Toshkentda elektrobus va Cobalt ishtirokidagi YTHda bir kishi vafot etdi
6 iyun 2023, 18:42

Toshkentda elektrobus va Cobalt ishtirokidagi YTHda bir kishi vafot etdi

Mirzo Ulug‘bek tumanida elektrobus va Cobalt ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Oqibatda Cobalt haydovchisi olgan tan jarohatlari sabab vafot etdi.

Voyaga yetmagan davridagi jinoyati uchun jazoni o‘tab bo‘lgan shaxs sudlanmagan deb hisoblanishi belgilanmoqda
6 iyun 2023, 17:56

Voyaga yetmagan davridagi jinoyati uchun jazoni o‘tab bo‘lgan shaxs sudlanmagan deb hisoblanishi belgilanmoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar voyaga yetmagan davrida sodir etgan jinoyati uchun jazoni o‘tab bo‘lgan shaxs sudlanmagan deb hisoblanishi belgilanmoqda. Voyaga yetmaganlarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosining eng kam muddati esa 6 oydan 1 oyga qisqartirilmoqda.

Qashqadaryoda asrab olgan 13 yoshli qizini zo‘rlagan erkak 12 yilga qamaldi
6 iyun 2023, 17:36

Qashqadaryoda asrab olgan 13 yoshli qizini zo‘rlagan erkak 12 yilga qamaldi

Chiroqchi tumanida mehribonlik uyidan asrab olgan 13 yoshli qizini zo‘rlagan 52 yoshli erkak 12 yilga ozodlikdan mahrum qilinib, jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tashi belgilandi.

Bobur bog‘i yaqinida 2 tup chinor noqonuniy ravishda kesib tashlandi
6 iyun 2023, 17:21

Bobur bog‘i yaqinida 2 tup chinor noqonuniy ravishda kesib tashlandi

Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli ko‘chasida 2 tup chinor tegishli ruxsatnomasiz kesib tashlandi. Yetkazilgan zarar 191,4 mln so‘mni tashkil etadi.

Namanganda talaba yigit Norin daryosida cho‘kib ketdi
6 iyun 2023, 17:20

Namanganda talaba yigit Norin daryosida cho‘kib ketdi

Uychi tumanida talaba yigit Norin daryosida cho‘milishga borib, cho‘kib ketgani aytilmoqda. Hozirda viloyat FVB tomonidan qiduruv ishlari olib borilmoqda.

Mayk Pens AQSh prezidentligi uchun kurashga kirishdi
6 iyun 2023, 17:16

Mayk Pens AQSh prezidentligi uchun kurashga kirishdi

AQShning sobiq vitse-prezidenti Mayk Pens 2024-yilgi prezidentlik saylovlarida nomzod bo‘lish uchun ariza topshirdi.

Aholi pullarini dollardagidan so‘mdagi depozitlarga o‘tkaza boshladi — MB raisi
6 iyun 2023, 15:55

Aholi pullarini dollardagidan so‘mdagi depozitlarga o‘tkaza boshladi — MB raisi

Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov valyuta kursining barqarorligi va depozit stavkalarining jozibadorligi oshib borayotgani aholini xorijiy valyutadagi omonatlardan pullarini olib, so‘mga o‘tkazishga undayotganini aytdi. Aholining qo‘lida deyarli 12 milliard dollar bor.

“Ukrgidroenergo”: Kaxovka GESi butunlay vayron bo‘lgan va uni qayta tiklab bo‘lmaydi
6 iyun 2023, 15:45

“Ukrgidroenergo”: Kaxovka GESi butunlay vayron bo‘lgan va uni qayta tiklab bo‘lmaydi

“Ukrgidroenergo”ning xabar berishicha, Kaxovka GESi butunlay vayron bo‘lgan. Suv ombori sathining nazoratsiz pasayishi Zaporoje atom elektr stansiyasi uchun qo‘shimcha xavf hisoblanadi.

Apple o‘zining virtual reallik qurilmasi — Vision Pro`ni taqdim etdi
6 iyun 2023, 15:40

Apple o‘zining virtual reallik qurilmasi — Vision Pro`ni taqdim etdi

Apple kompaniyasi o‘zining yangi gadjeti bo‘lgan virtual reallik qurilmasi taqdimotini o‘tkazdi. U Vision Pro deb nomlanadi va narxi 3,5 ming dollar. Qurilmani ko‘z, qo‘l harakatlari va ovoz orqali boshqarish mumkin. Kompaniya bu bozorda Meta, Sony va Microsoft bilan raqobatlashadi.

O‘zbekiston va Qatar hamkorlikni “keng qamrovli sheriklik” darajasiga ko‘tarmoqchi
6 iyun 2023, 14:59

O‘zbekiston va Qatar hamkorlikni “keng qamrovli sheriklik” darajasiga ko‘tarmoqchi

O‘zbekiston prezidenti Samarqandda Qatar amiri bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarda ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar “keng qamrovli sheriklik” darajasiga chiqishiga ishonch bildirdi. Davlatlar rahbarlari o‘zaro savdo ko‘rsatkichlarini oshirishga tayyor ekanini ma’lum qildi. 15 ta ikki tomonlama hujjat imzolandi.

Toshkentda 32 gramm oltin tangani $100 mingga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
6 iyun 2023, 13:11

Toshkentda 32 gramm oltin tangani $100 mingga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Yakkasaroy tumanida 121 yillik oltin tangani 100 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi.

Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni munosabati bilan eko-poyga bo‘lib o‘tdi
6 iyun 2023, 13:00

Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni munosabati bilan eko-poyga bo‘lib o‘tdi

4-iyun kuni Coca-Cola Uzbekistan kompaniyasi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamkorligida plogging eko-poygasi tashkil etildi, shuningdek #PET2NATUREUZ eko-chellenji ishtirokchilari taqdirlandi.

Markaziy saylov komissiyasi YeXHTning 12 nafar kuzatuvchisini akkreditatsiyadan o‘tkazdi
6 iyun 2023, 11:55

Markaziy saylov komissiyasi YeXHTning 12 nafar kuzatuvchisini akkreditatsiyadan o‘tkazdi

Markaziy saylov komissiyasi YeXHT DIIHBning 12 nafar saylovni kuzatuvchi missiyasi vakillarini ro‘yxatga oldi, shuningdek, prezidentlikka nomzodlarning ishonchli vakillarini ro‘yxatdan o‘tkazdi.

Xersonning Rossiya nazoratidagi qismida GES to‘g‘oni vayron qilindi, aholi punktlarini suv bosishi mumkin
6 iyun 2023, 11:48

Xersonning Rossiya nazoratidagi qismida GES to‘g‘oni vayron qilindi, aholi punktlarini suv bosishi mumkin

Xerson viloyatining Rossiya nazoratidagi qismida joylashgan Kaxovka GESi to‘g‘oni qisman vayron bo‘ldi. Tomonlar bir-birini to‘g‘onni portlatishda ayblamoqda. Quyi oqimdagi suv sathi 2,5 metrga ko‘tarilgan, 80 ta aholi punktini suv bosishi mumkin.

Prezidentning JST masalalari bo‘yicha maxsus vakili lavozimi joriy etildi
6 iyun 2023, 10:49

Prezidentning JST masalalari bo‘yicha maxsus vakili lavozimi joriy etildi

O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonini tezlashtirish uchun prezidentning JST masalalari bo‘yicha maxsus vakili lavozimi joriy etilib, unga Aziz Urunov tayinlandi. 1-iyuldan bu tashkilotning qoidalariga muvofiq bo‘lmagan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish taqiqlanadi.

“Bu adolatsiz va noqonuniy qaror” — Dauletmurat Tajimuratovning advokati
6 iyun 2023, 10:42

“Bu adolatsiz va noqonuniy qaror” — Dauletmurat Tajimuratovning advokati

Advokat Sergey Mayorov Dauletmurat Tajimuratov bo‘yicha apellyatsiya sudi qarorini “adolatsiz” va “noqonuniy” deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hukm o‘zgartirilishiga o‘zi ham, mijozi ham ishonmagan. Sud boshqa barcha ayblanuvchilar uchun jazoni yengillashtirdi.

Toshkentdagi 5 ta tumanning ayrim hududlarida 6-iyun 18:00 gacha “svet” o‘chirildi
6 iyun 2023, 10:17

Toshkentdagi 5 ta tumanning ayrim hududlarida 6-iyun 18:00 gacha “svet” o‘chirildi

Toshkent shahrining Uchtepa, Bektemir, Mirzo Ulug‘bek, Yakkasaroy hamda Yashnobod tumanlarining ayrim joylarida 6-iyun 18:00 gacha elektr energiyasi o‘chirildi.

Banklar 6-iyunda dollarning sotuv kursini 11 465−11 505 so‘m etib belgiladi
6 iyun 2023, 09:46

Banklar 6-iyunda dollarning sotuv kursini 11 465−11 505 so‘m etib belgiladi

Tijorat banklari 6-iyun kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 390−11 450 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 465−11 505 so‘m.

May oyida 20,6 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi
6 iyun 2023, 09:27

May oyida 20,6 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

O‘zbekistonda may oyida 20,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish bo‘yicha 135 ta holat aniqlandi. Taqqoslash uchun, aprel oyida 5,5 mlrd so‘mlik 225 ta holat aniqlangan.

“Eko-development — bu O‘zbekiston qurilish sanoatida biz belgilagan yangi tendensiya” — Aleksey Boldin
6 iyun 2023, 09:00

“Eko-development — bu O‘zbekiston qurilish sanoatida biz belgilagan yangi tendensiya” — Aleksey Boldin

Golden House bosh direktori Aleksey Boldin eko-development nima ekanligini, kompaniya loyihalarining rivojlanish vektorini ekologik tozalikka o‘zgartirish to‘g‘risidagi qarorga nima sabab bo‘lganligi va eko-kvartal oddiy turar-joy majmuasidan nimasi bilan farq qilishi haqida so‘zlab berdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting