Prezident farmoni bilan Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti negizida Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tashkil etiladi.
2023 yil modeli ROG Strix SCAR 18 zamonaviy texnik xarakteristika va dizaynga ega o‘yin noutbuklarining yorqin vakilidir.
O‘zbekistonda 2017-yildan 2021−2022-yilgacha bo‘lgan davrda sil, gepatit B va 2-toifa qandli diabet bilan kasallanishi kamaygan. Shuningdek, aholi o‘rtasida o‘z joniga qasd qilish tufayli hayotdan ko‘z yumish ko‘rsatkichi (har 100 000 kishiga) 2017-yildagi 7,5 nafardan 2021-yilda 6,4 nafargacha kamaygan.
“G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti orqali harakatlangan avtomashinadan Afrika filining tishi hamda 180 dona bug‘u shohlari topildi.
Respublika bo‘ylab 5−7-aprel kunlari kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Shu sabab tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi mumkin. Ayrim hududlarida do‘l yog‘ishi kuzatiladi.
Toshkent shahar hokimligi poytaxt ahlini metroning oxirgi yillarda ochilgan 19 ta yangi bekatiga nom qo‘yish uchun ovoz berishga taklif qildi. Jarayon geonom.tashkent.uz platformasida 4-apreldan 18-aprelga qadar davom etadi. So‘ngra hukumatga qaror qabul qilish uchun kiritiladi.
Ispaniyaning Maxam korporatsiyasi “Maksam-Chirchiq kimyo zavodidagi ulushi bo‘yicha uzoq davom etgan mojaro tufayli” O‘zbekistonga qarshi xalqaro arbitraj ishini qo‘zg‘atdi, deb yozadi Eurasianet. Tomonlar kelishmovchilikni tinch yo‘l bilan hal qila olishmagan.
Turkiya prezidenti mamlakatda ishlab chiqarilgan ilk milliy elektromobil — Togg`ning birinchi egasi bo‘ldi. Erdog‘an yaqin kunlarda ushbu mashinadan Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon rahbari Ilhom Aliyevga ham yuborilishini bildirdi.
4-aprel soat 08:00 dan 5-aprel soat 08:00 ga qadar Sergeli, Yangihayot va Chilonzor tumanlarining qator mahallalarida gaz ta’minoti to‘xtatiladi.
Prezident xususiy sheriklik asosida ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimini yangilash va boshqarish bo‘yicha Andijon tajribasini O‘zbekiston bo‘ylab joriy etish topshirig‘ini berdi. Bunda isitish tizimlari tadbirkorlarga 10 yilga beriladi va ularning xizmatlari davlat tomonidan sotib olinadi.
Mart oyida respublika bo‘ylab 21,9 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Ushbu hajmdagi elektr energiyasi o‘rtacha 231 mingta xonadonning bir oylik iste’molini tashkil qiladi.
Urgut tumanida 2020-yilda tug‘ilgan bolakay ehtiyotsizlik sabab ariqqa tushib, oqib ketdi. Bolaning o‘limi sabablarini aniqlash uchun sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlandi.
Furqat Sidiqov O‘zbekistonning AQShdagi elchisi vazifasini bajarishga kirishdi. U bu lavozimda Javlon Vahobovning o‘rnini egalladi.
Xorijda yashayotgan o‘zbekistonliklar referendum o‘tkaziladigan 55 ta uchastkaning manzilini interaktiv xarita orqali aniqlashi mumkin.
Tijorat banklari 4-aprel kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 280 — 11 380 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 410 — 11 460 so‘m.
Qashqadaryoda 30 tup manzarali daraxt, Toshkent viloyatida esa 48 tup pista daraxti o‘tin qilish uchun kesib tashlangani aniqlandi. Xususan, Qarshi shahrida o‘simlik dunyosiga 151 mln so‘m zarar yetgan.
O‘zbekistonda 36 turdagi tovarlarga bojxona bojining nol stavkasi belgilangani ba’zi narxlar pasayishiga olib keldi. Shokolad, sabzavot va meva konservalari, mol go‘shti arzonlagan bo‘lsa, yogurt, qaymoq, tvorog kabi sut mahsulotlari narxi o‘zgarmadi. Choy, kofe, sabzavot, murabbolar narxi biroz oshgan.
Sergelida o‘zi va 3 farzandini to‘qqizinchi qavatdan tashlagan ayol ishi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Marhuma uyi yonib ketgani tufayli bolalari bilan onasinikida yashab kelgani va ushbu holatlar ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatgani hamda turmush o‘rtog‘i hozirda Umra ziyoratida ekani aniqlandi.
Sergeli tumanida 27 yoshli ayol 3 nafar farzandi (1, 4 va 5 yosh) bilan o‘zini to‘qqizinchi qavatdan tashlab yuborgandi. Bosh prokuratura ularning barchasi halok bo‘lganini ma’lum qildi. Voqea sabablari o‘rganilmoqda.
Nukus voqealari bo‘yicha sudlangan 39 nafar mahkumning oila a’zolari bilan qisqa muddatli uchrashuvlari tashkil etildi. Bu masalada Parlament komissiyasi tomonidan Oliy sudga iltimosnoma kiritilgan. Shuningdek, komissiya Buxoroga yo‘l xarajatlarini qoplashga ham yordam bergan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting