Prezident deputat va senatorlar uchun yangi majburiyat va jazo choralarini joriy etish to‘g‘risidagi o‘zgartishlarni imzoladi. Ular yig‘ilishlarda yiliga 29 kundan ko‘p qatnashmasa, boshqa davlat fuqaroligini olsa, vakolatidan mahrum bo‘lishi mumkin. Etika qoidalarini buzishsa, maoshlaridan ham ushlab qolinishi mumkin.
O‘zbekiston mikromobillik assotsiatsiyasi fuqarolar elektr samokat haydovchilarining qoidabuzarligi to‘g‘risida shikoyat yuborishi mumkin bo‘lgan Telegram bot yaratdi. Bot qanday ishlashini tushuntiramiz.
Samarqandda Nexia 2022-yilgi SHHT sammiti oldidan kengaytirilgan yo‘ldan o‘tayotgan 7 yoshli bolani urib yubordi. “Peshexod”lar orasidagi masofa 1 km bo‘lgani uchun aholi doimiy ravishda bu yerdan yo‘lni kesib o‘tadi. Viloyat YHXB aholini bolalarga e’tiborli bo‘lishga, yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishga chaqirdi.
O‘zgidromet 2024-yilning iyunini kuzatuv yillari uchun eng issiq iyunlar beshligiga kiritdi. Eng issiq ob-havo 27−28-iyunkunlari kuzatildi va harorat +43 darajagacha ko‘tarildi. Sinoptiklarga ko‘ra, oyni ekstremal quruq oy deb tavsiflash ham mumkin.
Uch tilda “Yaxshi bo‘lish osonmi 4” va yana sakkizta kinopremyera, “Fransiya o‘zbek fotosuratchisi nigohida” ko‘rgazmasi, bolalar uchun ijodiy mahorat darslari va maʼrifiy dasturlar, akvaparklardagi musiqiy bayramlar hamda dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.
2024-yil oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun hujjat topshirgan 894 279 nafar abituriyentning 805 688 nafari testda qatnashadi. 88 591 kishining topshirgan hujjati turli sabablar bilan qabul qilinmagan. Imtihon olish uchun 73 ta yopiq turdagi katta sig‘imli bino tayyorlanmoqda.
Farg‘ona viloyati IIB Rishton tumanidagi idora xonasida hushini yo‘qotib, reanimatsiyaga yotqizilgani aytilgan fuqaroning tutqanog‘i tutib qolganini ma’lum qildi. “Tibbiy ko‘rik jarayonida fuqaroga jarohat yetkazilgani aniqlanmagan”, — deyiladi xabarda.
Madaniyat vazirligi Ozodbek Nazarbekovning kiyim brendi reklamasidagi ishtirokini izohlab, bundan “mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash ko‘zda tutilgani, vazirning moddiy manfaatdorlik olish maqsadi bo‘lmagani”ni bildirdi. “U mamlakatning barcha qonunlariga qat’iy rioya etadi”, — deydi vazirlik.
Rishton tumanida elektroshoker qo‘llab IIB xonasiga olib kirilgan fuqaro hushini yo‘qotib, reanimatsiyaga yotqizildi. Uning jiyani janjal tasvirga tushib qolgan do‘kon kamerasidan barcha kadrlar PPX xodimlari tomonidan o‘chirtirib yuborilganini aytmoqda.
Internetda iste’molchilarning elektr hisoblagichlar ishlatilgan elektr energiyasini oshirib ko‘rsatayotgani yoki ijtimoiy me’yor doirasida noto‘g‘ri to‘lovlar olayotgani haqidagi shikoyatlari tarqalmoqda. Raqobat qo‘mitasi tomonidan ana shunday muammolarni o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh tuzildi.
“Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi qonunga O‘zbekistonda xorijiy davlatlarning siyosiy partiyalari va bo‘linmalarini tuzish hamda ularning faoliyatini taqiqlovchi qo‘shimcha kiritildi.
Britaniyani 14 yil boshqargan Konservativ partiya parlament saylovlarida mag‘lub bo‘ldi. Navbatdagi bosh vazir Kir Starmer boshchiligidagi Leyboristlar partiyasi ko‘pchilik ovozlarni qo‘lga kiritdi.
Qarshi shahrida BYD Song Plus yo‘liga chiqib kelgan Spark bilan to‘qnashdi. Hodisa oqibatida Spark haydovchisi shifoxonada vafot etdi.
Xatirchi tumanida yuqori tezlikdagi BYD Song Plus Champion mashinasi piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan 2-sinf o‘quvchisini bosib ketdi. Qiz voqea joyida vafot etdi. Holat bo‘yicha jinoiy ish ochildi.
Yoz — unutilmas sayohatlar vaqti. Asialuxe Travel turoperatori iyul oyida dam olish uchun beshta yaxshi manzillar ro‘yxatini tayyorladi.
Adliya katta maslahatchisi Baxtiyor Ibrohimov Jizzax viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Mobiuz mobil operatorida balans va qoldiqlarni tekshirish, yangi xizmatlarni faollashtirish, hisobni to‘ldirish, yangi raqamlarni ulash kabi xizmatlar ishlamayapti. Mobil internet, qo‘ng‘iroqlar va SMS odatdagidek ishlamoqda. Kompaniya profilaktika ishlari davomida abonentlar aloqadan uzilib qolmasligini bildirdi.
Toshkent xalqaro aeroportida endilikda 15 ta aviakompaniya chiptalarini xarid qilish mumkin. Shu paytgacha bu xizmat faqat 2 ta kompaniya bilan cheklangandi.
Qarshi tumanida shar’iy nikoh asosida yashab kelgan er-xotin 8 kunlik chaqalog‘ini 190 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lib, pulning 45 mln so‘mini olganda ushlandi. Sudda ular bu mablag‘ga uy sotib olmoqchi bo‘lganini aytdi. Erkak 5 yilga qamaldi, ayolga nisbatan 4 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Yunusobod tumanida Spark urib yuborgan ikki piyoda jarohatlanib, shifoxonaga murojaat qildi. Tarqalgan videolavhalarda bir ayol yerda yotgani, uning atrofida qon izlari borligini ko‘rish mumkin.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting