Osiyo taraqqiyot banki 2023 va 2024-yillarda O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish 5 foizgacha pasayishini prognoz qilmoqda. Xatarlar Rossiyaga qarshi davom etayotgan sanksiyalar va ularning O‘zbekiston eksportining tashqi talabga ta’siri ko‘rinishida saqlanib qolmoqda, deyiladi hisobotda.
Xorazmning Yangiariq tumanida 11 nafar erkak 15 yoshli qizni bir necha bor zo‘rlagani aytilmoqda. Qizning qarindoshi so‘zlariga ko‘ra, huquq-tartibot idoralari ish bo‘yicha tergovni kechiktirgan va bolalar ombudsmani tashrifidan keyingina 3 nafar gumonlanuvchini hibsga olgan. “Gazeta.uz” vaziyatni o‘rgandi.
2022-yilda bir necha erkak tomonidan zo‘rlangan 15 yoshli qiz voqeasida 3 nafar shaxs ayblanmoqda, yana 8 kishi gumonlanuvchi sifatida jalb etildi. Holatga aloqador shaxslar batafsil so‘roq qilinmoqda, deya xabar berdi Bosh prokuratura.
Chiroqchi tumanidagi qishloqlardan biriga kelib qolgan qo‘ng‘ir ayiq harakatsizlantirilib, tabiatga qaytarilishi rejalashtirilgandi. Biroq tuman IIB boshlig‘i buyrug‘i bilan jonivor “aholi xavfsizligi uchun” otib o‘ldirildi. Voqeaga sababchi mas’ullarga intizomiy jazo choralari ko‘rilishi belgilandi.
O‘zbekistonning yo‘l harakati qoidalariga o‘zgartirishlar kiritildi, unga ko‘ra, mamlakatning barcha shaharlarida harakat tezligi soatiga 60 km/soatdan oshmasligi kerak. Ilgari bu ko‘rsatkich 70 km/soat edi.
YeTTB Masdar kompaniyasi uchun O‘zbekistonda umumiy quvvati qariyb 900 MVt bo‘lgan uchta quyosh elektr stansiyasini qurish uchun 205 million dollarlik moliyalashtirish paketi ajratadi.
6-aprel kuni Qamchiq dovonida yuk mashinasi va 3 ta yengil avtomobil to‘qnashib, 6 kishi jarohatlangandi. FVV haydovchilardan biri vafot etganini ma’lum qildi.
Xorazmdagi mehribonlik uyi qizlarini 10 oy davomida zo‘rlaganlikda ayblanib, 1,5 yil muddatga ozodligi cheklangan ikki shaxsning ishi qayta ko‘riladi. Oliy sud Xorazm prokuraturasi protestini qanoatlantirdi va ishni apellyatsiya instansiyasida yangitdan ko‘rishga yubordi.
Qamchiq dovonida yuk mashinasi va uchta yengil avtomobil to‘qnashdi. Oqibatda yuk mashinasi yonib ketdi, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 6 kishi jarohatlandi.
Senatorlar xotin-qizlar va bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qiluvchi qonunni ma’qulladi. Endi jinsiy zo‘ravonlikda ayblanganlar muddatidan ilgari ozodlikka chiqmaydi va ularning ro‘yxati tuziladi. Zo‘ravonlikka uchraganlarning yosh chegarasi bekor qilinadi. Jinoyatchining muayyan joylarga borishi ta’qiqlanadi.
Yangiariq tumanida 2006-yilda tug‘ilgan qiz 2022-yilda bir necha erkak tomonidan zo‘rlangan bo‘lishi mumkin. Bolalar ombudsmani holatni o‘rgandi. Hozircha ish bo‘yicha gumonlangan 3 kishi hibsga olingan.
Markaziy bank shubhali operatsiyalar ro‘yxati kengaytirilganiga izoh berib, ular orasida noqonuniy qimor o‘yinlari, firibgarlik holatlari va boshqalar borligini ma’lum qildi. Yangi qoidalar ipoteka yoki avtokredit bo‘yicha boshlang‘ich badal to‘lovi bilan bog‘liq operatsiyalarga tatbiq etilmaydi.
Jahonda neft narxi pasaysa ham, O‘zbekistonda benzin narxi tushmagani uchun “monopolistlar o‘z qoidalariga sodiq” deya ayblangan UNG Petro bu da’volarni “noo‘rin” deb atadi.
Senat ma’muriy va fuqarolik ishlarida ham davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatilishini ko‘zda tutuvchi qonunni ma’qulladi. Bungacha davlat hisobidan yuridik yordam faqat jinoyat ishlarini yuritishda ko‘rsatilib kelinardi.
Sardoba suv omborida fuqarolar 3 kun davomida 530 bosh baliqni noqonuniy ovlagani aniqlandi. Buning oqibatida hayvonot dunyosiga 280 mln so‘m zarar yetgan.
O‘zbekistonda 1-maydan boshlab qurilish boshlanishidan oldin tanlangan yer uchastkalarida muhandislik-geologik ekspertiza o‘tkazish majburiy bo‘ladi. Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining drenaj tizimidagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha zudlik bilan dastur qabul qilish bo‘yicha topshiriq berdi.
22-aprel — Yer kunida Toshkent viloyatida maxsus poyga o‘tkaziladi. Tashkilotchilar o‘zbekistonliklarni shaxsiy avtomobillardan ko‘ra ko‘proq jamoat transportidan foydalanish va piyoda yurishga chorlamoqda.
SSV vayner Farhod Mannopovning o‘limi yuzasidan Star Med Center klinikasida o‘tkazilgan tekshiruv natijalarini e’lon qildi. Xususan, bemorga tibbiy xizmat ko‘rsatishda qator litsenziya talab va shartlari buzilgani, uni operatsiya qilgan shifokorda malakaviy toifa bo‘lmagani aniqlandi.
DXX poytaxtda 40 kilogrammga yaqin giyohvand moddani O‘zbekiston orqali boshqa davlatga olib o‘tmoqchi bo‘lgan ikki o‘zbekistonlik va bir nafardan Tojikiston va Qozog‘iston fuqarolarini ushladi. Tergov harakatlari ketmoqda.
Navbahor tumanidagi 9-maktab direktori o‘qituvchilarni Open budget`ga 100 tadan ovoz yig‘ishga majburlagani aytilgan ovozli xabar tarqaldi. Unga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanib, xatti-harakatlarida ma’muriy huquqbuzarlik alomatlari bor-yo‘qligi o‘rganilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting