Toshkent metrosining “Chilonzor” bekatida ayol kishining tobi qochib, yiqilib tushdi. Toshkent metropoliteni yo‘lovchi huquq-tartibot xodimlari tomonidan platformaga olib chiqilgani va jarohat olmaganini bildirdi.
Transport vaziri Ilhom Mahkamov Afg‘oniston transport va fuqaro aviatsiyasi vaziri vazifasini bajaruvchi Hamidulla Oxunzoda bilan Toshkentda Transafg‘on temiryo‘li qurilishi loyihasini jadallashtirishni muhokama qildi.
Toshkent metropoliteni 31-dekabr soat 05:00 dan 1-yanvar soat 01:00 gacha yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi. 30-dekabr, 2024-yil 1−2-yanvar kunlari esa yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida harakatlanadi.
“Gazprom” kompaniyasi kuchli sovuq fonida Toshkent so‘roviga ko‘ra O‘zbekistonga Rossiya gazini yetkazib berish hajmini ikki baravar oshirdi, dedi xolding rahbari Aleksey Miller. Uning so‘zlariga ko‘ra, “Markaziy Osiyo — Markaz” gaz quvuri orqali “texnik imkoniyat jihatidan maksimal hajm” yetkazib berilmoqda.
Respublika tez tibbiy yordam markazining Buxoro, Namangan, Samarqand, Farg‘ona, Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahri filiallari uchun 100 dona Volkswagen Caddy avtomashinasi topshirildi.
Toshkent shahri, Toshkent, Sirdaryo, Farg‘ona viloyatlarida pora olishga gumonlangan shaxslar qo‘lga olindi. Gumonlanuvchilar ishga joylab qo‘yish, mahkumni boshqa jazoni ijro etish muassasasiga ko‘chirib berish va jinoyat ishi qo‘zg‘atmaslik uchun pora olayotganda ushlangan.
UzAuto Motors 2024-yilda ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan Cobalt, Damas va Labo avtomobillari uchun shartnomalarni tuzib bo‘ldi. 25−27-dekabr kunlari ommabop avtomobillar kontraktatsiyasi davrida jami 171,2 mingdan ortiq shartnoma berildi.
Yashnobod tumanida erkak maishiy chiqindilarni qabul qilish punktida yashovchi ayolni ustiga benzin sepib, yoqib yubordi. Ayol tananing 18 foiz kuyishi, bosh o‘ng tepa qismining lat yeyishi kabi tan jarohatlar oldi.
Sankt-Peterburgda MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy sammiti bo‘ldi. Yetakchilar yil yakuni va kelgusi yil rejalarini muhokama qildi. Mirziyoyev o‘zaro hamkorlikni “tubdan” kengaytirishga chaqirdi. Putinning aytishicha, Rossiya butun MDH hududida “do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik”ni rivojlantirishga intilmoqda.
Yil boshidan buyon 1 trln 500 mln so‘mlik gaz va elektr energiyasi talon-toroj qilingani ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, Toshkentdagi “zapravka”larda 2,8 mln litr neft mahsulotlarining sifatsizligi aniqlanib, sotuvga chiqarilishi oldi olingan.
Yakkasaroy tumanidagi xususiy maktabgacha ta’lim muassasasida enaga yordamchisi tarbiyalanuvchiga nisbatan qo‘pol harakat qilib, unga shikast yetkazgani aniqlandi. Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, enaga yordamchisi ayblanuvchi tariqasida jalb qilindi.
Sankt-Peterburgda yig‘ilgan MDH mamlakatlari rahbarlari, 2024-yil uchun tasdiqlangan davlat budjeti, Samarqanddagi JCHga kelgan shaxmatchi Magnus Karlsen, hujjatlarni arxivga onlayn jo‘natish imkoniyati, mashina sotib olishdagi yangicha tartib va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kunlik dayjestida.
Markaziy bank tijorat banklaridan “mijozning roziligisiz va ogohlantirmagan holda” kredit hamda boshqa qarzlarni to‘lash uchun uning kartasidan pul yechib olish amaliyotiga chek qo‘yishni talab qildi. Regulyator boshqaruv raisi o‘rinbosari tomonidan banklar va to‘lov tizimlariga talablar aks etgan xat yuborildi.
Hindistonda politsiya formasini kiygan bir guruh shaxslar O‘zbekiston fuqarosining buyrak transplantatsiyasi uchun zarur bo‘lgan 16 ming dollarini o‘g‘irlab ketdi. O‘zbekiston elchixonasi Hindiston davlat idoralari bilan muzokaralar olib borayotgani haqida xabar berib, vatandoshlarni hushyorlikka chaqirdi.
“O‘zarxiv” agentligi tomonidan “Idoraviy elektron arxiv” onlayn tizimi taqdim etildi. U idoralararo hujjat aylanish tizimi (edo.ijro.uz) bilan integratsiyalashgan va hujjatlarni onlayn saqlash uchun arxivga o‘tkazish imkonini beradi.
Rossiyaning “Yandeks” kompaniyasi yandex.kz domeni serverlarini Qozog‘istonga o‘tkazish jarayonini yakunladi. Avvalroq mamlakat rasmiylari domenni respublikadan tashqarida joylashgani sababli vaqtincha o‘chirib qo‘ygandi.
Amaliy tashrif bilan Rossiyaga borgan O‘zbekiston prezidenti MDH davlatlari rahbarlari hamrohligida Sankt-Peterburg shahrining saroy-bog‘ majmualari bilan tanishdi. Foto.
UzAuto Motors va boshqa kompaniyalarga avtomobillarni eksport qilishda “yo‘l xarajatlari”ni qisman qoplash uchun davlat budjetidan 200 mlrd so‘m ajratiladi. Mablag‘ni 2022-yilda utilizatsiya yig‘imini qoplash uchun ajratish rejalashtirilgan, ammo o‘shanda mablag‘ yetishmagan.
2024-yilgi konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligi chegarasi 3 foiz o‘rniga 4 foiz etib tasdiqlandi (52,5 trln so‘m). Davlat qarzi bo‘yicha chegara ham 5 mlrd dollargacha oshdi, unga xizmat ko‘rsatish yanada qimmatlashadi. YAIM o‘sishi 5,6−5,8 foiz, inflyatsiya 8−10 foiz darajasida prognoz qilinmoqda.
O‘zbekiston hukumati yangi avtomobillarni chakana sotish tartibiga o‘zgartirishlar kiritdi. Endilikda UzAuto Motors mijoz bilan 12 oy ichida ikkitadan ortiq oldi-sotdi shartnomasi tuzgan bo‘lsa, u bilan avtomobil yetkazib berish bo‘yicha yangi shartnoma tuzishdan bosh tortishi mumkin bo‘ladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting