Rossiya armiyasining Ukraina shaharlariga so‘nggi paytlarda bergan eng yirik zarbasi oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘ldi, 80 dan ortiq kishi jarohatlandi. Kiyev, Lvov, Xarkov, Odessa va Dneprda portlashlar bo‘ldi. “Rossiya o‘z arsenalidagi deyarli hamma narsa bilan zarba berdi”, — dedi Ukraina prezidenti.
O‘zbekistonda avtomobillar va elektromobillarni olib kirish qoidalarini qat’iylashtirish rejalashtirilmoqda. 2024-yildan boshlab jismoniy shaxslarga tijorat maqsadlarida avtomobil importi taqiqlanishi mumkin. Yangi xorijiy avtomobillarni faqat rasmiy dilerlar orqali sotish tartibiga qaytish taklif qilinmoqda.
Beshta kinopremyera, Yangi yil festivali va yarmarkalari, bayram konsertlari va spektakllar, ko‘rgazmalar, ijodiy mahorat darslari va bolalar uchun mo‘ljallangan bir qancha yorqin tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.
Xitoyning CRRC kompaniyasidan Samarqand shahri jamoat transporti uchun 10 ta avtobus keltirildi. Yana 20 ta shunday avtobus olib kelinishi reja qilinmoqda.
Toshkent — Buxoro yo‘nalishidagi “Afrosiyob” elektropoyezdi yo‘l sozlovchini bosib ketdi. Voqea joyida halok bo‘lgan xodim sherigining ishoralari va poyezd signalini eshitmay qolgan.
O‘zgidromet rahbari Sherzod Habibullayev “Daryo”ga bergan intervyusida Toshkent shahri havosining ifloslanish sabablari haqida gapirdi. Unga ko‘ra, sovuq havoda isitish tizimlari gazdan tashqari mazut va ko‘mir bilan ishlagan, gaz shoxobchalarining yopilishi esa Ai-80 benzini iste’molining oshishiga olib kelgan.
Yanvar oyida havo harorati me’yorga yaqin, ba’zi joylarda me’yordan 1−1,5 daraja yuqori bo‘lishi kutilmoqda, deb xabar qildi O‘zgidromet. Yil quruq va iliq havo bilan boshlanadi. Harorat kechalari qisqa davrga −10…−13 daraja sovuqqacha pasayishi mumkin. Yog‘ingarchilik ba’zi joylarda me’yordan kam bo‘ladi.
Juma kunidan O‘zbekistonga sovuq hamda nam havo kirib keladi va harorat 0 darajagacha tushadi. Dam olish kunlari yog‘ingarchiliksiz o‘tadi va O‘zbekiston aholisi bu yil ham Yangi yil bayramini qorsiz kutib oladi. 1-yanvarga kelib harorat +13 darajaga yetadi.
Prezident qarori bilan o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning reyestri yuritiladi. Reyestrdagi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga va ularga hamroh shaxsga 1 yilda 1 marta temir yo‘l yoki shaharlararo avtobus uchun bepul chiptalar ajratiladi.
“O‘zenergoinspeksiya”ning Buxoro viloyati xodimi 50 ming dollar pora olishda gumonlanib qo‘lga olindi. U bir yonilg‘i quyish shoxobchasini qayta ochishga, boshqasiga esa litsenziya olishga yordam berishga va 2024-yilda tekshiruvlar haqida xabardor qilishga va’da bergan.
Rossiyalik Anastasiya Bodnaruk Samarqandda o‘tkazilgan shaxmatning rapid turi bo‘yicha jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston vakilalari orasida eng yaxshi natijani 14 yoshli Afruza Hamdamova ko‘rsatdi. U 117 nafar shaxmatchi ichida 34-o‘rinni egalladi.
2023-yil Asl Belgisi raqamli markirovka tizimi uchun samarali bo‘ldi. Asosiy harakatlar tizimni rivojlantirish va mobil ilovani takomillashtirishga qaratildi.
Qamashi tumanida Telegram messendjerida 11 ta kanal ochib, ekstremistik mazmundagi g‘oyalarni targ‘ib qilish bilan shug‘ullangan 21 yoshli fuqaro 7 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
O‘zbekistonda yuridik shaxs tashkil etmagan oilaviy tadbirkorlik subyektlari besh nafargacha doimiy ishchi yollashi mumkin bo‘ldi. Ilgari bu raqam uchtani tashkil etardi.
O‘zbekistonda 2024-yildan yuk ko‘tarish quvvati 10 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk mashinalari va tirkamalariga yo‘ldan foydalanganlik uchun yig‘im joriy etiladi. Mablag‘lar avtomobil yo‘llarini rivojlantirish maqsadli jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.
O‘zbekistonda ilk bor parkinson kasalligiga chalingan keksa bemor jarrohlik yo‘li bilan davolandi. Operatsiya Samarqand davlat tibbiyot universitetining neyroxirurgiya kafedrasida turkiyalik neyroxirurgning mahorat darsi doirasida amalga oshirildi.
28-dekabr kuni Uzbekistan Airways yil boshidan beri 5 millioninchi yo‘lovchisini ro‘yxatga oldi. Bu tashuvchi uchun yillik rekord ko‘rsatkichdir. 2022-yilda bu raqamlar 4,2 mln ni tashkil etgan.
Farg‘ona viloyat sudi Olimjon Haydarovga nisbatan chiqarilgan hukm ustidan berilgan apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirmadi. 1-dekabrda blogerni 8 yilga ozodlikdan mahrum qilish to‘g‘risidagi hukm o‘zgarishsiz qoldi.
Prezident farmoni bilan bir qator oziq-ovqat mahsulotlariga import bojxona bojining nol stavkasini qo‘llash muddati 2025-yil 1-yanvarga qadar uzaytirildi. Qarordan ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlash va inflyatsiyani jilovlash maqsad qilingan.
Toshkentda boshqaruv paytida sigaret chekkan 87-sonli avtobus haydovchisi ishdan olindi. “Toshshahartransxizmat”ning qayd etishicha, u korxonaning ichki mehnat tartibiga amal qilmagan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting