushirildi.
Shavkat Mirziyoyev zamonaviy kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni to‘ldirish, bilimli yoshlarni strategik sohalarga jalb etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.
AQSH prezidenti Gulnora Karimovaga qarshi sanksiyalar to‘g‘risidagi farmonning amal qilish muddatini uzaytirdi.
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.
«O‘zavtosanoat» va PSA Groupe avtozavod loyihasini qayta ko‘rib chiqadi. Zavodni 10 dekabrda ishga tushirish rejalashtirilgan edi.
11 oy ichida dunyoda 80 jurnalist halok bo‘ldi, uch nafari bedarak yo‘qoldi.
Yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistonda tashqi savdo saldosi minus 6,016 mlrd dollarni tashkil etdi.
Qirg‘iziston O‘zbekistonga o‘zaro yuk tashishlar va savdo aylanmasini oshirish uchun yuk tashuvchilar uchun to‘lovni bekor qilishni taklif etdi.
Vazirlar Mahkamasining «Bojxona ombori, erkin ombor va boj olinmaydigan savdo do‘koni faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizomlarni tasdiqlash haqida"gi qarori qabul qilindi.
Urganch tumanlararo sudi sudyasi 12 ming dollar miqdorida pora olayotganda ushlandi, jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Orol dengizi tubidagi suvi qurigan maydonlarda «Yashil qoplamalar» himoya o‘rmonzorlarini barpo etish ishlariga kirishildi.
ShHTga a’zo davlatlar tomonidan qo‘shma aksilterror o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Bitimni ratifikatsiya qilish haqidagi qonun imzolandi.
Navoiydagi Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i hududida ulkan O‘zbekiston davlat bayrog‘i qad rostladi.
O‘zbekiston «mobil qullik"dan voz kechishni mo‘ljallamoqda — AKT vazirligi mobil aloqa tarmoqlarida abonent raqamini ko‘chirish to‘g‘risidagi nizom loyihasini e’lon qildi.
O‘tkazilgan xatlov natijasida respublika bo‘yicha 48 ming 150 bo‘sh turgan va foydalanilmayotgan ob’ektlar mavjudligi aniqlandi.
Surxondaryo viloyatidan Toshkent shahriga «kirib kelgan fuqaro Sh. Sh.ning yonidan 117.87 gr. «opiy» va 33.81 gr. «gashish» giyohvandlik vositalari topildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting