O‘zbekistonda so‘nggi 10 yilda 6 marta 6−8 balli zilzila ro‘y bergan. Ularda jami 16 kishi vafot etgan, 54 kishi jabrlangan. Iqtisodiy zarar miqdori 84 mlrd so‘mni tashkil qilgan.
Farrux Boboyev Maktabgacha ta’lim agentligi direktoriga birinchi o‘rinbosar, Oyatillo Raxmatillayev va Nodir Muslitdinov esa o‘rinbosarlar etib tayinlandi.
Yangiyo‘l tumanida erkak ijaraga berilgan yer maydonlari uchun haq talab qilgan ikki nafar firma xodimini pichoqlab o‘ldirib, yoqib yubordi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlandi.
Hukumat qarori bilan nogironligi bo‘lgan shaxslarga auksion orqali yer sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplab berish tartibi tasdiqlandi. Xarid xarajatlariga qarab ular BHMning 100 baravarigacha miqdorda kompensatsiya olishi mumkin.
Namangan viloyati prokurori lavozimida ishlab kelgan Bektosh Sayipov Qashqadaryo viloyatiga prokuror etib tayinlandi.
Ko‘k somsa, bichak, qatlamali xamirdan qilingan pishloq va ko‘katli o‘ramalar, qatlama, «Piramida» somsasi va boshqalar — Zira.uz bahoriy mavsum uchun oson tayyorlanadigan ko‘katli pishiriqlar ro‘yxatini taqdim etadi.
Tijorat banklari 25 mart kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 280 — 11 400 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 425 — 11 470 so‘m.
DXX va IIB Samarqandda fuqaroni $50 ming evaziga Toshkent-Yevropa Ittifoqi-Meksika yo‘nalishi orqali AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan erkakni ushlagani aytilmoqda.
O‘zbekistonlik dzyudochi Diyora Keldiyorova Tbilisida dzyudo bo‘yicha «Katta dubulg‘a» turnirida Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Distriya Krasnichini mag‘lub etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
2023 yil uchun baxtli mamlakatlar reytingida (World Happiness Report) O‘zbekiston 1 pog‘ona pastlab, 54-o‘rinni egalladi. Markaziy Osiyo va MDH mamlakatlari orasida reytingda 44-o‘rinni qayd etgan Qozog‘iston yetakchilik qilmoqda. Finlyandiya oltinchi yildirki dunyoning eng baxtli mamlakati bo‘lib turibdi.
Ro‘zaga oid savol-javoblar, 3 kunlik magnit bo‘roni, «O‘zavtosanoat»ga rahbarlikka qaytgan Ulug‘bek Rozuqulov, O‘zbekistonda gaz qazib olish ikkinchi oy ketma-ket pasaygani, Qoraqalpog‘istonda qulab tushgan yangi qurilayotgan ko‘prik, 2023 yil uchun fidya miqdori va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Prezident Administratsiyasi sho‘’ba mudiri Saida Mirziyoyeva BMTning suv resurslari bo‘yicha konferensiyasida so‘zga chiqib, «Orol madaniyati sammiti» loyihasini taqdim etdi. «San’at, dizayn va madaniyat Orolbo‘yidagi muammolardan xabardorlikni oshirishda hal qiluvchi rol o‘ynashi mumkin», — dedi u.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi hisob-kitoblariga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy bankining asosiy stavkani 1 foiz bandga tushirishi ortidan aholi iste’moli oshishi, kredit hajmi o‘sishi kutilmoqda. Buning natijasida bazaviy ssenariyga nisbatan mamlakat YAIM 0,55 foizga ko‘payadi.
O‘zbekistonda gaz qazib olish ikkinchi oy ketma-ket pasaymoqda. Yanvar-fevral oylarida ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yil boshiga nisbatan 8,2 foizga ozaygan. Elektr va issiqlik ishlab chiqarish ham kamaydi.
Ulug‘bek Rozuqulov yana «O‘zavtosanoat» kompaniyasi boshqaruvi raisi bo‘ldi. U avval bosh vazir o‘rinbosari va milliy aviakompaniya rahbari lavozimlarida ham faoliyat yuritgan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi 2023 yil uchun zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdorini e’lon qildi.
Xalqaro moliya korporatsiyasi Sirdaryoda 1580 MVtli IESni qurish uchun 150 mln dollar ajratdi va 1 mlrd dollardan ortiq xususiy moliyalashtirishni jalb qildi. Stansiya gazda ishlaydi va butun mamlakat bo‘ylab elektr energiyasiga bo‘lgan talabning 17 foizini qondirishi kutilmoqda.
Toshkent metrosi Yer usti halqa yo‘lining Qo‘yliq-Sergeli yo‘nalishida qurib bitkazilgan 5 ta bekatda sinov tariqasida poyezdlarning texnik qatnovi boshlandi.
Andijon viloyati Asaka tumani sobiq hokimi Mansur Alixonovga nisbatan 3 yil 1 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Shuningdek, tumanning ikki mansabdoriga ham sud hukmi o‘qildi.
UzAuto mutaxassislari kompaniyaning iqtisodiy muvaffaqiyatlari haqida gapirib berdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting