Toshkentda transport vaznini 2 tonna ko‘p yozib, 791 mln so‘mlik imtiyozni o‘zlashtirmoqchi bo‘lganlar aniqlandi
22 may 2024, 12:07

Toshkentda transport vaznini 2 tonna ko‘p yozib, 791 mln so‘mlik imtiyozni o‘zlashtirmoqchi bo‘lganlar aniqlandi

Bojxona xodimlari yoqilg‘i tashish mashinasini hujjatlarda vazni 18 tonnadan 20,6 tonnaga o‘zgartirib yozib, 791 million so‘mlik bojxona imtiyozlarini o‘zlashtirishga uringan shaxslarni aniqladi. 2025-yil 1-yanvargacha 20 tonnadan oshadigan maxsus va yuk transport vositalari bojxona to‘lovlaridan ozod etiladi.

Toshkentda tunda daraxt qo‘porib olgan shaxslar 5 sutkaga qamaldi
22 may 2024, 10:47

Toshkentda tunda daraxt qo‘porib olgan shaxslar 5 sutkaga qamaldi

Yunusobod tumanida tunda ekskavator yordamida bir tup daraxtni qo‘porib olgan ikki shaxsga sud hukmi o‘qildi. Ularga 5 sutka qamoq va jarima jazosi tayinlandi, 27,8 mln so‘m zarar undirib olindi.

Toshqinlar munosabati bilan O‘zbekiston Afg‘onistonga insonparvarlik yordamini yubordi
22 may 2024, 10:38

Toshqinlar munosabati bilan O‘zbekiston Afg‘onistonga insonparvarlik yordamini yubordi

O‘zbekiston suv toshqinlaridan jabr ko‘rgan Afg‘oniston xalqiga navbatdagi insonparvarlik yordamini yubordi. Yordam tarkibida chodirlar, shuningdek, un, guruch, konserva, makaron, yog‘ va boshqa mahsulotlar bor.

“Vazirlikning 2 mlrd so‘m tikkani hammaning ko‘ziga ko‘rinyapti”. Ozodbek Nazarbekov — “Ovoz” loyihasi haqida
22 may 2024, 10:19

“Vazirlikning 2 mlrd so‘m tikkani hammaning ko‘ziga ko‘rinyapti”. Ozodbek Nazarbekov — “Ovoz” loyihasi haqida

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov budjet taqchilligi sharoitida “Ovoz” teleloyihasi uchun salkam 2 mlrd so‘m, “Bobolarim” kino-klipiga esa 2,7 mlrd so‘m ajratilganiga munosabat bildirdi. Uning aytishicha, boshqa sohalarni bo‘lgani kabi san’at va madaniyatni ham qo‘llab-quvvatlash kerak.

O‘zbekistonda 2023-yilda muzeylarga 5,7 mln kishi tashrif buyurgan
22 may 2024, 10:18

O‘zbekistonda 2023-yilda muzeylarga 5,7 mln kishi tashrif buyurgan

2023-yilda O‘zbekistondagi 140 ta muzeyga 5,7 mln kishi tashrif buyurgan. Registon ansambli va Samarqand davlat muzey qo‘riqxonasining har biriga milliondan ortiq odam kelgan.

Toshkent xalqaro aeroportida avtomobillarni ijaraga olish nuqtasi ochildi
22 may 2024, 09:22

Toshkent xalqaro aeroportida avtomobillarni ijaraga olish nuqtasi ochildi

Toshkent xalqaro aeroportida 20-maydan Europcar brendi ostidagi avtomobillarni ijaraga olish imkoniyati yaratildi. U yerda ishlab chiqarilgan yili 4 yildan, yurgan masofasi 80 ming kilometrdan oshmaydigan avtomobillar ijaraga beriladi.

Chery 2024 Fortune China ESG Impact List`ga kiritildi
22 may 2024, 09:00

Chery 2024 Fortune China ESG Impact List`ga kiritildi

13-mayda e’lon qilingan 2024 Fortune China ESG Impact List ro‘yxatida Chery kompaniyasining ESG sohasida erishgan yutuqlari e’tirof etildi.

World2Fly aviakompaniyasi O‘zbekistonga yo‘lovchi reyslarini yo‘lga qo‘yadi
22 may 2024, 00:10

World2Fly aviakompaniyasi O‘zbekistonga yo‘lovchi reyslarini yo‘lga qo‘yadi

Ispaniyaning World2Fly aviakompaniyasi Urganch va Toshkent shaharlaridan Madridga charter reyslarni yo‘lga qo‘yadi. Ilk parvoz 23-mayda amalga oshiriladi.

Farg‘onada gaz “zapravka” 1,1 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
21 may 2024, 23:47

Farg‘onada gaz “zapravka” 1,1 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Farg‘ona tumanida joylashgan AGTKSH tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish oqibatida davlatga 1 mlrd 136 mln so‘mlik zarar yetkazgani ma’lum bo‘ldi. Qoidabuzar iste’molchiga chora ko‘rish uchun hujjatlar tegishli organlarga taqdim qilindi.

Tibbiy sug‘urta tizimida odamlardan qo‘shimcha badallar undirilmaydi — prezident
21 may 2024, 22:02

Tibbiy sug‘urta tizimida odamlardan qo‘shimcha badallar undirilmaydi — prezident

Prezident Sog‘liqni saqlash loyihalari markazi faoliyatiga doir yig‘ilishda dorilar xaridini tartibga solish, tez tibbiy yordam tizimini takomillashtirish, sohani raqamlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Tibbiy sug‘urta tizimi soliqlar hisobidan bo‘ladi va qo‘shimcha badallar undirilmaydi, dedi u.

YI Kengashi sun’iy intellektni tartibga solish bo‘yicha dunyodagi birinchi qonunni ma’qulladi
21 may 2024, 21:26

YI Kengashi sun’iy intellektni tartibga solish bo‘yicha dunyodagi birinchi qonunni ma’qulladi

Yevropa Ittifoqi Kengashi sun’iy intellektdan foydalanishni tartibga soluvchi dunyodagi birinchi qonunni ma’qulladi. Uning asosida xavf-xatar asnosidagi yondashuv yotadi: jamiyat uchun xavf qanchalik yuqori bo‘lsa, qoidalar shunchalik qattiqroq bo‘ladi. Hujjat bir oydan keyin kuchga kiradi.

Eronda 28-iyunda prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tadi
21 may 2024, 20:31

Eronda 28-iyunda prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tadi

Eronda prezident Ibrohim Raisiy vafotidan keyin navbatdan tashqari prezidentlik saylovi 28-iyunga belgilandi.

Yil boshidan buyon oltin eksporti 3,42 mlrd dollarga oshdi
21 may 2024, 20:02

Yil boshidan buyon oltin eksporti 3,42 mlrd dollarga oshdi

Yil boshidan buyon O‘zbekiston 3,42 mlrd dollarlik oltin eksport qildi, bu o‘tgan yilning yanvar-aprel oylariga nisbatan 11,8 foizga ko‘p. Ushbu qimmatbaho metallning mamlakat umumiy eksportidagi ulushi 40 foizdan oshdi.

Ibrohim Raisiy bilan vidolashuv marosimida O‘zbekiston delegatsiyasi ham qatnashadi
21 may 2024, 17:41

Ibrohim Raisiy bilan vidolashuv marosimida O‘zbekiston delegatsiyasi ham qatnashadi

22-may kuni Eronda o‘tadigan marhum prezident Ibrohim Raisiy bilan vidolashuv marosimida O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etadi. Unga Qonunchilik palatasi cpikeri Nurdinjon Ismoilov boshchilik qiladi.

Parijdagi olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik uchun 3 oyda 73,3 mlrd so‘m sarflandi
21 may 2024, 17:27

Parijdagi olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik uchun 3 oyda 73,3 mlrd so‘m sarflandi

Milliy olimpiya qo‘mitasi sport tashkilotlari bilan birga Parijda o‘tadigan yozgi olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik uchun yanvar-mart oylarida 73,3 mlrd so‘m mablag‘ sarfladi. Bu sportchilarning tayyorgarligi, ularga anjom va inventarlar xarid qilish, tashkilotlarning ustav xarajati va boshqalar uchun yo‘naltirildi.

Toshkentda reydlar davomida ushlangan yana uch nafar shaxsga hukm o‘qildi
21 may 2024, 16:19

Toshkentda reydlar davomida ushlangan yana uch nafar shaxsga hukm o‘qildi

Sud o‘tgan yil oxirida kriminogen vaziyatni yaxshilash bo‘yicha o‘tkazilgan reydlarda ushlangan yana uch nafar shaxsga nisbatan hukm o‘qidi. Xasan va Xusan Sabirdjanovlar qariyb 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi, Marat Urazovga salkam 2 yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

Davr Bank yangi mobil ilova — Davr Mobile 2.0 ni ishga tushirdi
21 may 2024, 16:00

Davr Bank yangi mobil ilova — Davr Mobile 2.0 ni ishga tushirdi

Davr Bank`ning yangi ilovasi — Davr Mobile 2.0 taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Endi bank mijozlari har oy oxirida tranzaksiyalar tarixini ko‘rishi va hisobotlar tuzishi mumkin.

Aprelda O‘zbekistonda gaz, neft, ko‘mir, benzin va dizel ishlab chiqarish kamaydi
21 may 2024, 15:56

Aprelda O‘zbekistonda gaz, neft, ko‘mir, benzin va dizel ishlab chiqarish kamaydi

O‘tgan oyda O‘zbekistonda gaz (-6,1 foiz), ko‘mir (-25,8), neft (-1,3), benzin (-12,5) va dizel (-12,5) ishlab chiqarish hajmi 2023-yil apreliga nisbatan kamaydi. Elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 27,6 foizga oshdi.

Qibraydagi 6 gektar maydonda chiqindi poligoni quriladi
21 may 2024, 15:32

Qibraydagi 6 gektar maydonda chiqindi poligoni quriladi

Toshkent viloyati Qibray tumanida maishiy chiqindi poligoni quriladi. Buning uchun “May” MFY hududidagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan 6 gektar yer maydoni ajratiladi.

Prezident Eron elchixonasiga borib, hamdardlik kitobiga taskin so‘zlarini yozdi
21 may 2024, 15:30

Prezident Eron elchixonasiga borib, hamdardlik kitobiga taskin so‘zlarini yozdi

Shavkat Mirziyoyev Eronning Toshkentdagi elchixonasiga tashrif buyurib, prezident Ibrohim Raisiy vafoti munosabati bilan Eron xalqiga hamdardlik bildirdi. Davlat rahbari hamdardlik kitobiga taskin so‘zlarini yozib qoldirdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting