Markaziy Osiyo ta’lim va akademik almashuv dasturini qabul qilish, milliy ID kartalarni o‘zaro tan olish, Xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash konsepsiyasini ishlab chiqish, Strategik sheriklik va hamkorlik to‘g‘risida ko‘p tomonlama bitim imzolash — Shavkat Mirziyoyev Ostonadagi uchrashuvda nimalarni taklif qildi?
Qozog‘iston prezidenti MO davlatlari rahbarlari uchrashuvida infratuzilma va transport loyihalari iqtisodiy o‘sishning yangi nuqtalari bo‘lishini ta’kidladi. U Transkaspiy yo‘lagi va Transafg‘on temiryo‘lining istiqbollari, suv hisobini raqamlashtirish va uning kosmik monitoringini joriy etish haqida gapirdi.
Shavkat Mirziyoyev Yaponiya bosh vaziri Fumio Kishida bilan telefon orqali muloqot qildi. U mamlakatda kutilayotgan sunami yuzasidan xavotir bildirdi va Yaponiya bosh vazirining O‘zbekistonga tashrifini kechiktirish qarorini “to‘liq tushunishini” bildirdi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Faxriy nishoni bilan taqdirlandi. Bu davlat rahbariga mintaqa davlatlari o‘rtasidagi do‘stlik, qo‘shnichilik va o‘zaro anglashuvni rivojlantirishdagi alohida xizmatlari uchun berildi.
“Ukraina va Yaqin Sharqdagi voqealar mintaqaning barqaror rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatyapti”, — dedi Shavkat Mirziyoyev MO davlatlari rahbarlari sammitida. Uning aytishicha, Markaziy Osiyoning “buguni va kelajagi umumiy sa’y-harakatlar va mintaqa manfaatlarini birgalikda ilgari surish”ga tayyorlikka bog‘liq.
“Borderlends” va yana uchta kinopremyera, ochiq osmon ostidagi filmlar namoyishi, kutubxonadagi ma’rifiy dasturlar, yarmarkalar, ko‘rgazmalar, bolalar uchun spektakllar, mahorat darslari va dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.
Gurlan tumanida g‘isht ishlab chiqarish zavodida 4,7 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi. Kompaniya rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va u protsessual tartibda ushlandi.
O‘zbekistonda dam olish kunlari nisbatan salqin ob-havo kuzatiladi: harorat kunduzi +33…+38 daraja atrofida bo‘ladi. Ayrim tog‘li hududlarning ba’zi joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Qarshi shahridagi shifoxonaning lift shaxtasidan 36 yoshli ayolning jasadi topildi. Orastabon bo‘lib ishlovchi ayol, taxminlarga ko‘ra, lift nosozligi sababli shaxtaga tushib ketgan.
Olimpiya o‘yinlarining 14-kunida O‘zbekistonning 13 nafar atleti sportning 5 turi: boks, kurash, badiiy gimnastika, taekvondo va suvga sakrash bo‘yicha chiqish qiladi. Ikki bokschi oltin medal uchun ringga chiqsa, ikki kurashchi bronza medali uchun bahsga kirishadi.
Farg‘ona, Xorazm va Toshkentda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi. Ulardan 15 kilogrammdan ortiq taqiqlangan moddalar musodara qilindi.
Yaponiya bosh vaziri Fumio Kishida 9−12-avgust kunlari Qozog‘iston, O‘zbekiston va Mo‘g‘ulistonga rejalashtirilgan safarini mamlakatda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan kuchli zilzila tufayli bekor qildi. Tashrif arafasida Toshkent ko‘chalarida O‘zbekiston va Yaponiya bayroqlari osib chiqilgandi.
Taekvondo bo‘yicha ikki karra Olimpiada chempioni Ulug‘bek Rashitov o‘zbekistonliklarga ko‘rsatayotgan qo‘llovi uchun minnatdorchilik bildirdi. “Mamlakatimizda tug‘ilganimdan nihoyatda xursandman va nihoyatda faxrlanaman. Butun xalqimizga aytmoqchimanki, qo‘llab-quvvatlovingiz maksimal darajada sezildi”, — dedi u.
O‘zbekistonlik bokschi Hasanboy Do‘smatov Olimpiadaning final jangida fransiyalik raqibini mag‘lub etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. U O‘zbekiston tarixida Olimpiya o‘yinlarida ikkita oltin medalga ega chiqqan birinchi bokschi bo‘ldi.
O‘zbekistonlik bokschi Abdumalik Xalokov Parijdagi Olimpiada o‘yinlari finaliga chiqdi va “oltin” uchun jang qiladigan beshinchi bokschiga aylandi. Finalda unga o‘zbekistonlik boks murabbiyi yordam bergan qirg‘izistonlik sportchi raqib bo‘ladi.
Taekvondochi Ulug‘bek Rashitov Parijdagi Olimpiya o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi. U O‘zbekiston tarixidagi ilk ikki karra Olimpiya chempioni bo‘ldi.
Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida ohak ishlab chiqarish sexi qo‘lbola gaz qurilmalarini tarmoqqa ulab, 2,2 mln kub metr hajmdagi qariyb 3,4 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Tashkilot rahbariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida 221 bosh baliqni elektr qarmoq bilan ovlagan 4 nafar fuqaro ushlandi. Ular tabiatga 1,4 mlrd so‘m zarar yetkazgan.
Ortda qolgan oy tarixdagi ikkinchi eng issiq iyul bo‘ldi va ketma-ket 13 oy davomida qayd etilgan harorat rekordlarini buzdi. Biroq, iqlimshunoslarning ogohlantirishicha, global isish davom etmoqda.
Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida quyosh energiyasi bilan ishlaydigan tomchilatib sug‘orish tizimi ishga tushirildi, loyiha BMTTD va YI hamkorligida amalga oshirildi. Suv quyosh panellari energiyasidan foydalangan holda 180 m chuqurlikdagi quduqdan chiqariladi. Tizim quvvati 3 ga yerni sug‘orishga yetadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting