Ecobase V-UV texnologik PVX membranasi Toshkent shahridagi Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroporti rekonstruksiyasida ballastli tom yopish uchun ishlatiladi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli “Temiryo‘lkargo” kompaniyasi Xitoyda ilk vakolatxonasini ochdi. U multimodal transportni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochishi kutilmoqda.
Abxaziya parlamenti binosi yaqinida ro‘y bergan otishmada ikki deputat yaralanib, ularning biri vafot etdi. OAV parlamentning boshqa bir deputati otishmada gumonlanayotgani haqida xabar berdi, u voqea joyidan g‘oyib bo‘lgan. Hodisa yuzasidan tergov boshlandi.
Leyli Seitova Qoraqalpog‘iston ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri lavozimiga tayinlandi. U bungacha Nukus tumani moliya bo‘limi boshlig‘i bo‘lgan.
Andijon shahridagi oshxonada ishlagan fuqaro 2023-yilning avgust-dekabr oylarida Suriyadagi terroristik tashkilotlarga pul o‘tkazgan. U 10 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
Yevropa davlatlari o‘t ochish to‘xtatilgan yoki tinchlik bitimi tuzilgan taqdirda, o‘n minglab tinchlikparvar kuchlarini Ukrainaga yuborishni muhokama qilmoqda, deb yozadi Reuters. Muzokaralar hali dastlabki bosqichda.
Toshkentda uch nafar mast erkak ishdan qaytayotgan homilador ayolni haqoratlab, unga tegajog‘lik qilgan. Sud ularni mayda bezorilikda aybdor deb topib, 10 sutkadan qamoq jazosi tayinladi.
Toshkent shahar IIBB energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudovning shikoyat arizasi bo‘yicha moliyachi Otabek Bakirovga qarshi jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etdi. Boshqarmaning bu qaroriga, xususan, AOKAning shikoyat arizasida ko‘rsatilgan vajlar mavjud emasligi haqida tegishli ekspertiza xulosasi asos bo‘lgan.
Sergeli tumanida 132-yo‘nalishda harakatlanadigan Mercedes-Benz avtobusida yong‘in sodir bo‘ldi. Kecha kechqurun Yunusobod tumanida ham xuddi shu rusumdagi avtobus yonib ketgandi.
2017-yildan buyon Jizzax viloyati hokimi vazifasida ishlab kelayotgan Ergash Saliyev ishdan olindi. Uning o‘rnini “Hududiy elektr tarmoqlari” korxonasi raisi Ulug‘bek Mustafoyev egalladi.
Qashqadaryoning Qarshi shahrida bir oilaning 4 nafar a’zosi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Yil boshidan buyon O‘zbekistonda umumiy maydoni qariyb 721 gektar bo‘lgan 1928 ta noqonuniy chiqindixona aniqlandi, deb xabar qildi “O‘zbekkosmos” agentligi. Eng ko‘p — 363 ta chiqindi poligoni Toshkent viloyatiga to‘g‘ri keladi.
Toshkent markazida Yangi yil bosh archasi o‘rnatildi. Uning balandligi 33 metr (yulduzi bilan 35 metr) va 33 mingta o‘yinchoq bilan bezatilgan. Archa 25-dekabrdan 10-yanvargacha bezatilgan holda xizmat ko‘rsatadi.
Uzum Bank va Visa O‘zbekistonda fintexni rivojlantirish uchun strategik hamkorlikni kengaytirmoqda. Bank ekotizimdagi IT infratuzilmasi negizida Uzum Visa plastik kartalaridan erta foydalanish imkoniyatini ochdi.
OTB O‘zbekistonning beshta hududida 500 ta bog‘chani rivojlantirish bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishda maslahat yordamini ko‘rsatadi. Xususan, bank Samarqand viloyatida 100 ta bolalar bog‘chasini rivojlantirish bo‘yicha shunday xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda.
Prezident qarori bilan O‘zbekistonda payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni etib belgilandi. 2025/2026 o‘quv yilidan sport maktablarini sport turlariga ixtisoslashtirish amaliyoti joriy etiladi.
Toshkentda pulli avtoturargohlar bo‘yicha o‘tkazilgan birinchi auksionda 2 kompaniya ishtirok etdi va narxni 120 mlrd so‘mgacha ko‘tardi. Biroq ular shartnoma imzolamagani uchun g‘oliblik bekor qilindi. Yangi auksionda 3 ishtirokchi qatnashdi, lekin g‘olib ikki taklifdan so‘ng aniqlandi.
Janubiy Koreya valyutasi AQSh dollariga nisbatan keskin pasayib, 2009-yildan beri ilk marta 1450 vondan oshdi. Mamlakatdagi siyosiy noaniqliklar vonni dollarga nisbatan sezilarli darajada zaiflashtirgandi, uning yanada tushishi AQShda asosiy foiz stavkasi 0,25 foizga pasayishi bilan bog‘liq.
Toshkentda 169-yo‘nalishdagi Mercedes-Benz avtobusida yong‘in sodir bo‘ldi, jabrlanganlar yo‘q.
O‘zbekiston va Afg‘oniston kompaniyalari 2025-yilda Afg‘oniston bozoriga elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha kelishuvni uzaytirdi. Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov Afg‘onistonda “Surxon — Puli-Xumri” elektr uzatish liniyasi qurilishini ham muhokama qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting