Kitob tumanidagi ko‘p qavatli xonadonlarning birida gaz portladi. Oqibatda uyning deraza va eshik romlariga zarar yetdi. Bir nafar fuqaro yengil tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizildi.
Tatariston raisi Rustam Minnixanov Jizzaxda kimyo-sanoat texnoparki qurilishi startida ishtirok etdi. O‘tgan yili Chirchiq shahrida qo‘shma texnopark foydalanishga topshirilgandi. Tatariston rahbarini O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qabul qildi.
Yunusobod tumanida yashovchi 16 yoshli qiz 3-qavatda balkon oynasini artayotib, ehtiyotsizligi oqibatida yiqilgan. Bosh prokuratura jarohat olgan qizning ahvoli hozirda yaxshi ekani, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotganini ma’lum qildi.
27−29-aprel kunlari Toshkentda GreenArt xalqaro landshaft san’ati ekofestivali bo‘lib o‘tadi. Uning vazifasi ekologik madaniyatni oshirish va mamlakatdagi ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish muammolariga jamoatchilik e’tiborini jalb qilishdan iborat.
Yakkasaroy tumanida guvohnomaga ega bo‘lmagan haydovchi Gentra mashinasida YPX inspektoridan qochib, katta tezlikda harakatlandi. Oqibatda skuter va Cobalt bilan to‘qnashdi, 2 kishi jarohatlar bilan shifoxonaga olib ketildi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov davom etmoqda.
Ichki bozorga yetkazib berish hajmi keskin oshgani sababli O‘zbekistonda yangi piyoz narxi 2 baravarga pasaydi, bu 2022-yilgi narxlar bilan teng degani. O‘tgan yilgi hosil piyozi narxi esa 17 foizga tushgan, lekin bir yil oldingi narxdan 1,5 marta yuqori, deb yozmoqda EastFruit portali.
Qorako‘l tumanidagi maktablardan birining direktori 900 ming so‘m pora bilan ushlangani aytilmoqda. U bu pulni fuqarolarni farrosh va qorovul lavozimiga ishga qabul qilgani evaziga olayotganda qo‘lga tushgan.
25-apreldan Silk Avia mintaqaviy aviakompaniyasi Toshkentdan Termiz, Navoiy, Namangan, Qarshi va Urganchga (Buxoro va Samarqand orqali) tijoriy reyslarni amalga oshiradi.
Mart oyida O‘zbekiston 151,2 mln dollarlik gaz import qildi, bu 2022-yil davomida qilingan importning yarmidan ko‘pini tashkil etadi. Mahalliy gaz ishlab chiqarishning qisqarishi fonida ko‘rsatkich keskin ko‘tarildi. Ko‘mir, neft va neft mahsulotlarini yetkazib berish ham oshdi.
Yanvardagi prognoz ancha past bo‘lganiga qaramay, 2023-yilning birinchi choragida O‘zbekiston YAIM 5,5 foizga o‘sdi. Sanoat ishlab chiqarish va qurilish hajmi sezilarli darajada oshdi, yanvar-fevral oylarida ikkala ko‘rsatkich ham o‘tgan yildagidan ancha past bo‘lgan edi.
Qo‘qon shahrida Gentra ikkinchi darajali yo‘ldan chiqib kelgan Mercedes-Benz mashinasi bilan to‘qnashdi. Oqibatda 2 nafar yo‘lovchi halok bo‘ldi, 2 haydovchi jarohat olib, shifoxonaga yotqizildi.
Juma kuni Shveysariyada U-20 jahon chempionati uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Osiyo chempioni sifatida qatnashayotgan O‘zbekiston yoshlar jamoasi turnir mezboni — Argentina joy olgan A guruhidan o‘rin egalladi. Bu guruhda, shuningdek, Gvatemala va Yangi Zelandiya jamoalari ham bor.
Qamchiq dovonida DAF yuk mashinasi boshqaruvi yo‘qotilib, o‘rta temir to‘siqqa urildi. Undan qochgan Damas esa xandaqqa tushib ketdi. YTH oqibatida 3 kishi jarohatlanib, shifoxonaga olib ketildi.
Qazilma yoqilg‘ilar sayyora, insoniyat va iqtisodiyot uchun boshi berk ko‘chadir. BMTTD doimiy vakili Matilda Dimovska Xalqaro yer kuniga bag‘ishlangan maqolasida BMTTD ko‘magida O‘zbekistonda “yashil” texnologiyalar sohasida joriy etilayotgan ilg‘or tajribalar haqida yozadi.
Uzbekistan Airways Litva kompaniyasidan uzoq masofalarga uchuvchi ikkita Airbus A330 samolyotini bir yil muddatga ekipaji va boshqa xarajatlari ichida bo‘lgan holda ijaraga oldi. Ulardan birinchisi Toshkent aeroportiga qo‘ndi. Mazkur samolyotning ilk reysi 23-aprel kuni Istanbulga rejalashtirilgan.
Yangihayot tumanidagi maktabning 16, 17 yoshli o‘quvchi qizlari 14 yoshli qizni urib, unga yengil jarohat yetkazdi. Qizlarning ota-onalari bilan tushuntirish ishlari olib borilgan. Voqea yuzasidan bezorilik holati bo‘yicha jinoyat ishi ochildi.
Farg‘ona shahrida ta’mirlanayotgan uyning tomi qulab tushib, ikki ishchini bosib qoldi. Ular FVB qutqaruvchilari tomonidan chiqarib olindi va shifoxona joylashtirildi.
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarilgan YAIMning qariyb 50 foizi chorvachilik hissasiga to‘g‘ri keladi. Soha mamlakatdagi barcha issiqxona gazlari chiqindilarining 13 foizdan ortig‘i manbai bo‘lib, unumdorlik pastligicha qolmoqda. Loyiha samarali va iqlimga chidamli sektorni yaratishni qo‘llab-quvvatlaydi.
Yilning birinchi choragida O‘zbekistonda gaz qazib olish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9,6 foizga, mart oyida esa 12,9 foizga qisqardi. Uch oy davomida elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 5 foizga kamaydi. Ko‘mir qazib olish hajmi ham pasaydi.
Urganch tumanida bojxonachilar Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining Qizil ro‘yxatiga kiritilgan 47 dona bug‘u va 3 dona jayron shoxlarini olib ketayotgan shaxslarni aniqladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting