Yanvar-aprel oralig‘ida O‘zbekistonning Rossiya bilan savdosi hajmi 29,3 foizga oshdi, buning natijasida Rossiya mamlakatning yana asosiy savdo hamkoriga aylanishi mumkin. Qo‘shni davlatlar, shuningdek, Turkiya, Janubiy Koreya va Germaniya bilan tovar aylanmasi kamaymoqda. Fransiyaga eksport 2,2 barobar oshdi.
27 va 28-may kunlari Samarqand-Toshkent-Samarqand yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yiladi.
18−19-may kunlari Humo Arena`da bo‘lib o‘tgan VI xalqaro Makon Marketing biznes forumida Marketing Communication Agencies Group “Marketing agentligi” nominatsiyasida “Yil brendi 2023” mukofotiga sazovor bo‘ldi.
AQSh Davlat departamenti bahslarga sabab bo‘lgan “xorijiy agentlar to‘g‘risida”gi qonunga javoban Gruziyadagi “demokratiyaga putur yetkazish”da aybdor bo‘lganlarga nisbatan viza cheklovlarini joriy qilmoqda. Gruziyadagi muxolifat va mahalliy OAV bu hujjat Rossiya qonunchiligiga o‘xshash ekanidan norozi.
O‘zbekistonda import ketma-ket ikkinchi oy pasayib, 2023-yil iyul oyidan beri minimum darajaga tushdi. Shunga qaramay, yanvar-aprel oralig‘ida neft mahsulotlari, gaz, ko‘mir, elektr energiyasi, sabzavot va mevalar, shuningdek, avtomobillar importi oshdi.
Yarim tunda Toshkent shahridagi ko‘p qavatli uy xonadonlarini poylab, ko‘z tirqishidan qaragan 24 yoshli yigit 5 sutkaga qamaldi. U sudda uy yaqinidan o‘tib ketayotganida kimdir yordam so‘rab chaqirgani, shuning uchun o‘sha qavatga chiqib, eshiklarni poylaganini aytgan.
Qanot Sharq kompaniyasi 30-iyundan O‘zbekiston va Vengriya poytaxtlari o‘rtasida haftasiga bir marta to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqchi. sentabrdan esa qatnov haftada ikki martagacha oshirilishi mumkin.
Keles-Toshkent yo‘nalishida Toyota Prado haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishdagi Cobalt, Damas va Spark mashinalari bilan to‘qnashdi. Oqibatda Toyota va Cobalt haydovchilari voqea joyida halok bo‘ldi, qolgan haydovchilarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi.
Moskva viloyatidagi yotoqxonada yong‘in yuz berib, oqibatda 8 kishi halok bo‘ldi. Elchixona ularning orasida O‘zbekiston fuqarolari ham borligi, vafot etganlarning shaxsini aniqlash ishlari olib borilayotganini bildirdi.
Tuproqqal’a tumanida dars vaqti gaplashib o‘tirgan ikki nafar o‘quvchiga tanbeh berib, ularni kaltaklagan o‘qituvchi o‘z arizasiga ko‘ra ishdan bo‘shatildi.
BAAda o‘tgan dzyudo bo‘yicha jahon chempionatining yakkalik bahslarini o‘zbekistonliklar 2 ta medal bilan yakunladi. Unda Alisher Yusupov +100 kg vazn toifasida bronza medalini qo‘lga kiritdi. Avvalroq Diyora Keldiyorova kumush medal olgandi.
Shanba kuni ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, havo harorat +26…+29 daraja bo‘ladi. Yakshanba kuni aksariyat hududlarda yog‘ingarchiliksiz o‘tishi kutilmoqda, biroq harorat +17…+22 darajagacha pasayadi.
Yangiqo‘rg‘on tumanidagi chegarada 34 yoshli erkak salkam 80 mln rublni Qirg‘izistonga noqonuniy olib o‘tmoqchi bo‘ldi. Sud hukmi bilan u 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi, pullar davlatga o‘tkazildi.
Toshkent viloyatining “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan avtobus qo‘shimcha g‘ildiragining ichki qismida yashirilgan taxminiy qiymati 1 mlrd 770 mln so‘mlik 59 kg zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.
Firibgarlik va odam savdosida ayblanib qidiruvga berilgan 45 yoshli shaxs Turkiyada qo‘lga olingan edi. U payshanba kuni O‘zbekistonga deportatsiya qilindi.
Jizzax shahrida tez tibbiy yordam mashinasi yo‘lning belgilangan qismidan kesib o‘tayotgan 48 yoshli ayolni urib yubordi. Jabrlanuvchi reanimatsiyaga yotqizildi.
Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida traktor boshqarish jarayonida poyezd yo‘liga chiqib ketgan 9-sinf o‘quvchisi vagonlar bilan to‘qnashuv oqibatida halok bo‘ldi.
Xitoy Tayvanning yangi prezidenti Lay Sinde lavozimiga kirishganidan bir necha kun o‘tib “separatistik harakatlar” uchun “qattiq jazo” sifatida Tayvan bo‘g‘ozida harbiy mashg‘ulotlar boshladi.
Jahon meteorologiya tashkiloti hisobotiga ko‘ra, 2023-yilda Osiyoda iqlim o‘zgarishi tezlashgan. Mintaqada o‘rtacha global haroratdan tezroq isish kuzatilmoqda. Bu qurg‘oqchilik va issiqlik to‘lqinlaridan suv toshqini va bo‘ronlargacha bo‘lgan ekstremal ob-havo sharoitlariga olib keladi.
Shavkat Mirziyoyevga taqdim etilgan farmatsevtika tarmog‘iga oid rejalardan eksportni oshirish, shu bilan birga, ichki bozorning mahalliy mahsulotlarga talabini qondirish o‘rin olgan. Sohani raqamlashtirish orqali narxlarni 20 foizga arzonlashtirish, ishlab chiqarishni xalqaro standartlarga o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting