Malayziya poytaxtida Osiyo Chempionlar ligasining nimchorak final bosqichi uchun qur’a tashlash marosimi bo‘ldi. “Nasaf” mazkur bosqichda BAAning “Al Ayn” jamoasi bilan o‘ynasa, “Navbahor” Karim Benzema yetakchiligidagi “Al Ittihod”ga qarshi maydonga chiqadi.
O‘zbekistonda 1-apreldan tegishli manzillarda “Ko‘cha san’ati va musiqasi” loyihasi amalga oshiriladi. Unda har chorak yakunida har bir hududdan 10 nafar faol ijodkor BHMning kamida 20 baravari miqdoridagi pul mablag‘lari bilan rag‘batlantirib boriladi.
11 oy yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 355,2 ming dona yoki 2022-yilning shu davriga nisbatan 25,9 foizga ko‘p avtomobil ishlab chiqarildi. Eng ko‘p Cobalt avtomobili ishlab chiqarilgan (104,6 mingta). Shuningdek, Chery ishlab chiqarish keskin o‘sdi va avtobuslar ishlab chiqarish importning ko‘payishi fonida kamaydi.
Shuhrat Do‘sbekov Toshkent viloyatining Bekobod tumaniga hokim etib tayinlandi. U bu lavozimda 4 oy ishlagan va mablag‘larni o‘zlashtirganlikda gumonlanib ushlangan Shuhrat Mirzayevning o‘rnini egalladi.
Jahon banki o‘zining yangi hisobotida Markaziy Osiyo iqtisodiyotlarining o‘sishi Rossiya iqtisodiyoti tiklanishiga bog‘liq ekani, uzoq muddatli istiqbolda esa eng muhim omillardan biri iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘lishini qayd etdi.
Deputat Doniyor G‘aniyev Qonunchilik palatasi Senat kabi qonunlarni ma’qullab beruvchi organga aylanayotgani haqida fikr bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qonun loyihasi hukumat tomonidan ilgari surilgan bo‘lsa, uni o‘zgartirish kerak emas, degan noto‘g‘ri qarash mavjud.
Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 248-maktabda 31 yoshli erkak daraxtga o‘zini osib, joniga qasd qildi. Bosh prokuraturaga ko‘ra, marhum ruhiy asab kasalliklari dispanserida ro‘yxatda turgan, muqaddam bir necha marotaba o‘z joniga suiqasd qilishga uringan.
Kelgusi 6 yilda O‘zbekistonda elektrga bo‘lgan talab 83 mlrd dan 120 mlrd kilovatt-soatgacha o‘sishi kutilmoqda. “Buni, birinchi galda, qayta tiklanadigan energiya hisobidan qoplaymiz”, — dedi prezident. U, shuningdek, Osiyo va Yevropa bozorlariga “yashil” energiya yetkazib berish rejalarini ham ma’lum qildi.
Magistral gaz quvurida avariya yuzaga kelgani sababli Surxondaryoning 6 ta tumani va Termiz shahrida gaz ta’minoti to‘xtatildi. “Hududgaz Surxondaryo” muammoni bartaraf etish choralari ko‘rilayotganini bildirdi.
Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida 2 balli kuchsiz zilzila sodir bo‘ldi.
Jizzax, Samarqand, Surxondaryo, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida quyosh elektr stansiyalari, Navoiy viloyatining Tomdi tumanida shamol elektr stansiyasining birinchi bosqichi ishga tushirildi. Ularning umumiy quvvati 2400 MVtni tashkil qiladi.
Rapid bo‘yicha JCHning birinchi kun natijalari, avtomobillar uchun tuzib bo‘lingan shartnomalar, tez tibbiy yordam uchun yana 100 ta Caddy, O‘zbekistonga 2 baravar ko‘proq yetkaziladigan Rossiya gazi, bayramda qo‘shimcha bir soat ishlaydigan Toshkent metrosi va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kunlik dayjestida.
Rossiyalik shaxmatchi Yan Nepomnyashiy Magnus Karlsenga berilgan “imtiyoz” tufayli Xalqaro shaxmat federatsiyasi va O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan rapid hamda blits bo‘yicha jahon chempionati tashkilotchilariga shikoyat qildi. FIDE “ishtirokchilarning hech biriga alohida sharoitlar yaratilmaganini” bildirdi.
Samarqandda shaxmatning rapid yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempionatining birinchi kuni yakunlandi. Magnus Karlsen va yana 4 nafar shaxmatchi peshqadam bo‘lib turibdi. O‘zbekiston vakillaridan Nodirbek Yoqubboyev 31, Umida Omonova 5-o‘rinda. Jahongir Vohidov esa 8 yoshli Roman Shogjiyevga yutqazdi.
Surxondaryo viloyati hokimining sobiq birinchi o‘rinbosari, Denov va Qiziriq tumanlarining sobiq hokimi Rustam Pardayev 8,5 yilga ozodlikdan mahrum etildi. U yuqori instansiya sudiga apellyatsiya bermoqchi.
Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani sobiq hokimi Baxtiyor Xudoyberganov sentabr oyida 4 yilga ozodlikdan mahrum qilingandi. Sudning apellyatsiya instansiyasi noyabr oyida hukmni o‘z kuchida qoldirgan. Oliy sud esa bu haqda endigina xabar berdi.
E️ndilikda yerga oid ishlarni ma’muriy sudlar tomonidan ko‘rishda prokurorning ishtirok etishi shart bo‘ladi. Ishning taftish instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etgan sudya shu ishning boshqa instansiyalarida qatnasholmaydi.
Turkiya parlamentining tegishli qo‘mitasi Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish arizasini ma’qulladi. Endi hujjat parlament a’zolarining umumiy ovoziga qo‘yiladi. Prezident Rajab Toyyib Erdog‘an avvalroq hujjatning yakuniy ratifikatsiyasini Amerikaning F-16 qiruvchi samolyotlarini Anqaraga sotish bilan bog‘lagan edi.
Davaktiv rieltorlik xizmati to‘g‘risidagi qonun loyihasi bo‘yicha fikrlarga munosabat bildirib, uning 3-moddasida tartib ko‘chmas mulk mulkdorlarining o‘zlari mustaqil tuzadigan bitimlariga nisbatan tatbiq etilmasligi belgilab qo‘yilganini ta’kidladi. Qonun loyihasining 27-moddasi qayta ishlanadi.
Fuqarolik protsessual kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra ishlarni viloyat sudlarida va ularga tenglashtirilgan sudlarda taftish tartibida (kassatsiya) ko‘rish bosqichi joriy etildi. Shuningdek, har bir sud instansiyasining zimmasiga ish bo‘yicha yakuniy qaror chiqarish majburiyati yuklatildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting