O‘zbekiston Milliy aviakompaniyasining Moskvaga parvoz qiluvchi samolyotlari endi «Vnukovo» aeroportiga qo‘nadi.
Psixofaol dori vositalari, jumladan tramadol va «lirika» taqiqlangan yoki aylanishi cheklangan narkotik moddalar ro‘yxatiga kiritiladi.
USAID eksperti Yovan Yekich O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi masalasida tashqi savdo vaziri maslahatchisi bo‘ldi.
Yusup Kabuljanov O‘zbekistonning Novosibirskdagi bosh konsuli bo‘ldi.
Indoneziyada 7,5 magnitudali zilzila keltirib chiqargan sunami oqibatida 1234 kishining halok bo‘lgani tasdiqlandi.
Lebedev studiyasi Toshkent logotipini yaratish bo‘yicha tanlovda qatnashadi. Studiya rahbari Artemiy Lebedev ayni paytda O‘zbekiston poytaxtida.
Fizika bo‘yicha Artur Eshkin, Jerard Muru va Donna Striklend, tibbiyot bo‘yicha — Jeyms Ellison va Tasuku Xondzyo Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Samarqand viloyatining Nurobod tumanida X.B. o‘zining «Neksiya» rusumli avtomashinasini «Volvo» rusumli yuk avtomashinasi yon tomoniga borib urishi natijasida vafot etdi.
«Gerbli guvohnomalar shakllarini takomillashtirish va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarining aholiga ko‘rsatayotgan xizmatlari sifatini yaxshilash to‘g‘risida"gi hukumat qarori qabul qilindi.
Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus qabulxonalarning ichki tartib qoidalari Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq Mahmudjon Boltaboyev O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.
O‘zbekiston birinchi prezidentining nevarasi Imon Karimova Londonda ekanligini ma’lum qildi.
Davlat statistika qo‘mitasi sentyabrda tovar va xizmatlar narxlari 1,8 foizga, yil boshidan esa 8,1 foizga oshganini ma’lum qildi.
Amersfort konslagerining o‘zbekistonlik asirlari xotirasi badiiy film va yodgorlikda muhrlanadi.
1 oktyabr kuni Toshkentda 80 bosh zotdor tulpor ishtirokida otlar paradi bo‘lib o‘tdi.
Yunusobod tumanida Xotin-qizlar qo‘mitasi qoshida «Ayollar ijtimoiy ko‘maklashuv maslahat markazi"ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Elnur Abduraimov AQSHda professional boksdagi birinchi jangida Aron Jamil Xollisyni nokautga uchratdi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston prezidenti Ram Nath Kovindning taklifiga binoan 30 sentyabr — 1 oktyabr kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ldi.
Senatining majlisida ayrim qonun hujjatlariga jamoat xavfsizligini ta’minlashga va jinoiy javobgarlikni liberallashtirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun ma’qullandi.
O‘zLiDeP a’zosi Olimjon To‘xtanazarov 500 dollar pora olayotganda ushlandi, deya xabar qildi Bosh prokuratura.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting