Toshkent aeroportida yangi fudkort maydoni kimoshdi savdosiga qo‘yildi
13 iyun 2024, 16:08

Toshkent aeroportida yangi fudkort maydoni kimoshdi savdosiga qo‘yildi

Toshkent xalqaro aeroportining uchish terminalidagi iyul oyi oxirigacha foydalanishga topshiriladigan yangi qismidagi joylar kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Loyihaga ko‘ra, u yerda turli toifadagi uchta umumiy ovqatlanish shoxobchasi — Yevropa taomlari restorani, milliy taomlar restorani va fast fud joylashadi.

Samarqandda Cobalt bilan to‘qnashgan Damas haydovchisi halok bo‘ldi
13 iyun 2024, 16:05

Samarqandda Cobalt bilan to‘qnashgan Damas haydovchisi halok bo‘ldi

Bulung‘ur tumanida Damas qarama-qarshi tomondan kelayotgan Cobalt bilan to‘qnashdi. Oqibatda Damas haydovchisi shifoxonaga olib ketilayotganida vafot etdi. Holat bo‘yicha jinoiy ish ochildi.

“Saidaziz medgorodok” sudi: Advokatlar sudlanuvchilarni “Toshturma”ga o‘tkazish bo‘yicha iltimosnoma kiritdi
13 iyun 2024, 15:59

“Saidaziz medgorodok” sudi: Advokatlar sudlanuvchilarni “Toshturma”ga o‘tkazish bo‘yicha iltimosnoma kiritdi

“Saidaziz medgorodok” va yana 28 kishiga nisbatan boshlangan ochiq sudda advokatlar sudlanuvchilarni poytaxt IIBB vaqtincha saqlash hibsxonasidan Zangiotadagi “Toshturma”ga o‘tkazish bo‘yicha iltimosnoma kiritdi. Sudya so‘rov o‘rganib chiqilishini bildirdi.

Saudiya Arabistoni O‘zbekistonga 25 tonna xurmo hadya qildi
13 iyun 2024, 15:14

Saudiya Arabistoni O‘zbekistonga 25 tonna xurmo hadya qildi

Saudiya Arabistoni Qurbon hayiti arafasida O‘zbekistonga 25 tonna xurmo yubordi. Xurmo ijtimoiy ko‘makka muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan, yetim, nogironligi bor kishilar hamda “Muruvvat” uylari va shifoxonalardagi haqdor fuqarolarga tarqatiladi.

Soueast Motor`ning O‘zbekistondagi shuba korxonasi rasman ochildi
13 iyun 2024, 15:00

Soueast Motor`ning O‘zbekistondagi shuba korxonasi rasman ochildi

29-may kuni Soueast Motor`ning O‘zbekistondagi shuba korxonasi ochildi. Kompaniya Markaziy Osiyo bozoriga sakkizta ICE va NEV avtomobil hamda sedanlarini olib kirmoqchi.

Toshkentga kelgan Koreya prezidenti va uning rafiqasini Abdulla Aripov kutib oldi
13 iyun 2024, 14:38

Toshkentga kelgan Koreya prezidenti va uning rafiqasini Abdulla Aripov kutib oldi

Koreya Respublikasi prezidenti Yun Sok Yol rafiqasi Kim Gon Xi bilan birga Toshkentga yetib keldi. Ularni aeroportda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi (foto).

Sergelidagi mashina bozori yaqinida yong‘in sodir bo‘ldi
13 iyun 2024, 14:33

Sergelidagi mashina bozori yaqinida yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkentning Sergeli tumanidagi mashina bozori yaqinida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in oqibatida quruq o‘t va shox shabba hamda 1 ta nosoz holda turgan yuk avtomobili yonib ketgan. Hozirda hodisa sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi
13 iyun 2024, 13:23

Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Stavkani o‘zgartirmaslik bo‘yicha qaror energiya tariflari o‘zgarishining inflyatsion kutilmalarga ta’sirini jilovlash maqsadi bilan izohlangan.

O‘zbekistonda bir oyda kriptovalyuta savdosi bilan noqonuniy shug‘ullangan kamida 12 kishi javobgarlikka tortildi
13 iyun 2024, 13:15

O‘zbekistonda bir oyda kriptovalyuta savdosi bilan noqonuniy shug‘ullangan kamida 12 kishi javobgarlikka tortildi

O‘zbekistonda bir oyda kriptoaktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikni buzgan kamida 12 nafar shaxs javobgarlikka tortildi. Ular, asosan, O‘zbekistonda litsenziyaga ega bo‘lmagan Binance onlayn birjasi orqali kriptovalyuta oldi-sotdisi bilan shug‘ullangan.

Qurbon hayiti munosabati bilan qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
13 iyun 2024, 12:23

Qurbon hayiti munosabati bilan qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

Qurbon hayiti munosabati bilan 15, 16, 17-iyun kunlari Samarqand-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha “Afrosiyob” elektropoyezdi harakati yo‘lga qo‘yiladi. Qolaversa, 14−20-iyun kunlari Toshkentdan Xiva, Termiz, Shovot va Qo‘ng‘irotga boradigan poyezdlar vagonlari soni oshiriladi.

Janubiy Koreya O‘zbekiston bilan innovatsion Ipak yo‘li qurishga umid qilmoqda — prezident Yun Sok Yol
13 iyun 2024, 12:18

Janubiy Koreya O‘zbekiston bilan innovatsion Ipak yo‘li qurishga umid qilmoqda — prezident Yun Sok Yol

Koreya Respublikasi prezidenti Yun Sok Yol O‘zbekistonga tashrifi oldidan bergan intervyusida mamlakatni mintaqadagi “asosiy hamkor” deb atadi. U o‘z davlati “ijtimoiy, iqtisodiy va demokratik rivojlanishda yaqindan hamkorlik qilishda davom etishini” aytib, tashrifdan amaliy natijalar kutayotganini bildirdi.

Qozog‘istonda o‘tgan Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik veloshossechilar 5 ta medal oldi
13 iyun 2024, 11:37

Qozog‘istonda o‘tgan Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik veloshossechilar 5 ta medal oldi

Olmaota shahrida o‘tgan veloshosse bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin va 4 ta kumush medalga ega bo‘ldi.

Jahon banki O‘zbekistonga 7,5 mln dollar grant ajratdi
13 iyun 2024, 11:21

Jahon banki O‘zbekistonga 7,5 mln dollar grant ajratdi

Jahon banki O‘zbekistonga energotariflar islohotining aholining ijtimoiy zaif qatlamiga ta’sirini yumshatish maqsadida 7,5 mln dollar miqdoridagi 1-transh mablag‘ini ajratdi. Grant xalqaro issiqxona gazlari savdosi simulyatsiyasi sifatida issiqxona gazlari emissiyasi qisqartirilgani uchun berilgan.

Uchta hududda fuqarolarni Haj safariga noqonuniy yuborishga uringanlar qo‘lga olindi
13 iyun 2024, 10:55

Uchta hududda fuqarolarni Haj safariga noqonuniy yuborishga uringanlar qo‘lga olindi

Davlat xavfsizlik xizmati Farg‘ona va Andijon viloyatlari hamda Toshkent shahrida fuqarolarni Haj ziyoratiga noqonuniy yubormoqchi bo‘lganlarni qo‘lga oldi. Bir holatda Toshkentda aka-uka 2 nafar fuqaroni 12 ming dollar evaziga Saudiya Arabistoniga yuborishni va’da qilgan.

Toshkentda 3 ta mashina ishtirokidagi YTHda bir kishi halok bo‘ldi
13 iyun 2024, 09:15

Toshkentda 3 ta mashina ishtirokidagi YTHda bir kishi halok bo‘ldi

Chilonzor tumanida Malibu 2, Lacetti va Lada to‘qnashdi. Oqibatda bir haydovchi voqea joyida vafot etdi.

Toshkent dunyodagi eng ko‘p mozaikaga ega shahar sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilishi mumkin
13 iyun 2024, 00:01

Toshkent dunyodagi eng ko‘p mozaikaga ega shahar sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilishi mumkin

O‘zbekiston Toshkent dunyodagi eng ko‘p mozaik pannolarga ega shahar sifatida tan olinishi uchun Ginnesning rekordlar kitobi komissiyasiga ariza topshirmoqchi. Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda poytaxt hokimligi ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent shahrida 440 dan ortiq mozaika bo‘lishi mumkin.

O‘zbekiston atom energetikasini rivojlantirishning barcha jihatlari bo‘yicha MAGATE bilan hamkorlik qiladi — Energetika vazirligi
12 iyun 2024, 22:26

O‘zbekiston atom energetikasini rivojlantirishning barcha jihatlari bo‘yicha MAGATE bilan hamkorlik qiladi — Energetika vazirligi

MAGATE O‘zbekistonni atom energetikasi, xususan, kam quvvatli reaktorlarni joriy etish rejalarida qo‘llab-quvvatlashga tayyor, dedi agentlik rahbari Rafael Grossi energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov bilan uchrashuvda.

Toshkentda harakatdagi Lacetti yonib ketdi (+video)
12 iyun 2024, 21:40

Toshkentda harakatdagi Lacetti yonib ketdi (+video)

Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida harakatdagi Lacetti`ning salonida yong‘in yuzaga keldi. Uni o‘chirishga 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etildi. Hech kim jarohatlanmadi.

BMT komissiyasi ham HAMASni, ham Isroilni urush jinoyatlarida aybladi
12 iyun 2024, 20:52

BMT komissiyasi ham HAMASni, ham Isroilni urush jinoyatlarida aybladi

BMT mustaqil komissiyasi HAMAS ham, Isroil ham 2023-yil oktabr oyidan beri urush jinoyatlari va insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etgan, degan xulosaga keldi.

Google Markaziy Osiyo va Kavkaz dasturchilari uchun barqaror rivojlanish muammolarini hal qilish dasturini ishga tushiradi
12 iyun 2024, 20:24

Google Markaziy Osiyo va Kavkaz dasturchilari uchun barqaror rivojlanish muammolarini hal qilish dasturini ishga tushiradi

Google Build with AI for Sustainable Growth dasturi doirasida bir qator hakaton va seminarlar o‘tkazib, dasturchilarni barqaror rivojlanish muammolarini, jumladan, ekologiya, suv va yer resurslarini muhofaza qilish hamda havo sifatini yaxshilashda o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etishga taklif qiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting