Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 saralash turniri doirasidagi ilk uchrashuvida Turkmanistonni mag‘lub etdi. Gollarga Otabek Shukurov va Eldor Shomurodov mualliflik qilishdi (foto, video).
O‘zbekiston Raqobat qo‘mitasi ishchi guruhi riteylerlarning oziq-ovqat yetkazib beruvchilari huquqlarini buzayotgani to‘g‘risidagi arizalarni qabul qilishni boshladi. Tadbirkorlar kamida 2019-yildan buyon savdo tarmoqlari tomonidan “kamsituvchi shartlar” qo‘yilayotgani haqida shikoyat qilmoqda.
AQSh va Markaziy Osiyo davlatlari mintaqaning Amerika kompaniyalari bilan iqtisodiy hamkorligini mustahkamlash maqsadida Business 5+1 davlat-xususiy muloqot biznes-platformasini ishga tushirmoqda.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Ispaniya bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Jamoa jahon chempionati guruh bosqichini uchinchi o‘rinda yakunladi va 1/8 finaliga yo‘l oldi. Foto va video.
Tarmoqlarda Toshkent xalqaro aeroportida unutib qoldirgan yuklar 26 ming so‘mdan sotilayotgani haqida xabar tarqaldi. Uzbekistan Airports yolg‘on ma’lumotlarga ishonmaslikka va firibgarlarga pul o‘tkazmaslikka chaqirdi. Kompaniya yuklari sotilmasligi va uchinchi shaxslarga berilmasligi bildirdi.
Surxondaryoga tashrif buyurgan Shavkat Mirziyoyev “Mustaqillikning 25 yilligi” gaz-kimyo majmuasi qurilishi bilan tanishdi. “To‘palang” gidroelektr stansiyasida bo‘ldi. Shuningdek, davlat rahbari To‘palang daryosida “Zarchob-3” kichik gidroelektr stansiyasi qurilishiga start berdi.
“Tanuki”, “Takaxuli” va “Xoroshaya devochka” restoranlari asoschisi, O‘zbekistonda ham bir qancha restoranlarga egalik qiluvchi Aleksandr Orlov Rossiya Ichki ishlar vazirligi tomonidan federal qidiruvga berildi.
15-noyabr kuni O‘zbekiston prezidentining Jahon savdo tashkiloti masalalari bo‘yicha maxsus vakili Aziz O‘runov va Saudiya Arabistonining JSTdagi elchisi Saqer Almoqbel tovar va xizmatlar bozoriga chiqish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunlash to‘g‘risida bayonnoma imzoladi.
Rossiya davlat dumasi raisi o‘rinbosari Pyotr Tolstoy rus tili davlat tili bo‘lmagan mamlakat fuqarolarini ishga joylashtirishni cheklashni, shuningdek, O‘zbekistonda migrantlar puliga rus tili maktablari qurishni taklif qildi. O‘zbekistonlik siyosatchilar deputatga “O‘zbekiston uning tomorqasi emas”ligini eslatdi.
O‘zbekistonda 9 oy davomida onalar o‘limi ko‘rsatgichi 100 ming tirik tug‘ilishga nisbatan 14,1 promillini tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2022-yilning shu davriga nisbatan 13,1 promilliga teng bo‘lgan. Xususan, Sirdaryo viloyatida ko‘rsatkich 11,6 promillidan 45,6 promilliga oshgan.
Oqqo‘rg‘on tumanida kelin-kuyovni olib ketayotgan vertolyot va yettita Captiva ishtirokida to‘y korteji uyushtirildi. Toshkent viloyati YHXB kortej ishtirokchilariga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilganini bildirdi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks va Litsenziyalash bo‘yicha qonunchilikka o‘zgartirish kiritildi. Endi sanitariya va gigiyena qoidalarini buzgan fuqarolar 3,3 mln so‘mgacha, mansabdor shaxslar 6,6 mln so‘mgacha jarima to‘laydi. Shuningdek, litsenziya shartlarini muntazam buzganlar undan 1 yilga mahrum bo‘ladi.
2024-yil iyuldan davlat dasturlari doirasida kreditlar barcha bosqichlarda elektron platformalar orqali ajratiladi. Shuningdek, davlat ishtirokidagi yirik korxonalar bilan kooperatsiya asosida tashkil etilgan kichik tadbirkorlarga tovarlarini yiliga 10 mlrd so‘mgacha to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotishga ruxsat beriladi.
Chery Group kompaniyasi dunyo bo‘yicha bir oyda 200 ming dan ortiq avtomobil sotdi, bu ko‘rsatkich 2022-yilning oktabridan 50,8 foizga ko‘proq.
Samarqandda noqonuniy muomaladan olib qo‘yilgan 1 mlrd 668 mln so‘mlik 117 ming qutidan ziyod sigaret va chilim uchun tamaki mahsulotlari yo‘q qilindi. Ular maxsus texnikalarda yanchilib, suvga bo‘ktirildi va yaroqsiz holga kelgach, ko‘mib yuborildi.
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Singapur kompaniyalari Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi sanksiyalarining 12-paketiga kiritilishi mumkin, deb xabar berdi Bloomberg. Hujjat loyihasida Rossiya olmoslarini yetkazib berishni taqiqlash va neft narxining yuqori chegarasiga qo‘shimcha cheklovlarni ham o‘z ichiga oladi.
O‘zbekiston birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva G‘azoda davom etayotgan, begunoh bolalar, keksalar va ayollar umriga zomin bo‘layotgan voqealarni hech narsa bilan oqlab bo‘lmasligini qayd etdi. “Falastin diyorida yuz berayotgan dahshatli voqealarga tomoshabin bo‘lib, jim qarab tura olmaymiz”, dedi Ziroat Mirziyoyeva.
Xiaomi o‘zining birinchi elektromobili — Beijing Xiaomi SU7`ni namoyish etdi. Panorama oynali tomga ega, besh o‘rindiqli ushbu modelning yana bir necha versiyalari bo‘ladi.
Payshanba kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga jo‘nab ketdi. Tashrif davomida gazni qayta ishlash, gidroenergetika, qishloq xo‘jaligi, ichimlik suvi ta’minoti masalalariga e’tibor qaratiladi.
Davlat bayrog‘i kuni bag‘ishlangan “Yangi nafas” xalqaro ommaviy yugurish musobaqalari o‘tkazilishi munosabati bilan Toshkentdagi ayrim ko‘chalar 17−19-noyabr kunlari yopiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting