Toshkentda yangi tug‘ilgan chaqaloq ko‘chaga tashlab ketildi
18 yanvar 2025, 12:36

Toshkentda yangi tug‘ilgan chaqaloq ko‘chaga tashlab ketildi

Toshkentning Yangihayot tumanida chaqaloq sumkaga solingan holda ko‘chaga tashlab ketildi. Unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga olib borilgan. Holat yuzasidan tekshiruv ishlari o‘tkazilmoqda. Video.

Isroil hukumati o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha bitimni ma’qulladi
18 yanvar 2025, 11:58

Isroil hukumati o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha bitimni ma’qulladi

Isroil hukumati G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni ozod qilish to‘g‘risidagi bitimni ma’qulladi. Bunda 24 nafar vazir yoqlab, 8 nafari esa qarshi ovoz berdi. Ertadan garovga olinganlarni ozod qilish boshlanishi kutilyapti.

Afrosiyob poyezdi temiryo‘ldagi beton shpal sababli favqulodda to‘xtadi
18 yanvar 2025, 10:43

Afrosiyob poyezdi temiryo‘ldagi beton shpal sababli favqulodda to‘xtadi

Toshkent — Buxoro yo‘nalishidagi Afrosiyob tezyurar poyezdi mashinistlari yo‘lda qoldirilgan beton shpalni ko‘rib, favqulodda tormozlash choralarini ko‘rdi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” ma’lumotiga ko‘ra, poyezd “ma’lum darajada shikastlangan”, jabrlanganlar yo‘q. Voqea sabablari tekshirilmoqda.

Nima tayyorlaymiz: mikrovolnovkada pishadigan taomlar
18 yanvar 2025, 01:53

Nima tayyorlaymiz: mikrovolnovkada pishadigan taomlar

Mikroto‘lqinli pechda pishadigan chizkeyk, pechene, omlet, bananli keks va boshqa retseptlar — Zira.uz jamlanmasida.

Milliy gvardiya gender tengligini ta’minlashda eng faol davlat organi deb topildi
17 yanvar 2025, 22:07

Milliy gvardiya gender tengligini ta’minlashda eng faol davlat organi deb topildi

Milliy gvardiya gender tengligini ta’minlashda respublika miqyosida eng faol davlat organi deb topildi. Eng faol hududiy davlat organi Qoraqalpog‘iston IIV bo‘ldi. Gender tengligi va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi har yili o‘tkaziladigan tanlov natijalarini sarhisob qildi.

Statagentlik rahbari Bahodir Begalov qariyb 8 yildan so‘ng lavozimini tark etdi
17 yanvar 2025, 21:50

Statagentlik rahbari Bahodir Begalov qariyb 8 yildan so‘ng lavozimini tark etdi

Prezident huzuridagi Statistika agentligi direktori Bahodir Begalov egallab turgan lavozimidan ozod etildi. U 2017-yilning may oyidan buyon statistika organini boshqarib kelayotgan edi.

Farrux Rustamov “O‘zkomnazorat”ga rahbar bo‘ldi
17 yanvar 2025, 21:43

Farrux Rustamov “O‘zkomnazorat"ga rahbar bo‘ldi

Prezident Farrux Rustamovni Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi (“O‘zkomnazorat”) rahbari etib tayinladi.

Qozog‘istonda benzin va dizel narxlarini tartibga solish bekor qilinishi mumkin
17 yanvar 2025, 21:07

Qozog‘istonda benzin va dizel narxlarini tartibga solish bekor qilinishi mumkin

Qozog‘iston Energetika vazirligi qo‘shni davlatlar bilan narxlardagi tafovutni bartaraf etish va “kulrang” eksport xavfini minimallashtirish maqsadida benzin va dizel narxlarini bosqichma-bosqich erkinlashtirish rejalarini e’lon qildi.

2024-yilda YTTB O‘zbekiston iqtisodiyotiga rekord darajadagi 938 million yevro sarmoya kiritdi
17 yanvar 2025, 20:24

2024-yilda YTTB O‘zbekiston iqtisodiyotiga rekord darajadagi 938 million yevro sarmoya kiritdi

2024-yilda O‘zbekiston yana YTTBning Markaziy Osiyoda moliyalashtirish bo‘yicha yetakchi davlatiga aylandi; bank yil davomida mamlakat iqtisodiyotiga 938 mln yevro sarmoya kiritdi. Mablag‘larning yarmidan ko‘pi yashil iqtisodiyot loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirildi.

2024-yilda O‘zbekistonga 483 nafar migrantning jasadi olib kelindi
17 yanvar 2025, 20:21

2024-yilda O‘zbekistonga 483 nafar migrantning jasadi olib kelindi

2024-yilda 483 nafar o‘zbekistonlik migrantning jasadi Vatanga qaytarildi. Shundan 474 nafari Rossiyadan, 5 nafari Turkiyadan, qolgani Janubiy Koreya va Qozog‘istondan olib kelingan. Migratsiya agentligidan ma’lum qilishlaricha, jasadlarni olib kelish xarajatlari davlat budjeti hisobidan qoplangan.

Xitoy aholisi ketma-ket uchinchi yil kamaymoqda
17 yanvar 2025, 20:03

Xitoy aholisi ketma-ket uchinchi yil kamaymoqda

Xitoyda rasmiylar oilalarni ko‘proq farzandli bo‘lishga undashga urinayotganiga qaramay, aholi ketma-ket uchinchi yil kamaydi. Mutaxassislar ishchi va iste’molchilar soni qisqarib borayotgani sababli dunyoning ikkinchi eng yirik iqtisodiyoti qiyinchilikka duch kelishidan qo‘rqmoqda.

Rossiya va Eron strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi
17 yanvar 2025, 19:59

Rossiya va Eron strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi

Eron va va Rossiya prezidentlari Moskvada keng qamrovli strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi. 47 moddadan iborat hujjat mudofaa, terrorizmga qarshi kurash, energetika, moliya kabi sohalarni o‘z ichiga oladi. Shartnoma harbiy ittifoq tuzish maqsadini ko‘zlamasligi ta’kidlandi.

Abduqodir Husanov bilan eksklyuziv intervyu — dadasi, “Bunyodkor”dan ketishi, Belarusdagi qiyinchiliklar va maqsadi haqida
17 yanvar 2025, 18:17

Abduqodir Husanov bilan eksklyuziv intervyu — dadasi, “Bunyodkor"dan ketishi, Belarusdagi qiyinchiliklar va maqsadi haqida

O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov “Manchester Siti"ga o‘tmoqda. Ta’kidlanishicha, Angliya klubi futbolchini 40 mln yevroga sotib olyapti. “Gazeta.uz” 2024-yil yozida Abduqodir Husanovdan intervyu olgandi. Intervyudan bir parcha e’tiboringizga havola qilinadi.

YHXX senator so‘rovidan so‘ng Surxondaryodagi 14 ta avtomaktabga litsenziya berilganini ma’lum qildi
17 yanvar 2025, 18:12 1

YHXX senator so‘rovidan so‘ng Surxondaryodagi 14 ta avtomaktabga litsenziya berilganini ma’lum qildi

Avvalroq yangi talablar sabab Surxondaryodagi avtomaktablarga litsenziya berilmayotgani yuzasidan YHXXga senator so‘rovi yuborilgandi. Mas’ul idora so‘rovga javoban hozirda viloyatdagi 14 ta avtomaktabga litsenziya berilganini ma’lum qildi. Imtihon markazi esa qurilish yakunlangandan so‘ng ishga tushishi aytilgan.

O‘zbekistonning futbol bo‘yicha ayollar terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi
17 yanvar 2025, 17:40

O‘zbekistonning futbol bo‘yicha ayollar terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Kotrina Kulbite O‘zbekistonning futbol bo‘yicha ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘ldi. Litvalik mutaxassis UEFA murabbiylarni o‘qitish bo‘yicha instruktori hisoblanadi. O‘FA murabbiy bilan ayollar Osiyo kubogida munosib ishtirok etish kabi masalalarni muhokama qildi.

Bekzod Toshpo‘latov Zarbdor tumani hokimi etib tayinlandi
17 yanvar 2025, 17:22

Bekzod Toshpo‘latov Zarbdor tumani hokimi etib tayinlandi

Jizzax viloyat Soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan Bekzod Toshpo‘latov Zarbdor tumani hokimi vazifasiga tayinlandi.

Nega metro kassalari va pochta bo‘limlarida ATTO kartalari topilmayapti?
17 yanvar 2025, 17:21

Nega metro kassalari va pochta bo‘limlarida ATTO kartalari topilmayapti?

Toshkentda avtobuslarda naqd pul qabul qilish bekor bo‘lganidan so‘ng jamoat transporti yo‘lovchilari transport kartalari taqchilligiga duch keldi. ATTO kompaniyasi kartalarni chayqovchilar ommaviy ravishda sotib olayotganini tushuntirdi. Ularga qarshi kurashish uchun endi bir kishiga ikkitadan ortiq karta berilmaydi.

“Salimboy” Qirg‘iziston janubini to‘liq nazoratga olgandi — Qamchibek Tashiyev
17 yanvar 2025, 17:19

“Salimboy” Qirg‘iziston janubini to‘liq nazoratga olgandi — Qamchibek Tashiyev

“Salimboyvachcha” nomi bilan tanilgan o‘zbekistonlik Salim Abduvaliyev Qirg‘iziston janubini to‘liq nazorat qilgan, dedi Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev. Uning so‘zlariga ko‘ra, jinoyatchilar, biznesmenlar, hatto siyosiy arboblar va deputatlar ham “Salimboy”ning huzuriga borgan.

Qimmatli qog‘ozlarning birjadan tashqari bozorida bitimlarni amalga oshirish tartibi tasdiqlandi
17 yanvar 2025, 16:57

Qimmatli qog‘ozlarning birjadan tashqari bozorida bitimlarni amalga oshirish tartibi tasdiqlandi

ILMA direktori buyrug‘i bilan qimmatli qog‘ozlarning birjadan tashqari bozorida bitimlarni amalga oshirish tartibi tasdiqlandi. Birjadan tashqari uyushgan bozorda qimmatli qog‘ozlar bilan bitimlarni tuzish va ro‘yxatdan o‘tkazish elektron shaklda amalga oshiriladi.

2025-yil ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirishda hal qiluvchi yil bo‘ladi — Shavkat Mirziyoyev
17 yanvar 2025, 16:40

2025-yil ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirishda hal qiluvchi yil bo‘ladi — Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekiston prezidenti 2025-yil ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirishda hal qiluvchi yil bo‘lishini ta’kidladi. Bu uchun 1,5 mln aholi doimiy ishga joylashtirilib, 2 milliondan ziyod odam biznesga jalb qilinadi. 60 ta tuman va shahar kambag‘allik va ishsizlikdan xoli hududga aylantiriladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting