90-moddaga o‘zgartirishlar kiritishni kim taklif qildi? BBC deputat Odiljon Tojiyevdan bu haqda so‘radi
12 avgust 2022, 23:05

90-moddaga o‘zgartirishlar kiritishni kim taklif qildi? BBC deputat Odiljon Tojiyevdan bu haqda so‘radi

Deputat Odiljon Tojiyev BBC O‘zbek xizmatiga Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirishlardan maqsad prezident muddatini yangilash ekanligini inkor qildi. U bu haqdagi o‘zgartirish muallifini oshkor qilmadi, biroq minglab fuqarolar hozirgi davlat rahbari islohotlarni davom ettirishini qo‘llab-quvvatlashini aytdi.

12 avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
12 avgust 2022, 22:37

12 avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Bekoboddagi metallurgiya kombinatiga borgan Shavkat Mirziyoyev, Westminister`ga o‘qishga kiritish uchun $10,2 ming, Islom birdamligi o‘yinlarida qo‘shimcha 14 ta medal, telekanal efirlaridagi rejali uzilishlar, ishsizlik darajasi, yakshanbadan boshlab yana issiq bo‘lishi va boshqalar — «Gazeta.uz» da kun dayjesti.

«Maroqand neft bazasi»ning filiallarida qariyb 74 mlrd so‘mlik talon-toroj va kamomad aniqlandi
12 avgust 2022, 20:45

«Maroqand neft bazasi»ning filiallarida qariyb 74 mlrd so‘mlik talon-toroj va kamomad aniqlandi

«Maroqand neft bazasi»ning Bulung‘ur va Jomboy filiallarida 73,7 mlrd so‘mlik talon-toroj va kamomad aniqlandi. Mazkur holatlarga huquqiy baho berish va kamomadlarga yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan qonuniy chora ko‘rish uchun to‘plangan hujjatlar Davlat xavfsizlik xizmatiga taqdim etildi.

Vestminster universitetiga $10,2 ming evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi
12 avgust 2022, 19:50

Vestminster universitetiga $10,2 ming evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi

DXX tomonidan 10,2 ming dollar evaziga Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlangani aytilmoqda. Gumonlanuvchi oldindan 5 ming dollar olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Ixtirochilik bo‘yicha tanlov g‘oliblari magistraturaga imtihonsiz qabul qilinadi
12 avgust 2022, 18:00

Ixtirochilik bo‘yicha tanlov g‘oliblari magistraturaga imtihonsiz qabul qilinadi

O‘zbekistonda 2022 yildan boshlab, ixtirochilik va ratsionalizatorlik bo‘yicha ko‘rik-tanlov o‘tkaziladi. Tanlov g‘oliblariga 60 mln so‘mdan 90 mln so‘mgacha pul mukofoti beriladi. Shuningdek, g‘oliblar magistraturaga imtihonsiz kirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

O‘zbekiston termasi Islom birdamligi o‘yinlarida qo‘shimcha 14 ta medalga sazovor bo‘ldi
12 avgust 2022, 17:24

O‘zbekiston termasi Islom birdamligi o‘yinlarida qo‘shimcha 14 ta medalga sazovor bo‘ldi

Konya shahrida o‘tkazilayotgan Islom birdamligi o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi sportning turli yo‘nalishlarida yana 14 ta — 5 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Ellikqal’a tumanidagi YTHda haydovchi vafot etdi
12 avgust 2022, 17:12

Ellikqal’a tumanidagi YTHda haydovchi vafot etdi

Qoraqalpog‘istonning Ellikqal’a tumanida Lacetti va YPXning Nexia 3 avtomobili to‘qnashib ketdi. Oqibatda qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan birinchi avtomashina haydovchisi halok bo‘ldi.

O‘zbekistonda «Oriyonbank» vakolatxonasi ish boshlaydi
12 avgust 2022, 17:02

O‘zbekistonda «Oriyonbank» vakolatxonasi ish boshlaydi

Markaziy bank O‘zbekistonda «Oriyonbank»ning (Tojikiston) vakolatxonasi akkreditatsiya qilinganligi haqida xabar berdi.

O‘zbekistonda 1,2 mlrd tonna temir rudasi zaxiralari mavjud
12 avgust 2022, 16:21

O‘zbekistonda 1,2 mlrd tonna temir rudasi zaxiralari mavjud

Prezident metallga ketadigan xarajatlar ulushi uy-joy qurilishida 15 foiz, mashinasozlikda 40 foizni tashkil qilayotgani, qolaversa, jahon bozorida metall narxi oshayotganini ta’kidladi. Bosh vazir maslahatchisi Bobir Islomov mamlakatda 1,2 mlrd tonna temir rudasi zaxiralari borligini qayd etdi.

Shavkat Mirziyoyev Bekoboddagi metallurgiya kombinatiga bordi
12 avgust 2022, 15:58

Shavkat Mirziyoyev Bekoboddagi metallurgiya kombinatiga bordi

Prezident Bekoboddagi O‘zbekiston metallurgiya kombinatidagi qiymati 672 mln yevrolik quyuv prokat majmuasi qurilishini ko‘zdan kechirdi. Uni 2024 yilda ishga tushirish, yiliga 1 mln tonna po‘lat listlar ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Davlat rahbari korxonani tezroq ishga tushirishni buyurdi.

O‘zbekiston telekanallari efirlarida rejali uzilishlar bo‘ladi
12 avgust 2022, 14:31

O‘zbekiston telekanallari efirlarida rejali uzilishlar bo‘ladi

O‘zbekiston bo‘ylab profilaktika ishlari o‘tkazilishi sababli 18−25 avgust kunlari asosan tungi vaqtlarda telekanallar efirlarida uzilishlar kuzatiladi. Bu vaqtda abonentlardan tyuner va televizor sozlamalariga tegmaslik so‘ralmoqda.

Paxta O‘zbekistonga Tojikistondan import qilinadigan birinchi raqamli tovarga aylandi
12 avgust 2022, 13:07

Paxta O‘zbekistonga Tojikistondan import qilinadigan birinchi raqamli tovarga aylandi

2022 yilning birinchi yarmida O‘zbekiston Tojikistondan umumiy qiymati 17,3 mln dollar bo‘lgan 6,6 ming tonna paxta import qildi. Paxta importi hajmi sement hamda elektr energiyasidan ham ortib ketdi.

Yakshanbadan boshlab yana issiq bo‘ladi
12 avgust 2022, 12:12

Yakshanbadan boshlab yana issiq bo‘ladi

Bir necha salqin kechalar va o‘rtacha issiq kunlardan so‘ng, yakshanba kuni harorat yana ko‘tariladi, +39 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Faqat juma kuni kechasi Namangan va Farg‘ona viloyatlarining ayrim tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘irlar yog‘ishi va sel kelishi mumkin.

O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 8,8 foizni tashkil etdi
12 avgust 2022, 11:54

O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 8,8 foizni tashkil etdi

1 iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistondagi mehnat resurslari soni 19 mln 453,3 ming kishiga yetdi. Shuni 2 mln nafardan ortig‘i xorijdagi mehnat migrantlari hisoblanadi. Mamlakatda ishga muhtojlar soni yil boshidagi 1,4 mln kishidan (9,6%) iyunga kelib 1,3 mln kishigacha (8,8%) kamaydi.

Chinoz NQIZ xususiylashtiriladi
12 avgust 2022, 11:10

Chinoz NQIZ xususiylashtiriladi

Davaktiv agentligi “Chinoz neftni qayta ishlash zavodi” hususiylashtirilishi yuzasidan konsultant kompaniyalar uchun tanlov e’lon qildi. Zavodning ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushi sotiladi.

Germaniya MOda iqlim o‘zgarishi bo‘yicha loyihani amalga oshirishga 10 mln yevro ajratadi
12 avgust 2022, 10:29

Germaniya MOda iqlim o‘zgarishi bo‘yicha loyihani amalga oshirishga 10 mln yevro ajratadi

Germaniya va O‘zbekiston iqlim o‘zgarishi sohasidagi mintaqaviy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvni imzoladi. Loyihaning umumiy qiymati 10 mln yevro bo‘lib, 2022−2026-yillarda Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Yirik hajmda o‘g‘rilik qilganlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQShda ushlandi
12 avgust 2022, 10:08

Yirik hajmda o‘g‘rilik qilganlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQShda ushlandi

O‘ta yirik hajmda o‘g‘rilikni sodir etganlikda gumonlanib, qidiruvga berilgan o‘zbekistonlik fuqaro AQShda ushlandi. Amerika tomoni uni mamlakatdan chiqarib yubordi. AQSh Immigratsiya va bojxona nazorati xodimlari gumondorni Toshkent aeroportida O‘zbekiston tomoniga topshirdi.

Samarqanddagi avariyada ikki kishi halok bo‘ldi
12 avgust 2022, 09:24

Samarqanddagi avariyada ikki kishi halok bo‘ldi

Samarqand viloyatida «Damas» avtomobili tirkamali yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketdi. Buning oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, yana ikki fuqaro jarohatlandi.

11 avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
11 avgust 2022, 22:00

11 avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Pul va mashina bilan mukofotlangan shaxmat chempionlari, «Tabiat himoyachisi» nishoni, Tojikistondan o‘tuvchi «Guliston-Qo‘qon» yo‘nalishidagi avtobuslar, Toshkentdagi 1-ipoteka markazi, o‘zbekistonlik yo‘lovchilar muammosini yoritgani uchun tahdidga uchragan o‘shlik jurnalist va boshqalar — «Gazeta.uz» da kun dayjesti.

400 ming dollardan ziyodroqqa noqonuniy yer sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
11 avgust 2022, 19:43

400 ming dollardan ziyodroqqa noqonuniy yer sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti noqonuniy yer sotishga urinishlarni to‘xtatib qoldi. Jumladan, Pop tumani hokimining sobiq o‘rinbosari «Yangi O‘zbekiston» massivida sakkizta uy qurish uchun ruxsatnoma berish uchun pul olayotganda ushlandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting