O‘zbekistonda Haj mavsumi 4-iyundan boshlanadi
28 may 2023, 10:09

O‘zbekistonda Haj mavsumi 4-iyundan boshlanadi

Diniy qo‘mita O‘zbekistonda Haj mavsumi 4-iyundan boshlanishini ma’lum qildi. 19-iyunga qadar respublikaning 10 ta hududiy aepoportidan Saudiya Arabistoniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareyslar amalga oshiriladi.

Qamchiq dovonida 5 ta mashina to‘qnashib, 1 kishi halok bo‘ldi
27 may 2023, 18:10

Qamchiq dovonida 5 ta mashina to‘qnashib, 1 kishi halok bo‘ldi

Qamchiq dovonida tormozi ishlamay qolgan Isuzu yuk avtomobili 4 ta mashinaga urildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 1 kishi vafot etdi, 3 kishi shifoxonaga olib ketildi.

Telejurnalist Nozima Mahmudova 31 yoshida vafot etdi
27 may 2023, 15:27

Telejurnalist Nozima Mahmudova 31 yoshida vafot etdi

“Yoshlar” telekanali boshlovchisi Nozima Mahmudova 31 yoshida vafot etdi. Bunga jurnalistda o‘tkazilgan yurak operatsiyasi sabab bo‘lgani aytildi.

Rossiya benzin eksportini qisqartirmoqchi. Bu O‘zbekistonga ta’sir qilishi mumkin
27 may 2023, 14:38

Rossiya benzin eksportini qisqartirmoqchi. Bu O‘zbekistonga ta’sir qilishi mumkin

Rossiya hukumati birja savdolarida narxlar oshishi sababli benzin eksportini qisqartirishni ko‘rib chiqmoqda. Ta’minotning cheklanishi Rossiyadan to‘rt oy ichida 327,8 mln litr benzinni har litri uchun 4579 so‘mdan import qilgan O‘zbekistonga ta’sir qilishi mumkin.

Samarqanddagi Zarafshon daryosiga cho‘kib ketgan 3 bolaning barchasi halok bo‘ldi
27 may 2023, 11:53

Samarqanddagi Zarafshon daryosiga cho‘kib ketgan 3 bolaning barchasi halok bo‘ldi

Samarqand viloyatidagi Zarafshon daryosiga 3 nafar voyaga yetmagan bola cho‘milishga borib, cho‘kib ketgan va ulardan birining jasadi topilgandi. Bosh prokuratura qolgan 2 bolaning ham murdasi topilganini ma’lum qildi.

Shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov Chempionlar turining uchinchi bosqichi g‘olibi bo‘ldi
27 may 2023, 11:45

Shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov Chempionlar turining uchinchi bosqichi g‘olibi bo‘ldi

18 yoshli grossmeyster Nodirbek Abdusattorov dunyoning yettinchi raqamli shaxmatchisi Fabiano Karuanani mag‘lubiyatga uchratib, Chempionlar turining uchinchi bosqichi — ChessKid kubogi g‘olibiga aylandi. Buning uchun unga 30 ming dollar pul mukofoti beriladi.

Buxorodagi 5 ta arxeologik yodgorlikka 291 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlandi
27 may 2023, 10:38

Buxorodagi 5 ta arxeologik yodgorlikka 291 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlandi

Romitan tumanidagi 5 ta arxeologiya yodgorligiga jami 291,4 mlrd so‘mlik jiddiy shikast yetkazilgan. Ularda noqonuniy qazish va buzish ishlari olib borilgan. Yodgorliklar orasida eng katta zarar o‘rta asrlarga oid Tepa-9 obyektiga yetgan.

Nima tayyorlaymiz: Salatlar
27 may 2023, 10:37

Nima tayyorlaymiz: Salatlar

Pechda pishirilgan gulkaramli salat, “Yashil ma’buda”, “Atsesili”, koreyscha bodring va boshqalar — Zira.uz oson tayyorlanadigan salatlar ro‘yxatini taqdim etadi.

Prezident Toshkentda avtobusga chiqdi, sanoat zonasi, istirohat bog‘i va mahallada bo‘ldi
27 may 2023, 10:11

Prezident Toshkentda avtobusga chiqdi, sanoat zonasi, istirohat bog‘i va mahallada bo‘ldi

Shavkat Mirziyoyev Chilonzor sanoat zonasiga tashrif buyurar ekan, hududni “industriya xabi”ga aylantirish vazifasini qo‘ydi. Yangi avtobuslardan biriga chiqdi, shuningdek, “3-Katta Chilonzor” mahallasida bo‘lib, rekonstruksiya qilingan G‘afur G‘ulom nomidagi istirohat bog‘ida sayr qildi.

Futbol bo‘yicha U-20 JCH. O‘zbekiston Gvatemalani yutib, 1/8 finalga yo‘l oldi
27 may 2023, 08:13

Futbol bo‘yicha U-20 JCH. O‘zbekiston Gvatemalani yutib, 1/8 finalga yo‘l oldi

Futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi JCHning 3-o‘yinida birinchi bo‘limda 2 ta gol urgan O‘zbekiston jamoasi guruhda 4 ochko to‘plab, pley-offga yo‘l oldi. Mezbon Argentina Yangi Zelandiyani ham yutib, peshqadam bo‘ldi. 1/8 finalda O‘zbekiston 30-may kuni Yaponiya yoki Isroil bilan bellashishi kutilmoqda.

Singapur prezidenti Uzbekistan Airways reysi bilan Toshkentdan uchib ketdi
27 may 2023, 07:33

Singapur prezidenti Uzbekistan Airways reysi bilan Toshkentdan uchib ketdi

O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan kelgan Singapur prezidenti Halima Yaqub Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasi muntazam reysi bilan ortga qaytdi. U tashrifni samarali deb atadi.

26-may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
26 may 2023, 22:00

26-may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Fuqaroni hokim qilib qo‘yish uchun $80 ming so‘ragan soxta Prezident administratsiyasi xodimi, Yangihayotda 12 yoshli qizni o‘ldirgan shaxs umrbod qamoq jazosiga hukm qilingani, Nukus ishi bo‘yicha sud tafsilotlari, massshtabi kengaygan Xalq nazorati platformasi va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

Quyosh energiyasi investitsiyalari ilk bor neft qazib olish investitsiyalarini ortda qoldiradi
26 may 2023, 21:54

Quyosh energiyasi investitsiyalari ilk bor neft qazib olish investitsiyalarini ortda qoldiradi

Ekologik toza texnologiyalarga kiritiladigan investitsiyalar 2023-yilda 1,7 trln dollargacha oshadi va birinchi marta an’anaviy energiyaga yo‘naltiriladigan investitsiyalarni ortda qoldiradi. Jumladan, quyosh generatsiyasiga 380 mlrd dollar yo‘naltirilishi kutilmoqda.

Germaniya sudi Alisher Usmonov obyektlaridagi tintuvlarni noqonuniy deb topdi
26 may 2023, 21:23

Germaniya sudi Alisher Usmonov obyektlaridagi tintuvlarni noqonuniy deb topdi

Frankfurt-Mayn (Germaniya) sudi Alisher Usmonovga tegishli obyektlarda o‘tkazilgan tintuvlarni noqonuniy deb topdi.

Rossiya qamoqxonasidan urushga jo‘natilgan 23 yoshli o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
26 may 2023, 20:11

Rossiya qamoqxonasidan urushga jo‘natilgan 23 yoshli o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Rossiya qamoqxonasidan Ukrainadagi urushga “safarbar qilingan” 23 yoshli o‘zbekistonlik halok bo‘ldi. Onasining aytishicha, u qo‘liga hech qachon qurol olmagan. “„Men xizmat qilmayman, odam o‘ldirmayman, onajonim, men bormayman, desam ham majburlashdi“, — dedi”, — deya o‘g‘li bilan so‘nggi suhbatni yodga oldi u.

Zomin qo‘riqxonasida bo‘ri, Zarafshon qo‘riqxonasida esa bug‘u bolalari dunyoga keldi
26 may 2023, 18:45

Zomin qo‘riqxonasida bo‘ri, Zarafshon qo‘riqxonasida esa bug‘u bolalari dunyoga keldi

Zomin qo‘riqxonasi xodimlari yovvoyi hayvonlarni bahorgi sanoqdan o‘tkazish jarayonida yangi tug‘ilgan uchta bo‘ri bolasini topishdi. Avvalroq Tabiat resurslari vazirligi Zarafshon qo‘riqxonasida ikkita bug‘u bolasi dunyoga kelganini xabar qilgan edi.

Ukrainaning Dnepr shahrida kasalxona binosiga raketa kelib tushdi
26 may 2023, 18:19

Ukrainaning Dnepr shahrida kasalxona binosiga raketa kelib tushdi

Ukrainaning Dnepr shahridagi tibbiyot muassasasiga Rossiya raketasi kelib tushishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, 21 kishi yaralandi.

Yangihayotda 12 yoshli qizni o‘ldirgan shaxs umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi
26 may 2023, 18:02

Yangihayotda 12 yoshli qizni o‘ldirgan shaxs umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

Toshkentda yanvar oyida 12 yoshli qizni zo‘rlab, o‘ldirgan shaxs maxsus tartibdagi koloniyada umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Shuningdek, unga alkogolizm hamda murakkab politoksikomaniyaga qarshi majburiy davolanish tayinlandi.

Bloger Doniyor Qayumov Instagram`dagi videosi uchun 6 mln so‘m jarimaga tortildi
26 may 2023, 17:12

Bloger Doniyor Qayumov Instagram`dagi videosi uchun 6 mln so‘m jarimaga tortildi

Bloger Doniyor Qayumov Instagram sahifasiga ayollarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi videotasvirni joylashtirgan deb topilib, sud unga 6 mln so‘m jarima belgiladi.

Buxoroda gaz-kimyo majmuasi uchun “metanol oroli” quriladi
26 may 2023, 16:38

Buxoroda gaz-kimyo majmuasi uchun “metanol oroli” quriladi

Buxoro viloyatidagi “Qorako‘l” erkin iqtisodiy zonasida olefin ishlab chiqarish gaz-kimyo majmuasi tarkibida metanol ishlab chiqaruvchi zavod bunyod etiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting