Samarqandda Tracker “peshexod”dan o‘tayotgan 12 yoshli velosipedchini urib ketdi
24 sentabr 2024, 00:04

Samarqandda Tracker “peshexod"dan o‘tayotgan 12 yoshli velosipedchini urib ketdi

Samarqand shahrida Tracker-2 haydovchisi piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan 12 yoshli velosipedchini urib yubordi. Jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizildi.

Isroil “Hizbulloh” obyektlariga zarba berdi, Livan yuzlab qurbonlar borligini aytmoqda
23 sentabr 2024, 23:15

Isroil “Hizbulloh” obyektlariga zarba berdi, Livan yuzlab qurbonlar borligini aytmoqda

Isroil armiyasi Livan janubida “Hizbulloh” bilan aloqasi borligi aytilayotgan yuzlab nishonlarga havo hujumlari uyushtirdi. Livan rasmiylariga ko‘ra, buning oqibatida 250 dan ortiq odam halok bo‘ldi, 1000 dan ortiq kishi jarohatlandi.

“O‘zbek shaxmati tarixida yorqin sahifa ochdingiz”. Prezident shaxmat Olimpiadasi ishtirokchilariga tarbik yo‘lladi
23 sentabr 2024, 22:25

“O‘zbek shaxmati tarixida yorqin sahifa ochdingiz”. Prezident shaxmat Olimpiadasi ishtirokchilariga tarbik yo‘lladi

Vengriyada o‘tkazilgan shaxmat Olimpiadasida o‘zbekistonlik sportchilar uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgani munosabati bilan prezident ularga tabrik yo‘lladi. U o‘zbek shaxmati tarixida yangi sahifa ochilganini ta’kidladi va ushbu yutuq “ulkan islohotlarning amaliy natijasi” ekanini aytdi.

“Kino va birdamlik”. Poytaxtda Toshkent xalqaro kinofestivali tarixiga oid ko‘rgazma ochildi
23 sentabr 2024, 21:32

“Kino va birdamlik”. Poytaxtda Toshkent xalqaro kinofestivali tarixiga oid ko‘rgazma ochildi

“Ilhom” teatrida Toshkent xalqaro kinofestivaliga (1968−1988) bag‘ishlangan Destination: Tashkent ko‘rgazmasi ochildi. Ko‘rgazma huquq himoyachisi Anjela Devis, aktyor Raj Kapur va boshqa taniqli shaxslarni uchratish mumkin bo‘lgan arxiv materiallari, kinoxronika va fotosuratlarni o‘z ichiga oladi.

Tramp noyabr saylovlarida yutqazsa, keyingilarida qatnashmasligini aytdi
23 sentabr 2024, 20:40

Tramp noyabr saylovlarida yutqazsa, keyingilarida qatnashmasligini aytdi

AQShda Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Tramp noyabr oyidagi saylovlarda yutqazsa, 2028-yilgisida qatnashmasligini aytdi.

Prezident hokimlarga yil yakunigacha kamida 10 tadan hududning master rejasini ishlab chiqishni topshirdi
23 sentabr 2024, 20:16

Prezident hokimlarga yil yakunigacha kamida 10 tadan hududning master rejasini ishlab chiqishni topshirdi

Shavkat Mirziyoyev aksariyat viloyatlarda tuman va shaharlarning master rejalarini tayyorlash ishlari ortda qolayotganini tanqid qildi va viloyat hokimlariga yil oxirigacha kamida 10 tadan hududning master rejasini ishlab chiqishni buyurdi.

Uy-joy sotib olishda eskrou tizimi joriy etiladi — prezident
23 sentabr 2024, 19:34

Uy-joy sotib olishda eskrou tizimi joriy etiladi — prezident

Prezident uy-joy sotib olishning yangi mexanizmi — eskrou hisobi joriy etilishini ma’lum qildi. Banklar uy-joyni o‘z vaqtida va sifatli qurish hamda uni egasiga yetkazib berishni kafolatlab, quruvchi va xaridor o‘rtasida kafil bo‘lib xizmat qiladi. Yangi tizim bir yil ichida sinovdan o‘tkaziladi.

Prezident qurilishda korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirishni buyurdi
23 sentabr 2024, 19:08

Prezident qurilishda korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirishni buyurdi

Yil boshidan buyon qurilishi ro‘yxatdan o‘tkazilmay boshlangan obyektlar soni 2200 taga yetdi, shu bois pala-partish qurilish ko‘paydi, dedi prezident. Qurilish inspeksiyasining boshqarmalarida quruvchi-operatorlar shtabi paydo bo‘ladi, qurilayotgan obyektlar oldida QR kodli pasporti chiqarib qo‘yiladi.

“APEX INSURANCE” AJ futzal bo‘yicha Jahon chempionati-2024 ning rasmiy hamkori bo‘ldi
23 sentabr 2024, 19:00

“APEX INSURANCE” AJ futzal bo‘yicha Jahon chempionati-2024 ning rasmiy hamkori bo‘ldi

APEX INSURANCE Andijon, Buxoro va Toshkentda o‘tayotgan FIFA Uzbekistan 2024 futzal bo‘yicha o‘ninchi jahon chempionati bilan rasmiy hamkorlikni e’lon qiladi.

“Toshshahartransxizmat”ning sobiq rahbari Anvar Jo‘rayev ustidan sud jarayoni boshlandi
23 sentabr 2024, 18:35

“Toshshahartransxizmat”ning sobiq rahbari Anvar Jo‘rayev ustidan sud jarayoni boshlandi

Toshkentda fevral oyida hibsga olingan “Toshshahartransxizmat” sobiq rahbari Anvar Jo‘rayev ustidan sud jarayoni boshlandi. Unda 21 kishi (jumladan, ikki avtobus saroyi va “Toshavtota’mirxizmat” rahbarlari) sudlanmoqda. Ularning aksariyati hali ayblov xulosasi olmagani sabab sud ishi bir haftaga kechiktirildi.

O‘zbekistonda 16 qavatdan yuqori binolar qurish bo‘yicha Konstruktorlik byurosi tashkil qilinadi
23 sentabr 2024, 18:05

O‘zbekistonda 16 qavatdan yuqori binolar qurish bo‘yicha Konstruktorlik byurosi tashkil qilinadi

O‘zbekistonda 2025-yilgacha 16 qavatdan yuqori binolar qurish bo‘yicha Toshkent arxitektura-qurilish universiteti qoshida alohida Konstruktorlik byurosi tashkil qilinadi. Prezident qurilishdagi o‘zgarishlardan orqada qolmaslik uchun Shaharsozlik normalari va qoidalarini muntazam yangilab borish kerakligi ta’kidlandi.

“Prezident qarori noto‘g‘ri talqin qilingan”. Sirdaryoda tadbirkorlar quyosh paneli o‘rnatmagani uchun elektrdan uzildi
23 sentabr 2024, 17:14

“Prezident qarori noto‘g‘ri talqin qilingan”. Sirdaryoda tadbirkorlar quyosh paneli o‘rnatmagani uchun elektrdan uzildi

Sirdaryoda elektrdan uzilgan tadbirkorlar hokimiyat binosi oldiga yig‘ildi va HETK tomonidan asossiz ravishda, quyosh paneli o‘rnatmagani uchun tarmoqdan uzib qo‘yilganini qayd etdi. Sirdaryo HETK holatga munosabat bildirib, mas’ullar prezident qarorini noto‘g‘ri talqin qilganini ma’lum qildi.

Chery brendi bir nechta xalqaro avtomobil mukofotlariga sazovor bo‘ldi
23 sentabr 2024, 17:00

Chery brendi bir nechta xalqaro avtomobil mukofotlariga sazovor bo‘ldi

Chery ko‘plab nufuzli xalqaro mukofotlarga sazovor bo‘ldi, ushbu mukofotlar Chery kompaniyasining yuqori raqobatbardoshligini ta’kidlaydi va brendning global bozordagi ta’siri va kuchini ko‘rsatadi.

Behzod Musayev Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rahbari etib tayinlandi
23 sentabr 2024, 16:36

Behzod Musayev Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rahbari etib tayinlandi

Sobiq kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga rahbar etib tayinlandi. Agentlikning o‘zi Vazirlar Mahkamasi bo‘ysunuviga o‘tkazildi.

Mahallabay agentligi faoliyati tugatildi
23 sentabr 2024, 16:30

Mahallabay agentligi faoliyati tugatildi

Salkam 3 yil faoliyat yuritgan Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tugatildi. Uning barcha vazifalari hamda hokim yordamchilari Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga o‘tkaziladi.

Botir Zohidov kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri etib tasdiqlandi
23 sentabr 2024, 16:17

Botir Zohidov kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri etib tasdiqlandi

Toshkentning Shayxontohur tumaniga hokimlik qilgan Botir Zohidov kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri lavozimiga tasdiqlandi.

Ukrainaning “g‘alaba rejasi” to‘rtta banddan iborat — Times
23 sentabr 2024, 15:40

Ukrainaning “g‘alaba rejasi” to‘rtta banddan iborat — Times

Ukrainaning Rossiya bilan urushdagi “g‘alaba rejasi” 4 banddan iborat bo‘lib, NATO mudofaa paktiga o‘xshash xavfsizlik kafolatlari, harbiy va moliyaviy yordam so‘rovlarini o‘z ichiga oladi.

“O‘zsuvta’minot” Toshkent viloyatida o‘quvchilar suvdan zaharlanganini rad etdi
23 sentabr 2024, 15:26

“O‘zsuvta’minot” Toshkent viloyatida o‘quvchilar suvdan zaharlanganini rad etdi

“O‘zsuvta’minot” AJ Olmaliq shahridagi ixtisoslashgan maktabda 12 nafar o‘quvchining zaharlanishiga suv iste’moli sabab bo‘lganini rad etdi. Suvdan olingan namunalarda uning belgilangan talablarga javob berishi aniqlangan. Qo‘shimcha tekshiruv olib borilmoqda.

Chirchiq daryosidan qum-shag‘al qazib olingani sabab tabiatga 183 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazildi
23 sentabr 2024, 15:09

Chirchiq daryosidan qum-shag‘al qazib olingani sabab tabiatga 183 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazildi

Toshkent viloyati Chirchiq daryosida noqonuniy ravishda qum-shag‘al qazib olinayotgani aniqlandi. Buning oqibatida tabiatga 183 milliard so‘mdan ortiq zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.

Yo‘l harakati qoidalarini qayta-qayta buzgan haydovchilar bilan “mahalla yettiligi” ishlamoqda — YHXX boshlig‘i
23 sentabr 2024, 15:02

Yo‘l harakati qoidalarini qayta-qayta buzgan haydovchilar bilan “mahalla yettiligi” ishlamoqda — YHXX boshlig‘i

YHXX “mahalla yettiligi” bilan birgalikda yo‘l harakati qoidalarini besh va undan ortiq marta qo‘pol ravishda buzgan haydovchilar bilan manzilli ishlamoqda. Bu haqda Senatda YHXX rahbari Sherzod Ibragimov gapirdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting