Sergeli tumanida yuqori tezlikdagi Spark beton to‘siq ustidan uchib o‘tib, qarama-qarshi yo‘ldagi Honda va Spark bilan to‘qnashdi. Oqibatda 3 kishi jarohatlandi.
To‘rt kishidan iborat guruh bank xodimidan dasturiy ta’minot va hisob raqamlariga kirish uchun kodlar sotib olib, 370 mlrd so‘m (29,3 mln dollardan ortiq) o‘g‘irlamoqchi bo‘ldi. Ular xorijdagi hisobraqamlarga o‘tkazish uchun 189 mlrd so‘mni konvertatsiya qilmoqchi bo‘lganida qo‘lga tushdi.
Xitoy hukumati, Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston hukumati o‘rtasida Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li loyihasini birgalikda amalga oshirishda hamkorlik qilish to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi. Transport vazirligi ushbu shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul vakolatli organ etib belgilandi.
Jamol Nosirov Buxoro viloyati ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Buxoro shahriga 3 yil hokimlik qilgan Nosirov may oyida sog‘lig‘i yomonlashgani uchun ishdan ketgandi.
“O‘rta Chirchiq tumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi bosh muhandisi 8,5 ming dollar pora olishda gumonlanib ushlandi. U tadbirkorga sexni gaz tarmog‘iga ulashga ruxsat berishini va elektron hisoblagich o‘rnatib berishini aytgan.
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze Parijdagi Olimpiya o‘yinlari uchun yakuniy tarkibni e’lon qildi. Unga 22 nafar futbolchi, jumladan, Eldor Shomurodov, Abbosbek Fayzullayev va boshqalar kirdi. Jamoa birinchi o‘yinini 24-iyulda Ispaniyaga qarshi o‘tkazadi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri birinchi o‘rinbosari, maktabgacha ta’lim vaziri lavozimlarida ishlagan Agrippina Shin Toshkentdagi Puchon universiteti rektori etib tayinlandi.
Toshkent Markaziy (Shimoliy) vokzali orqali harakatlanuvchi deyarli barcha poyezdlar 15-iyuldan 15-avgustgacha Janubiy vokzaldan jo‘naydi. Olmaota, Novosibirsk, Samara va Xo‘jakentga reyslar — istisno.
Yunusobodda suv quvuri yorilishi oqibatida 80−85 ming kub metr ichimlik suvi yo‘qotilgan. Bu poytaxtga bir kunda uzatiladigan ichimlik suvining 3,2 foizini tashkil qiladi. “Yo‘qotilgan suv zarari iste’molchilar tomonidan qoplanmaydi”, — dedi “O‘zsuvta'minot” vakili.
Poytaxtda 6 yoshli bola suv bilan to‘ldirilgan kanalizatsiya qudug‘iga tushib ketib halok bo‘ldi. Bosh prokuraturaning xabar berishicha, issiq suv quvurini ta’mirlayotgan ishchilar kovlagan chuqur ochiq va to‘siqsiz qoldirilgan.
Oson kechmagan chorak final bahslaridan so‘ng Yevropa chempionatida eng kuchli to‘rtta jamoa saralanib olindi. Ular yarim final uchrashuvlarida qanday ishtirok etadi? Siz bilan “Taktika” jamoasi taxminlarini bo‘lishamiz.
Poytaxtdagi Ibn Sino nomidagi 1-sonli shahar klinik shifoxonasi binosining to‘siniga darz ketdi. Bemorlarning bir qismi boshqa tarafga ko‘chirildi. Beton konstruksiyalar tushirib tashlandi, bosh shifokor “muassasa o‘z funksiyasini to‘liq bajarayotganini” bildirdi.
O‘zbekiston prezidenti Xalqaro mehnat tashkiloti bosh direktori Jilber Ungbo bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda 2026−2030-yillarga mo‘ljallangan yangi mamlakat dasturini ishlab chiqish va qabul qilishga kelishib olindi.
Urgut tumanida 3 ta ayiq chorvaga hujum qilib, 4 bosh echkini yeb qo‘ydi. Cho‘ponlarga yoki ayiqlarga talafot yetmagan. Holat nazoratga olingan.
Strategik islohotlar agentligi ma’muriy jarimalar miqdorining huquqbuzarliklarga mutanosibligini qayta ko‘rib chiqishni taklif qildi. Masalan, avtomobil oynalarini ruxsatsiz qoraytirganlik uchun 8,5 mln so‘m, mashinalarning piyodalar yo‘laklarida harakatlangani uchun 170 ming so‘m jarima solinadi.
Ko‘kdala tumani IIB katta inspektori mast haydovchining pichoq bilan jarohat yetkazgani oqibatida vafot etdi. Holat yuzasidan Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, gumonlanuvchi ushlandi.
Energetika vazirligi yaqin istiqbolda elektr energiyasi uchun oylik 200 kVt soatgacha bo‘lgan bazaviy me’yor miqdori oshirilishiga asos mavjud emas deya ta’kidladi. Vazirlik ma’lum qilishicha, iyun oyida 71 foiz aholi 200 kVtgacha elektr energiyasi iste’mol qilgan.
Yevropa Ittifoqi Gruziyaning ittifoqqa qo‘shilish jarayonini to‘xtatdi. Mamlakatda “xorijiy agentlar” to‘g‘risidagi qonunning qabul qilinishi nomzodga ko‘rsatilgan qadamlardan chekinish deb baholandi. Yevrokengash, shuningdek, Tbilisini “kuzgi parlament saylovlari erkin va adolatli o‘tishini ta’minlashga” chaqirdi.
Afg‘oniston delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifida yuk tashuvlar uchun to‘lov va yig‘imlarni kamaytirish hamda O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasidagi tranzit bitimi muhokama qilindi. Tomonlar Hayraton-Mozori Sharif temiryo‘l liniyasini rekonstruksiya qilish bo‘yicha shartnoma muddatini yana 6 oyga uzaytirdi.
Viloyat, tuman, shahar hokimi lavozimini egallab turgan shaxs bir vaqtning o‘zida xalq deputatlari kengashining raisi lavozimini egallashi mumkin emasligini nazarda tutuvchi qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting