Prezident farmoni bilan 50 yilligini nishonlayotgan “Yalla” ansambli a’zolari Farrux Zokirov, Abbos Aliyev, Javlon Toxtayev, Timur Xalikov va Igor Xalikov ordenlar bilan taqdirlandi.
Taniqli jurnalist va yozuvchi Mavlon Shukurzoda 69 yoshida vafot etdi. U 20 dan ortiq kitob, jumladan, “Amerikalik o‘zbeklar”, “Paxtakor-79” va boshqalarni yozgan. Yuzlab maqolalari chop etilgan.
Hindistonning Marion Biotech kompaniyasi o‘z mahsulotlarida yuvish vositalari, antifriz, bo‘yoqlar va boshqa mahsulotlarda qo‘llanadigan zaharli modda — sanoat propilenglikolidan foydalangan bo‘lishi mumkin. Mazkur kompaniya dorilari avvalroq O‘zbekistonda kamida 19 nafar bolaning vafotiga sabab bo‘lgandi.
Turon World Cooperation orqali Germaniyaga borgan o‘zbekistonlik 100 nafar atrofidagi talaba ish topa olmay, og‘ir ahvolga tushib qoldi. Bandlik vazirligi vaziyatga huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan. Bosh konsullik va elchixona vaziyatni nazoratga oldi.
Poytaxtdagi qurilish korxonasi xodimi ko‘p qavatli turar joy binolarini qurishga ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga tadbirkordan 300 ming dollar olganlikda gumonlanib qo‘lga olindi.
O‘zbekiston yildan yilga elektromobillar importini oshirmoqda. 2023-yil yanvar-may oylarining o‘zidayoq 3811 ta elektromobil olib kelindi. Ko‘rsatkich 2022-yil davomida 2180 tani, 2021-yilda esa 809 tani tashkil etgandi. Eng ko‘p yetkazib beruvchi Xitoy bo‘lib turibdi.
Sharof Rashidov tumanida Shacman yuk mashinasi Epica avtomobiliga urilib, 2 yo‘lovchi ayol vafot etdi. Shuningdek, ushbu YTH ortidan yana 5 ta transport vositasi to‘qnashib ketdi.
O‘zbekistonda 1-iyuldan davlat OTMlari magistratura mutaxassisliklariga onlayn hujjat topshirish boshlandi. Jarayon 30-iyulga qadar davom etadi.
O‘zbekistonda saylovoldi kampaniyasi nisbatan sust o‘tmoqda, deyiladi YeXHT DIIHB missiyasi oraliq hisobotida. Unda aytilishicha, rasmiylar YeXHTning ilgari bergan ayrim tavsiyalarini inobatga olgan, qolganlarini esa saylovdan keyin ko‘rib chiqishni rejalashtirgan.
Toshkentda piyodalar uchun ham, velosipedchilar uchun ham noqulaylik tug‘dirayotgan, ayoz kunlar sinovidan o‘tolmagan veloyo‘lakli beton trotuarlar qurilishi davom etmoqda. Avtomobillar uchun yettita yo‘lak ajratilgan bir paytda, piyodalarga ko‘proq joy berishga qo‘rqishayotgandek.
O‘zbekiston hukumati o‘qituvchilarning uzaytirilgan ta’til muddatini tasdiqladi. Ilgari ular mehnat qonunchiligidagi o‘zgarishlar tufayli ta’til to‘lovi miqdori kamaytirilganidan shikoyat qilgandi. O‘qituvchilarning kalendar kunlar hisobi bo‘yicha ta’til muddati uzaydi.
O‘zbekistonning 14 ta hududidan 2 nafardan vakilga — jami 28 nafar yigitga “Mard o‘g‘lon” mukofoti berildi. Mukofot uchun ayni damda 16,5 mln so‘m pul va OTMlarga imtihonlarsiz grant asosida qabul ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston prezidenti Yoshlar kuni munosabati bilan tabrik yo‘llab, ularning bir guruhini “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotladi. Yoshlar orasida talabalar, o‘qituvchi, yozuvchi, shifokor, sportchi, tadbirkor, san’at vakillari va boshqalar bor.
2022-yil yakuniga ko‘ra, tadbirkorlik subyektlariga nisbatan ma’muriy bosim tekshiruvlar sonining qariyb 2 baravarga ko‘payishi hisobiga oshdi. Biznes ombudsman yuborilgan barcha arizalarning 53 foizini rad etganini va tekshirishlar soni barcha tadbirkorlarning 3 foizini ham tashkil qilmasligini bildirdi.
30-iyun O‘zbekistonda Yoshlar kuni nishonlanadi. Toshkent shahri hokimligi 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar uchun bu kunda avtobuslar bepul xizmat ko‘rsatishini e’lon qildi.
Fransiyada 17 yoshli o‘smir politsiyachilar tomonidan o‘ldirib qo‘yilgach boshlangan tartibsizliklar ikki kundan beri to‘xtamayapti. Prezident Makron Noilning o‘ldirilishini “kechirib bo‘lmas” deb atadi va marhumning qarindoshlariga hamdardlik bildirdi. U mamlakat aholisini tinchlikni saqlashga chaqirmoqda.
Sankt-Peterburg portida Afrikadan Yevropa orqali O‘zbekistonga yo‘l olgan banan konteynerlaridan birida 50 kg kokain aniqlandi.
O‘zbekiston prezidenti Turkmaniston Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedovni 66 yoshi bilan tabrikladi. Mamlakatda uning sharafiga Arqadag‘ shahri ochildi.
Ispaniyaning Talgo kompaniyasi O‘zbekiston uchun yana 4 ta Afrosiyob elektropoyezdini ishlab chiqarishi aytilgandi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” endilikda elektropoyezdlar faqat Talgo tomonidan emas, yo‘lovchilar taklifiga ko‘ra dunyodagi ko‘zga ko‘ringan boshqa kompaniyalardan ham xarid qilinishini bildirdi.
Farg‘onada maxsus maktab internat xodimi hamda o‘qituvchi, Toshkent shahrida talaba, Buxoroda esa universitet xodimi fuqarolardan o‘qishga kiritib qo‘yish uchun pul olganlikda gumonlanib ushlandi. Sirdaryo viloyatida ham bir fuqaro 4500 dollar bilan xuddi shu jinoyat bo‘yicha qo‘lga olindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting