PA Madaniyat va san’atni rivojlantirish shu’basi mudiri lavozimida ishlab kelayotgan Nodirbek Sayfullayev O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori lavozimiga tayinlandi. U bundan avval Milliy rassomlik va dizayn institutiga ham rektorlik qilgan.
Sud Shaffof metan “zapravka"lari egalari va ishchilariga hukm o‘qidi. Ish materiallarida 447,5 mlrd so‘mlik soliqlarni to‘lamaganlik, 1,37 trln so‘mlik savdo qoidalarini buzish, jinoiy daromadlarni legallashtirish holatlari qayd etilgan. Asosiy ayblanuvchilar — aka-uka Toshmatovlar — 9 yil 2 oyga qamaldi.
UNG Petro yoqilg‘i quyish shoxobchalari va Chinoz NQIZni sotish 2024-yil ikkinchi choragi uchun investitsiya dasturiga kiritilgan. Bir necha oy oldin “O‘zbekneftgaz"dan ushbu obyektlarni boshqa kompaniya sotib olgani xabar qilingandi. Ko‘rsatilgan narx (neft uskunalari bilan birga) — 70 mln dollar.
Andijondagi bog‘chada tarbiyachi sherigi bilan janjallashgan bolaning yuziga urdi. Bolaning otasi IIBga ariza berdi, hozirda tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
ANORBANK 2024-yilda ketma-ket to‘rtinchi marta SNS Ratings agentligi tomonidan tuzilgan “O‘zbekiston tijorat banklari mobil ilovalarining yakuniy reytingi”da o‘z yetakchiligini saqlab qoldi.
Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi banklarga ikkilamchi uy-joy sotib olish bo‘yicha kreditlar berish uchun imtiyozli resurslar ajratish to‘xtatilmaganini ma’lum qildi.
Namangan viloyatida o‘zini hokimlik ishchisi sifatida tanishtirib, obodonlashtirish boshqarmasining 4 nafar ayol xodimasini aldab, ularning nomiga kredit rasmiylashtirgan shaxs qo‘lga olindi. U 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.
18 va 19-may kunlari “Yil brendi 2023” mukofoti bilan taqdirlash marosimida “Asakabank” AJ “Moliya.Banklar” yo‘nalishi bo‘yicha mukofotni qo‘lga kiritdi.
23−26-may kunlari O‘zbekistonning tog‘li va tog‘oldi hududlarida kuchli yomg‘ir yog‘ib, sel va toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin.
Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan 31-may, 1−2-iyun kunlari Samarqand — Toshkent — Samarqand yo‘nalishida qo‘shimcha “Afrosiyob” elektropoyezdi harakati yo‘lga qo‘yiladi.
Yozuvchilar uyushmasi faxriy a’zosi, turkolog va tarjimon Ramiz Asqar 70 yoshda vafot etdi. U Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asari va “Xamsa”sini ozarbayjon tiliga tarjima qilib, Bokuda chop ettirgan. “Do‘stlik” ordeni sohibining ozarbayjonchaga o‘girgan “Boburnoma” asari Islom Karimovga sovg‘a qilingan.
Narpay tumanida mast holda mashina boshqargan 70 yoshli erkak 2-sinf o‘quvchisini urib yubordi. Oqibatda uning qo‘li sindi. Erkak avval ham spirtli ichimlik ichib mashina boshqargani uchun haydovchilik guvohnomasidan mahrum etilgandi. “Endi ichmayman, mashina ham haydamayman”, — dedi u.
Yevropa Ittifoqining to‘rtta davlati “xorijiy agentlar to‘g‘risida"gi qonun tufayli Gruziyaga qarshi sanksiyalar qo‘llashni taklif qilmoqchi. Ehtimoliy cheklovlar qatoriga Gruziya fuqarolari uchun YIda vizasiz rejimni bekor qilish kiradi.
O‘zbekiston va Ozarbayjon hukumati tadbirkorlar uchun onlayn-tijorat platformasini yaratish va 1 mlrd dollarlik savdo aylanmasiga erishishni rejalashtirmoqda, dedi investitsiyalar vaziri Laziz Kudratov. U, shuningdek, Ozarbayjon rahbarining avgust oyida Toshkentga tashrifi reja qilinganini aytdi.
Ichki ishlar vazirligi xodimlari 1000 dollar olayotgan ikki shaxsni qo‘lga oldi. Ular mahkumni tanishi orqali Bo‘ka tumanidagi 43-sonli manzil koloniyadan Ohangaron yoki Olmaliqdagi koloniyaga ko‘chirishni va’da qilgan.
“O‘zbekneftgaz” kompaniyasi Ozarbayjonda gaz qazib olish loyihasiga qo‘shilishi mumkin, deya ma’lum qildi O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov. Gap Kaspiy dengizidagi “Shah-Deniz” loyihasi haqida ketmoqda.
Farmatsevtika sohasining yetakchi mutaxassislaridan biri Farruh Mirazizov ma’lumotlarni tahlil qilish, yangi dori vositalarini izlash va tadqiqot jarayonlarini optimallashtirish loyihasini joriy etdi.
O‘zbekistonning umumiy qiymati qariyb 1,5 mlrd dollarga teng navbatdagi suveren xalqaro obligatsiyalari 3 ta valyutada jahon moliya bozorlarida joylashtirildi. Obligatsiyalardan tushgan mablag‘ Davlat budjeti taqchilligini qoplash va Barqaror rivojlanish maqsadlarini moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi.
4−5-may kuni Toshkentda an’anaviy bahorgi IT ECO FEST 2024 eko-festivali bo‘lib o‘tdi. Festival “Toza havo qani?” va “Toza havo sari” shiorlari ostida tashkil etildi.
Norvegiya, Irlandiya va Ispaniya Falastinni mustaqil davlat sifatida tan olganini e’lon qildi. Bu bilan Yevropa Ittifoqining Falastinni tan olgan davlatlari soni 13 taga yetdi. Qaror ortidan Isroil Norvegiya va Irlandiyadan elchilarini chaqirib olishi aytildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting