Donald Tramp maxfiy hujjatlar bo‘yicha jinoiy ishda ayblanmoqda
9 iyun 2023, 17:06

Donald Tramp maxfiy hujjatlar bo‘yicha jinoiy ishda ayblanmoqda

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp maxfiy hujjatlarni noqonuniy saqlashda ayblanmoqda. Bu prezidentlikka qaytishga urinayotgan Trampga nisbatan ikkinchi jinoiy ish hisoblanadi.

O‘zbekiston Italiyaning Lombardiya viloyati bilan hamkorlikni kengaytirmoqchi
9 iyun 2023, 16:41

O‘zbekiston Italiyaning Lombardiya viloyati bilan hamkorlikni kengaytirmoqchi

Shavkat Mirziyoyev Milanda Lombardiya gubernatori bilan uchrashib, qo‘shma savdo va investitsiya loyihalarini kengaytirish, Samarqandda investitsion forum o‘tkazish va hamkorlik dasturini tez fursatda tayyorlash kabi masalalarni muhokama qildi.

O‘zbekiston mudofaa vaziri Qatar harbiy delegatsiyasini qabul qildi
9 iyun 2023, 16:31

O‘zbekiston mudofaa vaziri Qatar harbiy delegatsiyasini qabul qildi

O‘zbekiston mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov Qatar bosh vaziri o‘rinbosari — mudofaa vaziri Xolid bin Muhammad al-Atiya bilan muzokara o‘tkazdi. Shuningdek, ular Chirchiq shahridagi to‘qimachilik korxonasi va zirhli tank texnikalarini ta’mirlash zavodida bo‘ldi.

MSK saylov byulleteni shakli va matnini tasdiqladi
9 iyun 2023, 16:11

MSK saylov byulleteni shakli va matnini tasdiqladi

Markaziy saylov komissiyasi saylov byulletenining shakli, matni va tavsifi tasdiqladi. Shuningdek, Toshkent shahrining tumanlari hududida joylashgan ayrim saylov uchastkalarida saylov kuni saylovchilarni biometrik identifikatsiya qilish tizimi tajriba-sinov tariqasida joriy etiladi.

Abdulla Aripov Ostona forumida hamkorlar va investorlarni Orol muammosiga e’tibor qaratishga chaqirdi
9 iyun 2023, 15:56

Abdulla Aripov Ostona forumida hamkorlar va investorlarni Orol muammosiga e’tibor qaratishga chaqirdi

Ostona xalqaro forumida ishtirok etgan O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Markaziy Osiyoda hamkorlik yangi bosqichga o‘tganini qayd etdi. Shuningdek, iqlim o‘zgarishi, suv va tabiiy resurslarning yetishmasligi kabi muammolarni sanab, hamkorlar va investorlarni Orol muammosiga e’tibor qaratishga chaqirdi.

Surxondaryoda chang bo‘ronlari kuzatilmoqda
9 iyun 2023, 15:40

Surxondaryoda chang bo‘ronlari kuzatilmoqda

Termiz shahri va Surxondaryoning qator tumanlarida chang bo‘ronlari kuzatilmoqda. Viloyat FVB shamol paytida ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirdi.

Toshkentda 7 yashar qizchaga uyatsiz harakatlar qilgan 55 yoshli erkak ushlandi
9 iyun 2023, 14:58

Toshkentda 7 yashar qizchaga uyatsiz harakatlar qilgan 55 yoshli erkak ushlandi

Mirzo Ulug‘bek tumanida ko‘p qavatli uylardan birining yo‘lagida 55 yoshli erkak 7 yoshli qizchaga uyatsiz harakatlar qilgani aniqlandi. Gumonlanuvchi ushlanib, unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Nukus voqealari bo‘yicha yana 28 kishining apellyatsiyasi yuzasidan sud qarori 12-iyunda e’lon qilinadi
9 iyun 2023, 14:51

Nukus voqealari bo‘yicha yana 28 kishining apellyatsiyasi yuzasidan sud qarori 12-iyunda e’lon qilinadi

Nukus voqealariga oid ikkinchi sud jarayonidagi 28 nafar mahkumning apellyatsiya shikoyatlari bo‘yicha sud qarori 12-iyun kuni e’lon qilinadi. Murojaatlarni ko‘rib chiqish 18-may kuni boshlangandi.

Human Rights Watch Dauletmurat Tajimuratovni ozod qilishga chaqirdi
9 iyun 2023, 14:34

Human Rights Watch Dauletmurat Tajimuratovni ozod qilishga chaqirdi

Human Rights Watch tashkiloti Dauletmurat Tajimuratovni ozod qilishga chaqirdi. Tashkilot sudni “odil sudlov me’yorlariga javob bermagan” deb hisoblab, Tajimuratovning qiynoqlar haqidagi da’volari bo‘yicha samarali tergov o‘tkazilmaganini ta’kidlamoqda.

Samarqandda Cobalt yuk mashinasi bilan to‘qnashishi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi
9 iyun 2023, 14:23

Samarqandda Cobalt yuk mashinasi bilan to‘qnashishi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi

Urgut tumanida Cobalt “Kamaz” bilan to‘qnashishi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi. Yuk mashinasi haydovchisi shifoxonaga yotqizildi.

Toshkent viloyatidagi AGQSHda avtomobil balloni portladi
9 iyun 2023, 12:35

Toshkent viloyatidagi AGQSHda avtomobil balloni portladi

Toshkent viloyati Parkent tumanidagi gaz quyish shoxobchasida yonilg‘i quyish vaqtida Nexia avtomashinasida gaz balloni portlab ketdi. Yana ikkita mashina shikastlandi. Qurbonlar yo‘q.

Umida Omonova tezkor shaxmat bo‘yicha JCHda oltin medalni qo‘lga kiritdi
9 iyun 2023, 12:22

Umida Omonova tezkor shaxmat bo‘yicha JCHda oltin medalni qo‘lga kiritdi

Gruziyada 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida tezkor shaxmat bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionatida o‘zbekistonlik Umida Omonova g‘olib bo‘ldi.

Qeshm Air Tehron va Samarqandni to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar orqali bog‘laydi
9 iyun 2023, 12:11

Qeshm Air Tehron va Samarqandni to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar orqali bog‘laydi

Eronning Qeshm Air aviakompaniyasi 21-iyundan Tehron va Samarqand o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi.

Italiya O‘zbekistonga energetika loyihalari uchun 2,2 mlrd yevro ajratadi
9 iyun 2023, 11:31

Italiya O‘zbekistonga energetika loyihalari uchun 2,2 mlrd yevro ajratadi

Italiyaning SACE kredit agentligi O‘zbekiston energetika sohasi uchun 2,2 milliard yevro ajratadi. Mablag‘lar 4 ta yirik loyihani moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi.

Farg‘onada fuqarolarni Hajga yuborish uchun 10 ming dollar olgan turistik firma xodimi ushlandi
9 iyun 2023, 11:06

Farg‘onada fuqarolarni Hajga yuborish uchun 10 ming dollar olgan turistik firma xodimi ushlandi

Farg‘ona shahridagi turistik firma xodimi rahbarining ko‘rsatmasi asosida fuqarodan Hajga yuborish evaziga 20 ming dollar talab qilib, shundan 10 ming dollar olgani aytilmoqda. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Samarqandda hokim yordamchisi $1,5 ming pora bilan ushlangani aytilmoqda
9 iyun 2023, 10:49

Samarqandda hokim yordamchisi $1,5 ming pora bilan ushlangani aytilmoqda

Samarqand shahri “Shukrona” mahallasidagi hokim yordamchisi 1500 dollar pora bilan ushlangani aytilmoqda. U fuqaroga bankdagi tanishi orqali 150 mln so‘m miqdoridagi kredit olib bermoqchi bo‘lgan.

Dam olish kunlari issiq harorat biroz pasayadi
9 iyun 2023, 10:41

Dam olish kunlari issiq harorat biroz pasayadi

O‘zbekistonda dam olish kunlari quruq ob-havo saqlanib turadi, harorat biroz pasayishi, kunduzi +33…+38 darajagacha tushishi mumkin. Ammo pasayish uzoq davom etmay, yangi hafta boshida +41…+42 darajagacha bo‘lgan qiymatlarga qaytadi.

Toshkentda yana 7 ta avtobus yo‘nalishida kunlik reja bekor qilindi
9 iyun 2023, 10:16

Toshkentda yana 7 ta avtobus yo‘nalishida kunlik reja bekor qilindi

Toshkentdagi yana 7 ta avtobus yo‘nalishi kunlik reja bekor qilingan holda brutto-shartnomalarga o‘tkazildi. May oyi boshidan beri 14 ta yo‘nalish yangi tizim bo‘yicha ishlay boshlagan. Yoz oxirigacha barcha yo‘nalishlarni brutto-shartnomalarga o‘tkazish rejalashtirilgan.

Tijorat banklarida dollar kursi tushdi
9 iyun 2023, 09:48

Tijorat banklarida dollar kursi tushdi

Tijorat banklari 9-iyun kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 380−11 430 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 440−11 490 so‘m.

Toshkentning qator tumanlari elektrsiz qoldi
9 iyun 2023, 09:41

Toshkentning qator tumanlari elektrsiz qoldi

Ta’mirlash ishlari olib borilayotgani sababli Toshkent shahrining Chilonzor, Bektemir, Yashnobod (17:00 gacha) va Mirzo Ulug‘bek (12:00 gacha) tumanlarining ayrim joylarida elektr energiyasi bo‘lmaydi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting