Dollar taqchilligi yoki katta miqdorda rublning kirib kelishi kuzatilmayapti — Markaziy bank
22 aprel 2022, 16:19

Dollar taqchilligi yoki katta miqdorda rublning kirib kelishi kuzatilmayapti — Markaziy bank

Markaziy bank mamlakatda dollar va yevro tanqisligi, shuningdek katta miqdordagi rublning kirib kelishi kuzatilmayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, xorijiy valyuta operatsiyalari bo‘yicha cheklovlar ko‘rib chiqilmayotgani qayd etildi. Regulyator jurnalist va blogerlar savollariga bergan javoblarning muhim qismlari «Gazeta.uz» materialida.

Kelgusi haftada kuchli yomg‘ir va do‘l yog‘ishi mumkin, aksariyat hududlarga sel kelishi xavfi bor
22 aprel 2022, 15:36

Kelgusi haftada kuchli yomg‘ir va do‘l yog‘ishi mumkin, aksariyat hududlarga sel kelishi xavfi bor

24−25 aprel kunlari yomg‘ir yog‘ishi, ba’zi hududlarda yomg‘ir kuchayishi va momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda. Ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin, shamol tezligi 17−22 m/s gacha kuchayadi. Shuningdek, O‘zgidromet respublikaning qariyb barcha hududlarida sel-suv toshqinlari kuzatilishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Qashqadaryoda aholiga 730 mlrd so‘m imtiyozli ipoteka kreditlari, ehtiyojmand oilalarga 72 mlrd so‘m subsidiya ajratiladi
22 aprel 2022, 14:57

Qashqadaryoda aholiga 730 mlrd so‘m imtiyozli ipoteka kreditlari, ehtiyojmand oilalarga 72 mlrd so‘m subsidiya ajratiladi

Prezident Qashqadaryoda 143 ta ko‘p qavatli uy-joylar foydalanishga topshirilishini ma’lum qildi. Viloyat aholisiga joriy yilda 730 mlrd so‘m imtiyozli ipoteka kreditlari hamda ehtiyojmand oilalarga 72 mlrd so‘m subsidiya ajratiladi. Shuningdek, 30 ta qishloq va mahallalar «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlari bilan qamrab olinadi.

Andijonda bolalar bog‘chasining 4 yoshli tarbiyalanuvchisi uyqu vaqtida vafot etdi
22 aprel 2022, 14:52

Andijonda bolalar bog‘chasining 4 yoshli tarbiyalanuvchisi uyqu vaqtida vafot etdi

Oltinko‘l tumanidagi 31-maktabgacha ta’lim tashkilotining 4 yoshli tarbiyalanuvchisi uyqu vaqtida olamdan o‘tdi. U tarbiyachi bolalarni uyqudan uyg‘otgan vaqtida qaytib o‘rnidan turmagan. Tashkilot hamshirasi bolada hech qanday kasallik alomatlari kuzatilmaganini aytdi.

Ukrainadan qaytgan talabalar o‘qishini O‘zbekistonga soddalashgan tartibda ko‘chirishga ruxsat etildi
22 aprel 2022, 14:33

Ukrainadan qaytgan talabalar o‘qishini O‘zbekistonga soddalashgan tartibda ko‘chirishga ruxsat etildi

Ukrainadan qaytgan talabalar 26 apreldan boshlab o‘qishlarini O‘zbekistondagi universitetlarga soddalashtirilgan tartibda ko‘chirishlari mumkin, biroq istisnolar ham bor.

O‘zbekistondagi yirik savdo tarmoqlari oziq-ovqat isrofgarchiligini kamaytirmoqchi
22 aprel 2022, 14:28

O‘zbekistondagi yirik savdo tarmoqlari oziq-ovqat isrofgarchiligini kamaytirmoqchi

Adliya vazirligi va O‘zbekistondagi yirik savdo tarmoqlari vakillari oziq-ovqat chiqindilarini kamaytirish masalasini muhokama qilmoqda. Shu maqsadda fudshering platformasini ishga tushirish rejalashtirilgan. Statistikaga ko‘ra, Toshkentda har kuni 2 tonna non mahsulotlari, respublika bo‘ylab yiliga 3 million tonna oziq-ovqat mahsulotlari chiqindiga tashlanadi.

Matilda Dimovska: «Yashil makon» loyihasi puxta rejalashtirish va samarali muvofiqlashtirishni talab qiladi
22 aprel 2022, 12:48

Matilda Dimovska: «Yashil makon» loyihasi puxta rejalashtirish va samarali muvofiqlashtirishni talab qiladi

BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovskaning fikricha, «Yashil makon»ning butun mamlakat bo‘ylab 1 mlrd daraxt ekish bo‘yicha katta loyihasi havoni tozalash va odamlar hayotini saqlab qolishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, daraxtlarni ekish va parvarishlash jarayonini boshqarish bo‘yicha kompleks yondashuv qabul qilinmasa, daraxtlarning taqdiri mavhum bo‘lib qoladi. Shuning uchun ko‘chat ekishni texnik-iqtisodiy asoslash va loyiha ishtirokchilarining sa’y-harakatlarini samarali muvofiqlashtirish tizimi zarur.

O‘zbekiston Afg‘onistondagi terrorchilik harakatlarini qoraladi
22 aprel 2022, 12:38

O‘zbekiston Afg‘onistondagi terrorchilik harakatlarini qoraladi

O‘zbekiston TIV Afg‘onistonning Kobul, Mozori-Sharif va Qunduz shaharlarida sodir etilgan terrorchilik harakatlarini qoralab bayonot berdi. O‘zbekiston tomoni halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

Yakshanba kuni yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
22 aprel 2022, 12:06

Yakshanba kuni yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Shanba kuni O‘zbekistonning aksariyat hududlarida quruq va iliq havo davom etadi, yakshanba kuni yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat biroz pasayib, kunduzi +25 darajadan oshmaydi.

Murotjon Azimov Qashqadaryo viloyati hokimi etib tasdiqlandi
22 aprel 2022, 11:45

Murotjon Azimov Qashqadaryo viloyati hokimi etib tasdiqlandi

2021 yil noyabr oyidan buyon Qashqadaryo viloyati hokimi vazifasini bajarib kelayotgan Murotjon Azimov viloyat hokimi etib tasdiqlandi.

“Ichan-Qal'a” davlat muzey-qo‘riqxonasidagi 101 ta eksponatning soxtaligi aniqlandi
22 aprel 2022, 11:28

“Ichan-Qal'a” davlat muzey-qo‘riqxonasidagi 101 ta eksponatning soxtaligi aniqlandi

“Ichan-Qal'a” davlat muzey-qo‘riqxonasida o‘tkazilgan o‘rganishlarda noyob deb kelingan 101 ta muzey ashyosining kirim kitobidagi tavsifnomalari o‘lcham, material, ishlanish uslubi va yaratilgan davri bo‘yicha mos kelmasligi aniqlandi. Tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etildi.

Samarqand tumanida fermer hokimning soxta qarori bilan 19 ming dollarga yer sotgani aniqlandi
22 aprel 2022, 11:18

Samarqand tumanida fermer hokimning soxta qarori bilan 19 ming dollarga yer sotgani aniqlandi

Samarqand tumanida fermer ikki fuqaroga tuman hokimining 2020 yildagi soxta qarori bilan 19,7 ming dollarga yer maydonini sotgani aniqlandi. Tergovga qadar tekshiruv davomida gumonlanuvchi 500 dollar va 4,5 mln so‘mni ixtiyoriy ravishda qaytargan.

Nobank tashkilotlarga islomiy moliyalashtirish xizmatlarini ko‘rsatish huquqi berildi
22 aprel 2022, 10:11

Nobank tashkilotlarga islomiy moliyalashtirish xizmatlarini ko‘rsatish huquqi berildi

Endilikda nobank tashkilotlar islomiy moliyalashtirish asosida xizmat ko‘rsatishi mumkin bo‘ladi. Shuningdek, nobank tashkilotlarning sug‘urta, omonat va savdo ishlari bo‘yicha faoliyatiga cheklov o‘rnatilgan.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilganlarga subsidiya beriladi
22 aprel 2022, 10:07

Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilganlarga subsidiya beriladi

Hukumat qarori bilan nogironligi bor kishilarni ishga olgan shaxslarga har bir xodim uchun BHMning1,5 baravari (405 ming so‘m) miqdorida subsidiya beriladi. Mazkur tartib budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarga nisbatan amal qilmaydi.

O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi ish faoliyatini to‘liq tikladi
22 aprel 2022, 09:59

O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi ish faoliyatini to‘liq tikladi

O‘zbekistonning Kiyev shahridagi elchixonasi 22 apreldan o‘z ish faoliyatini to‘liq tiklagani ma’lum qilindi. Elchixona vaqtincha Lvov shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan edi.

O‘zbek banklari sanksiyaga tushgan banklar bilan ishlashda ikkilamchi sanksiyalardan qochishga harakat qilmoqda
22 aprel 2022, 09:50

O‘zbek banklari sanksiyaga tushgan banklar bilan ishlashda ikkilamchi sanksiyalardan qochishga harakat qilmoqda

O‘zbekistonda banklar qat’iy sanksiyaga tushgan banklardan olingan kreditlarni ikkilamchi sanksiyalar xavfini yaratmasdan qaytarish bo‘yicha xalqaro yuridik konsalting kompaniyalarini jalb qilmoqda, deya xabar qildi MB.

Toshkentdagi Xalqaro biznes markazidan tushib ketgan erkak o‘z joniga qasd qilganligi aytilmoqda
21 aprel 2022, 23:16

Toshkentdagi Xalqaro biznes markazidan tushib ketgan erkak o‘z joniga qasd qilganligi aytilmoqda

21 aprel kuni Xalqaro biznes markazining 9-qavatidan tushib ketgan 42 yoshli erkak o‘z joniga qasd qilgan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda. Voqea joyi o‘rab olingan. Yunusobod tuman prokuraturasi holatni o‘rganmoqda.

XTV Toshkentdagi Mehribonlik uyidagi vaziyat yuzasidan izoh berdi
21 aprel 2022, 20:24

XTV Toshkentdagi Mehribonlik uyidagi vaziyat yuzasidan izoh berdi

Toshkentdagi 21-Mehribonlik uyida yuzaga kelgan vaziyat o‘rganilganda, muassasa tarbiyalanuvchilari tomonidan xodimlardan biriga nisbatan e’tiroz kayfiyati shakllangani aniqlandi, deb xabar berdi XTV.

Ayrim nodavlat tashkilotlar «Elektron hukumat» tizimidan shaxsga doir ma’lumotlarni olish huquqiga ega bo‘ldi
21 aprel 2022, 20:19

Ayrim nodavlat tashkilotlar «Elektron hukumat» tizimidan shaxsga doir ma’lumotlarni olish huquqiga ega bo‘ldi

1 sentabrdan ayrim nodavlat tashkilotlarga «Elektron hukumat» tizimi orqali shaxsga doir ma’lumotlardan foydalanish imkoniyati yaratilmoqda. Ular shaxsga doir ma’lumotlarni oshkor qilmaslik bo‘yicha zarur choralarni ko‘rishlari shart.

Toshkentda Nikolay II davriga oid deb qalbaki tilla tangalarni sotayotgan shaxs ushlandi
21 aprel 2022, 18:24

Toshkentda Nikolay II davriga oid deb qalbaki tilla tangalarni sotayotgan shaxs ushlandi

Toshkentning Uchtepa tumanida Nikolay IIning nominal qiymati 5 rubl bo‘lgan 20 dona qalbaki tilla tangani sotmoqchi bo‘lgan yigit qo‘lga olindi. U har bir tangani 300 dollarga baholagan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting