Toshkent sudi Nuz.uz jurnalistiga nisbatan qo‘zg‘atilgan ma’muriy ishni tugatdi
16 yanvar 2024, 23:37

Toshkent sudi Nuz.uz jurnalistiga nisbatan qo‘zg‘atilgan ma’muriy ishni tugatdi

Sud Nuz.uz jurnalisti Mixail Dovlatovga nisbatan qo‘zg‘atilgan ma’muriy ishni tugatdi. Sud ishi mayda bezorilik va ichki ishlar xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaslik moddalari bilan ochilgandi. Toshkent shahri IIBB jurnalist jamoat joyida chekkani uchun jarimaga tortilganini ma’lum qilgan.

Rossiyadagi YTHda halok bo‘lgan va jarohatlanganlarni O‘zbekistonga qaytarish ishlari olib borilmoqda — FVV
16 yanvar 2024, 22:38

Rossiyadagi YTHda halok bo‘lgan va jarohatlanganlarni O‘zbekistonga qaytarish ishlari olib borilmoqda — FVV

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Rossiyaning Samara viloyatida YTHga uchragan Lada Largus avtomobilida yetti nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lganini tasdiqladi. Ularning uch nafari vafot etgan, to‘rt nafari esa davolanmoqda. Tegishli tashkilotlar ularni vatanga qaytarish ustida ishlamoqda.

Karmana tumaniga yangi hokim tayinlandi
16 yanvar 2024, 21:05

Karmana tumaniga yangi hokim tayinlandi

Valijon Adizov Navoiy viloyatining Karmana tumaniga rahbar bo‘ldi. Bu tumanning avvalgi hokimi mayning ferma bilan bog‘liq mojaro tufayli ishdan olingandi.

Shamsiddin Soxibnazarov bosh prokuror o‘rinbosari — Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i etib tayinlandi
16 yanvar 2024, 20:28

Shamsiddin Soxibnazarov bosh prokuror o‘rinbosari — Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i etib tayinlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i Shamsiddin Soxibnazarov qo‘shimcha ravishda bosh prokuror o‘rinbosari etib tayinlandi.

Prezident Yevrokomissiya vitse-prezidenti boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi
16 yanvar 2024, 19:50

Prezident Yevrokomissiya vitse-prezidenti boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Prezident va Yevrokomissiya vitse-prezidenti Margaritis Sxinas O‘zbekiston hamda Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi sherikchilikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi. Yanvar so‘nggida Bryusselda YeI va MO o‘rtasida transport-kommunikatsiya aloqalarini mustahkamlash bo‘yicha investorlar forumi bo‘lib o‘tadi.

Talaba qiz turmushga chiqishga majburlanayotgani bo‘yicha bolalar ombudsmaniga shikoyat qildi, unga himoya orderi berildi
16 yanvar 2024, 19:01

Talaba qiz turmushga chiqishga majburlanayotgani bo‘yicha bolalar ombudsmaniga shikoyat qildi, unga himoya orderi berildi

Shahrisabzda 17 yoshli qiz turmushga chiqishga majburlangach, bolalar ombudsmaniga murojaat qildi. U ombudsmandan avval o‘qishini tugatmoqchi ekanini aytib, yordam so‘radi. Qizga himoya orderi berildi, ota-onasi esa majburiy nikoh uchun javobgarlik borligidan ogohlantirildi.

BAA o‘zbekistonliklar uchun vizani bekor qildi
16 yanvar 2024, 17:53

BAA o‘zbekistonliklar uchun vizani bekor qildi

BAA hukumati O‘zbekiston fuqarolari uchun 30 kungacha vizasiz rejimini joriy qildi. Hujjat 16-fevraldan kuchga kiradi.

Bo‘ka tumaniga yangi hokim tayinlandi
16 yanvar 2024, 17:48

Bo‘ka tumaniga yangi hokim tayinlandi

Baxtiyor Begmatov Bo‘ka tuman hokimi etib tayinlandi. Tayinlovga qadar u Toshkent viloyati Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlab kelayotgandi.

Rossiyada davlat raqami O‘zbekistonniki bo‘lgan avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Vafot etganlar bor
16 yanvar 2024, 17:32

Rossiyada davlat raqami O‘zbekistonniki bo‘lgan avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Vafot etganlar bor

Rossiyaning Samara viloyatida O‘zbekistonning Qashqadaryo viloyatiga tegishli davlat raqam belgisi bo‘lgan Lada Largus avtomobili “Gazel” yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. Largus avtomashinasining uch nafar yo‘lovchisi halok bo‘ldi, yana to‘rt nafari kasalxonaga yotqizildi.

Aholini tadbirkorlikka jalb qilish ishlari qoniqarsiz bo‘lgani uchun 100 dan ortiq hokim yordamchisi ishdan olinadi
16 yanvar 2024, 15:53

Aholini tadbirkorlikka jalb qilish ishlari qoniqarsiz bo‘lgani uchun 100 dan ortiq hokim yordamchisi ishdan olinadi

Sharof Rashidov, Pastdarg‘om, Angor tumanlari, Andijon va Termiz shaharlaridagi 123 nafar hokim yordamchisi ishdan bo‘shatiladi. Ular aholini tadbirkorlikka jalb qilish ishlarini qoniqarsiz tashkil etgan.

O‘zbekiston 150 ming ishchiga talab bo‘lsa-da, Yevropa va Osiyo mamlakatlariga atigi 9 ming ishchi yubordi
16 yanvar 2024, 15:39

O‘zbekiston 150 ming ishchiga talab bo‘lsa-da, Yevropa va Osiyo mamlakatlariga atigi 9 ming ishchi yubordi

Prezident bandlik tizimiga kiruvchi kasbga tayyorlash muassasalari faoliyati talab darajasida emasligini ta’kidladi. Yevropa va Osiyoning rivojlangan mamlakatlari bilan kelishuvlar doirasida 150 ming ishchiga buyurtma berilgan bo‘lsa-da, bu mamlakatlarga bor-yo‘g‘i 9 ming ishchi yuborilgan.

Prezident “Donmahsulot” tarkibidagi korxonalar narxi sun’iy oshirib yuborilgani uchun sotilmayotganini ta’kidladi
16 yanvar 2024, 15:31

Prezident “Donmahsulot” tarkibidagi korxonalar narxi sun’iy oshirib yuborilgani uchun sotilmayotganini ta’kidladi

Shavkat Mirziyoyev “Donmahsulot” tarkibidagi savdoga chiqarilgan 43 ta korxonadan bor-yo‘g‘i 10 tasi sotilganini, ayrimlari 2−3 yildan beri sotilmasdan turganini, bunga sabab esa xususiy sektorga bermaslik uchun narxi sun’iy oshirib yuborilganini ta’kidladi.

Kredit stavkalarini bozor mexanizmlari asosida kamida 2−3 foizga tushirish muhim — prezident
16 yanvar 2024, 15:15

Kredit stavkalarini bozor mexanizmlari asosida kamida 2−3 foizga tushirish muhim — prezident

Shavkat Mirziyoyev bozor mexanizmlari asosida kredit stavkalarini kamida 2−3 foizga tushirish muhimligini qayd etdi. “Banklar resurs yo‘qligi sababli kredit foizi yuqori, deyishga o‘rganib olgan. Vaholanki, muammoli kreditlarni undirishning o‘zidan 25 trln so‘mlik kreditga resurs topsa bo‘ladi”, — dedi u.

Bir yilda tez yordamga 3,5 mingta yolg‘on chaqiriq kelib tushgan — SSV
16 yanvar 2024, 14:57

Bir yilda tez yordamga 3,5 mingta yolg‘on chaqiriq kelib tushgan — SSV

O‘zbekistonda 2023-yil davomida tez yordam xizmatiga jami 3505 ta yolg‘on chaqiriq kelib tushdi. Ularning eng ko‘pi Toshkent, Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlariga to‘g‘ri keladi. Avvalroq bunday chaqiriqlar uchun chaqiruv xarajati miqdorida jarimaga tortish taklif etilgandi.

Transport vazirligi vakili — Toshkentda tramvay bo‘lishi hamda avtobuslar va shaxsiy mashinalar o‘rtasidagi raqobatbardoshlik haqida
16 yanvar 2024, 14:54

Transport vazirligi vakili — Toshkentda tramvay bo‘lishi hamda avtobuslar va shaxsiy mashinalar o‘rtasidagi raqobatbardoshlik haqida

Toshkentda tramvay yo‘llarini loyihalash va qurish ko‘p vaqt talab etadi, shuning uchun kattaroq effektga chiqish uchun avvaliga ko‘p sig‘imli avtobuslar sotib olindi, dedi Transport vazirligi vakili. U, shuningdek, transport harakatlarining noto‘g‘ri tashkil etilishi va boshqa masalalar haqida ham gapirdi.

2023-yilda 1,2 trln so‘mlik noqonuniy xarajat, 200 mlrd so‘mlik kamomad va o‘g‘riliklarga yo‘l qo‘yildi
16 yanvar 2024, 14:16

2023-yilda 1,2 trln so‘mlik noqonuniy xarajat, 200 mlrd so‘mlik kamomad va o‘g‘riliklarga yo‘l qo‘yildi

Shavkat Mirziyoyev raisligidagi yig‘ilishda 2023-yilda budjetdan 1,2 trln so‘mlik noqonuniy xarajat hamda 200 mlrd so‘mlik kamomad va o‘g‘riliklar bo‘lgani qayd etildi. Qo‘shib yozish, pul o‘zlashtirish, o‘ziga o‘zi bir necha karra ko‘p mukofotlar yozish shular jumlasidan.

“Iqtisod qilish „shishirilgan“ xarajat va ortiqcha hashamatni kesish hisobidan bo‘lishi kerak” — prezident
16 yanvar 2024, 14:00

“Iqtisod qilish „shishirilgan“ xarajat va ortiqcha hashamatni kesish hisobidan bo‘lishi kerak” — prezident

Shavkat Mirziyoyev budjet mablag‘larini iqtisod qilish ish hajmini qisqartirish emas, balki loyihani to‘g‘ri qilish, “shishirilgan” xarajat va ortiqcha hashamatni kesish hisobidan bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.

9 ta tuman-shahar hokimlari inflyatsiya masalasidagi sustkashligi uchun ishdan olinishi mumkin
16 yanvar 2024, 13:47

9 ta tuman-shahar hokimlari inflyatsiya masalasidagi sustkashligi uchun ishdan olinishi mumkin

Joylardagi iqtisod bo‘yicha hokim o‘rinbosarlari, viloyat va tumanlardagi iqtisodiyot bo‘limlari rahbarlari inflyatsiyani jilovlashni o‘ylamayapti, deya ta’kidlandi prezident yig‘ilishida. Shu sababli bosh vazirga 9 ta tuman-shahardagi hokim va sektor rahbarlarining lavozimiga loyiqligini ko‘rib chiqish topshirildi.

Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi Bosh prokuratura Departamentiga o‘tkaziladi
16 yanvar 2024, 13:15

Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi Bosh prokuratura Departamentiga o‘tkaziladi

Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga o‘tkaziladi. Departament va Hisob palatasi birgalikda ishlab, yashirin iqtisodiyotni jilovlash va budjet mablag‘larini to‘g‘ri sarflanishi uchun javobgar bo‘ladi.

Bojxona qo‘mitasi imtiyoz bilan import qilingan tovarlarni korxonabay o‘rganadi
16 yanvar 2024, 12:53

Bojxona qo‘mitasi imtiyoz bilan import qilingan tovarlarni korxonabay o‘rganadi

Prezident Bojxona qo‘mitasiga imtiyoz bilan import qilingan tovarlarni korxonabay o‘rganib chiqish topshirig‘ini berdi. 2023-yilda import qilingan 20 mlrd dollarlik tovarlarga salkam 60 trln so‘mlik imtiyoz berilib, ularning 3,2 trln so‘mi o‘rganilganda 13 foizi maqsadsiz qo‘llangani aniqlandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting