Baraka Market do‘konlar tarmog‘i xaridlardan qanday qilib 16 foizgacha keshbek olish mumkinligini ma’lum qildi.
AQShga Meksika orqali noqonuniy kirmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari endilikda mamlakatga qo‘yib yuborilmaydi va immigratsiya ishi hal bo‘lgunicha hibsda saqlanadi. Noqonuniy migratsiyaga yordam bergan oila a’zolari ham viza olishdan mahrum etilishi mumkin.
Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi mahallaga tashrifi chog‘ida energiyani tejash, har bir insonda tejamkorlik madaniyatiga daxldorlik tuyg‘usini shakllantirish zarurligini ta’kidladi. “Dunyodagi iqlim o‘zgarishlari bizdan uzoqda, deb bo‘lmaydi. O‘tgan yilgi sovuq buni ko‘rsatdi”, — dedi u.
Zafarbek Ahmedov O‘zbekistonning O‘sh shahridagi bosh konsuli etib tayinlandi. Shu paytga qadar u konsullik-huquqiy departamenti bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
Yangi O‘zbekiston ko‘chasi va 4R12 yo‘li kesishmasining yangi loyihasi unda chorraha va svetoforlarning umuman yo‘qligi bilan ajralib turadi, deydi pudratchi tashkilot direktori Rahimjon Muhamedov. Unga ko‘ra, ishlar davomida transport harakati to‘xtatilmaydi.
O‘zbekistonda hafta boshida havo iliq bo‘lib, harorat +24…+27 darajagacha ko‘tariladi. Chorshanba kuni nam havo massasi tarqaladi va respublikaning katta qismida yomg‘ir yog‘adi. 23−24-noyabr kunlari harorat kechasi +3…+6 iliqqacha, shimolda −1…−3 daraja sovuqqacha pasayadi.
Yunusobod tumanida 32 yoshli erkak ko‘p qavatli uyning 15-qavatidan sakrab, joniga qasd qildi. Voqeadan ikki kun oldin u xotiniga “osmonda uchgisi kelayotgani”ni aytgan. Bosh prokuratura erkak 2020-yildan buyon ruhiy asab kasalliklari shifoxonasida ro‘yxatda turishini bildirdi.
O‘zbekistonning Italiyadagi elchisi etib tayinlangan Abat Fayzullayev mamlakat prezidenti Serjo Mattarellaga ishonch yorliqlarini topshirdi.
2022-yilda O‘zbekistonga sitrus mevalar, keshyu yong‘og‘i va xurmo importi 2018-yilga qaraganda sezilarli darajada oshdi. MHTI mutaxassislari bunga qulay makroiqtisodiy sharoit, import bojxona to‘lovlarini nolga tushirish, oziq-ovqat chakana savdosi rivojlanishi va aholi soni o‘sishi sabab bo‘lganini ta’kidladi.
Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligidagi Vazirlar Mahkamasi xodimlari “Yashil makon” loyihasi doirasida Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida ko‘chat ekdi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, suxandon O‘tkir Siddiqov 78 yoshida vafot etdi. U boshlovchi sifatida 8 mingga yaqin konsert va tadbirda ishtirok etgan.
Poytaxtda chaqiriqqa borgan tez yordam feldsheri bemorga uyatsiz harakatlar qilgani aytilmoqda. Tez tibbiy yordam markazi rahbariyati “Gazeta.uz”ga xodim faoliyati bo‘yicha tekshiruv tayinlangani va ishchi guruh ekpertiza o‘tkazayotganini ma’lum qildi. SSV vakili “Bu ochiq qoladigan masala emas”, deya ta’kidladi.
Poytaxtdagi 217-maktabda ikki sinfdosh janjal oqibatida mushtlashdi. Direktor bolalarning biriga tanbeh berarkan, uni tepib, haqorat qildi va yuziga tarsaki tushirdi. Holatni huquq-tartibot idoralari o‘rganyapti. Maktab boshqarmasi voqeani qoralab, bu “pedagog obro‘siga putur yetkazishini” ta’kidladi.
“Adolat” partiyasi Chilonzor tumanidagi uy va do‘konlarda “renovatsiya” o‘tkazish haqidagi qaror loyihasiga munosabat bildirdi. Partiya “renovatsiya”ning mustahkam qonunchilik asoslari bo‘lmaguncha uning asosida Toshkent shahrida yangi qurilishlarni amalga oshirishga qarshi chiqdi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, kinorejissyor Xayrulla Jo‘rayev 78 yoshida vafot etdi. U 1992−1996-yillarda Davlat kinokompaniyasining raisi, prezidentning davlat maslahatchisi va madaniyat ishlari vaziri lavozimlarida faoliyat yuritgan.
O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchisi Jahongir G‘aniyev diplomatik missiyasi yakunlanishi munosabati bilan mamlakat tashqi ishlar vazirligi vakili Anxeles Morena Bau bilan uchrashdi. U o‘zbekistonlik diplomatga ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildirdi.
Shuxrat Sadikov Advokatlar palatasi raisi etib saylandi. U shu paytga qadar palata raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.
Samarqandda Instagram orqali moliyaviy piramida tashkil etganlikda gumonlangan shaxslar qo‘lga olindi. Ular 20 foiz to‘lov qilib, 5 xil turdagi kreditlarni uzoq muddatga olish mumkinligi haqida e’lonlar berib kelgani aytilmoqda. 45 nafar fuqarodan dastlabki to‘lov sifatida 479 mln so‘m olgani aniqlandi.
Prezident Toshkent shahridagi Yangi O‘zbekiston ko‘chasi va 4R12 avtomobil yo‘li chorrahasida bunyod etiladigan yo‘l o‘tkazgich loyihasi bilan tanishdi. Loyihaga ko‘ra, 1 ta ko‘prik, 3 ta tunnel, 4 tadan aylanma va qo‘shimcha yo‘llar quriladi.
Shavkat Mirziyoyev Termiz shahrida o‘tgan yig‘ilishda Surxondaryoda amalga oshirilayotgan yirik sanoat loyihalari haqida gapirdi. Boysundagi gaz-kimyo majmuasining ishga tushirilishi va geologiya-qidiruv ishlarining kengayishi O‘zbekistonning 2−3 yil ichida neft mustaqilligiga erishishiga olib kelishi kutilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting