AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni chetlab o‘tishga qarshi kurashishda tavsiyalar berib, shubhali o‘tkazmalarga e’tiborli bo‘lishga chaqirdi. Tovarlarni qator davlatlar, xususan, O‘zbekiston orqali yetkazish, xaridorning mahsulotdan yakuniy foydalanish bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim qilmasligi va boshqalar sanab o‘tilgan.
Meksikada o‘tgan boks oqshomida o‘zbekistonlik Elnur Abduraimovning mezbon bokschiga qarshi jangi olgan jarohati sabab muddatidan avval tugatildi. Bu uning professional boksdagi ilk mag‘lubiyati bo‘ldi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda o‘nlab o‘smirlarning hibsga olingani muhokama qilinmoqda. Ular IIBga «profilaktik suhbat uchun» olib ketilgan. Huquq-tartibot idoralarining aytishicha, Forumlar saroyi yaqinida «Ryodan» tarafdorlarining chaqiruvlari sabab 50 nafar o‘smir yig‘ilgan.
Endilikda avtomaktab o‘qituvchi va haydovchi-yo‘riqchilari har 3 yilda Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida qayta tayyorlanadi va malakasini oshiradi. Haydovchi-yo‘riqchilar uchun malaka oshirish kursi 1 mln 350 ming so‘m, o‘qituvchilarni qayta tayyorlash kursi 1,2 mln so‘m, malaka oshirish kursi esa 2,1 mln so‘m bo‘ladi.
IIV Jamoat xavfsizligi departamenti O‘zbekiston bo‘ylab «Xavfsiz hayot uchun» velo va piyoda yurish marafonini o‘tkazdi. Ishtirokchilar «Xavfsiz yo‘llar tarafdorimiz», «Umr tezlikdan muhim», «Yo‘llarda bolalarni asrang», «Stop bezorilik», «Korrupsiyaga qarshimiz» kabi plakatlarni ko‘tarib chiqdi.
7 martdan Turkmanistondan quruq va juda iliq havo kirib keladi. Kunduzi harorat +28 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda +30 darajagacha ko‘tariladi. Biroq 8 va 10 martda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.
Qirg‘izistonda ilk bor o‘tayotgan qarlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekistondan faqat taekvondochilar ishtirok etdi. Ular musobaqada 14 ta medal — 3 ta oltin, 2 ta kumush, 9 ta bronza jamg‘ardi.
Bulung‘ur tumanidagi 74 yillik kutubxona yopilib, bino auksionda sotib yuborilgani va xodimlar ishsiz qolgani haqida xabar tarqalgandi. Samarqand davlat arxitektura va qurilish universiteti bino eskirgani uchun yopilishi, kitoblar makulaturaga topshirilmasligi va xodimlar ishsiz qolmasligini bildirdi.
Turkiyada 24 kun davomida zilzila oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etgan Mudofaa vazirligining harbiy xizmatchilari Toshkentga qaytdi. Ular jami 3860 nafar fuqaroga tibbiy yordam ko‘rsatgan.
Toshkent va Samarqand viloyatlarida umumiy quvvati 1 400 MVt bo‘lgan ikkita quyosh fotoelektr stansiyasi, Toshkent, Buxoro hamda Samarqand viloyatlarida umumiy quvvati 1 200 MVt bo‘lgan uchta energiya saqlash tizimlari quriladi.
Tijorat banklari 6 mart kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 320 — 11 365 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 380 — 11 430 so‘m.
Bloger Farhod Mannopov (MittiVine)ning vafot etgani yuzasidan Jinoyat kodeksining 116-moddasi (Kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Toshkent shahrida o‘tkazilgan dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turnirini O‘zbekiston terma jamoasi 3 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza medali bilan ikkinchi o‘rinda yakunladi.
Shahrisabzda dam olish kuni choyxonada o‘tirgan IIO xodimi yoniga kelib, uni ruxsatsiz tasvirga olgan va ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan 5 nafar erkak 15 sutkaga qamaldi.
Bloger Farhod Mannopov vafoti bo‘yicha shifokorlarning xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlandi. Bosh prokuratura holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani va shifokorlar qamoqqa olingani haqidagi xabarlarni rad etdi.
Yangiyer shahrida erkak kollej hovlisida o‘zi va xotinini pichoqlab o‘ldirdi. Voqeaga oilaviy kelishmovchilik sabab bo‘lgani aytilmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
G‘uzor tumanida fuqaro akasi tergovga jalb qilinganiga norozilik sifatida chorva mollarini tuman hokimligi binosi oldiga haydab bordi. Sud qarori bilan u 7 sutkaga qamaldi.
“Nuroniy” gazetasi bosh muharriri, jurnalist Shuhrat Dehqonov 52 yoshida vafot etdi. Uning o‘limiga davomli qand kasalligi sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Toshkentdagi Cho‘lpon ko‘chasidan Yangi O‘zbekiston shoh ko‘chasiga olib chiquvchi yo‘l 4 aprelga qadar yopildi. Bu vaqtda yo‘l ta’mirlash ishlari olib boriladi.
Taxiatosh tumanidagi mahallardan birining raisi 31 mln so‘mdan ortiq pulni talon-toroj qilganlikda gumonlanmoqda. Uning bir martalik moddiy yordam pullarini asossiz to‘lagani aniqlangan. Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tergovga qadar tekshirish olib bormoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting