UzAuto Motors Chevrolet Tracker va Onix avtomobillarining yangilangan komplektatsiyalari uchun shartnoma berishni boshlashini e’lon qildi.
O‘zbekiston prezidenti maktab bitiruvchilariga yo‘llagan tabrigida ularning har biri “el-yurtning mehr va e’tiborida bo‘lishini” ta’kidladi. U yoshlarni “tinimsiz o‘qib, zamonaviy bilimlarni egallashga, muntazam tajriba oshirishga va maqsad sari dadil harakat qilishga” chaqirdi.
Taniqli qilichboz, O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi bosh hakami Aida Xasanova 39 yoshida vafot etdi. Bir kun oldin u xususiy klinikada kosmetologik jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan, shundan so‘ng ahvoli og‘irlashgan.
Singapur prezidentining Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvi tafsilotlari, tanishini pichoq urib o‘ldirib qo‘ygan 19 yoshli yigit, qizlar yotoqxonasiga yashirin kamera o‘rnatganlar jarimaga tortilgani, xorijda tuziladigan 56 ta saylov uchastkasi va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
Ukrainadagi urush va sanksiyalar tufayli Rossiyaning MDHdagi roli “yemirilmoqda”. Bu RFning iqtisodiy ta’siri kuchliligicha qolayotgan bo‘lishiga qaramasdan, ayniqsa Markaziy Osiyoda geosiyosiy alyanslarning o‘zgarishiga olib keladi, deb yozmoqda Moody’s.
Qashqadaryoda quvvati 300 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish va foydalanish bo‘yicha o‘tkazilgan tenderning dastlabki g‘olibi e’lon qilindi. FES BAAning Masdar kompaniyasi tomonidan barpo etiladi.
Singapurning Changi Airports International kompaniyasi yangi Toshkent aeroporti qurilishining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishda yordamlashadi, shuningdek, mavjud aeroport faoliyatini optimallashtirish bo‘yicha maslahatlar beradi.
Qozog‘iston G‘arb sanksiyalarini buzmaslik uchun Rossiyaga tovarlar eksporti ustidan nazoratni kuchaytirmoqchi. Avvalroq jurnalistlar Qozog‘istondagi kompaniyalar orqali Rossiyaga RFning Ukrainadagi armiyasi ehtiyojlari uchun dron va mikrochiplar tashilayotgani to‘g‘risidagi surishtiruvni e’lon qilgan edi.
“Yil brendi-2022” mukofoti doirasida Uzum ekotizimining brendlari to‘rtta mukofotni qo‘lga kiritdi, ulardan ikkitasini Uzum Market marketpleysi yutib oldi.
Shavkat Mirziyoyev va Halima Yaqub huzurida ikki tomonlama hujjatlarni qabul qilish marosimi bo‘lib o‘tdi va 7 ta hamkorlik hujjati imzolandi. Sammit yakunida prezidentlar Faxriy mehmonlar xiyobonida archa ekdi.
O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi negizida tashkil etilgan qo‘shma ta’lim markazi doirasida Singapur tajribasi joriy etiladi. Muzokaralarda O‘zbekiston va Singapur prezidentlari tomonidan shu va boshqa mavzular muhokama qilindi.
Olmazor tumanida 19 yoshli maktab o‘quvchisi tanishini pichoqlab o‘ldirdi. Voqeaga ularning telefon talashishi sabab bo‘lgani aytilmoqda. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Qo‘qon davlat pedagogika institutida qizlar yotoqxonasiga kamera o‘rnatilgani sababli ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan deb topilgan prorektor (4,5 mln so‘m) va 3 xodimga (3 mln so‘mdan) jarima tayinlandi. Avvalroq ularning barchasi ishdan olingandi.
Markaziy saylov komissiyasi prezident saylovi uchun 56 ta saylov uchastkasi tuzish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Xususan, AQSh, BAA, Germaniya, Qirg‘iziston, Turkiyada — 2 tadan; Qozog‘iston va Xitoyda — 3 tadan; Rossiyada — 7 ta saylov uchastkalari tuziladi. Ular Toshkentdagi 14-okrugga biriktiriladi.
15-may kuni svetoforning qizil chirog‘idan o‘tib ketgan Damas haydovchisi tomonidan urib ketilgan ikki o‘quvchi qizdan biri vafot etdi. Bosh prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, ikkinchi qiz davolanmoqda va yaqin orada uyiga ruxsat beriladi.
Yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonda gaz qazib olish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9,5 foizga, aprelda esa 8,1 foizga kamaydi. 4 oy davomida elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 4 foizga, ko‘mir 7,4 foizga tushdi. Yil boshidan beri neft qazib olish 4,3 foizga o‘sdi, biroq aprelda pasayish kuzatildi.
24-may kuni Ko‘ksaroy qarorgohida Singapur rahbari Halima Yaqubni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 25-may kuni bo‘lib o‘tadigan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida maktablarda vals tushish taqiqlangani haqidagi ma’lumotni rad etdi. Vazirlik bu qarorni maktab ma’muriyatlarining o‘zlari qabul qilgan bo‘lishi mumkinligini istisno etmadi.
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Alisher Navoiy haykalini Ostona shahrida o‘rnatishga oid tenderni qaytadan o‘tkazdi. Unda ilk tenderda noqonuniy ravishda g‘olib bo‘lgan kompaniya yana yutib chiqdi. Antikorrupsiya agentligi birinchi tenderda manfaatlar to‘qnashuvi va boshqa qonunbuzarliklarni aniqlagandi.
Samarqand tumanida 10 yil davomida noqonuniy qurib kelingan 12 qavatli binoni 2022-yilda seysmik holati va boshqa talablarga javob bermagani uchun buzish bo‘yicha sud qarori berilgan. Shunga qaramay, u yerda qahvaxona ishlayotgani aniqlandi va MIBga qaror ijrosini ta’minlash bo‘yicha xat yo‘llandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting