Qozog‘istonning sobiq mudofaa vaziri Murat Bektanov 2022 yilning yanvaridagi tartibsizliklar chog‘ida o‘z mansab vakolatini suiiste’mol qilganlikda aybdor deb topilib, 12 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.
Toshkent metropolitenining 7-bekati (Qo‘yliq) 11 mart, shanba kunidan keyingi shanba kuniga qadar vaqtincha yopiladi. Yo‘lovchilar uchun 6 va 7-bekat oralig‘ida qo‘shimcha avtobus qo‘yib beriladi.
Toshkent shahrida fuqaroni 20 ming dollar evaziga Meksika orqali AQShga yuborishini va’da qilgan Jahon tillari universiteti talabasi va boshqalar qo‘lga olindi.
Bosh prokuratura Toshkentda o‘lik holda topilgan rossiyalik jurnalist Aleksandr Nechayev «surunkali yurak-o‘pka yetishmovchiligi, yurakning surunkali ishemik kasalligi»dan vafot etganini ma’lum qildi.
Gruziyada «xorijiy agentlar» to‘g‘risidagi qonunga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilganlar buni «Rossiya yo‘lidan yurish» deb baholagan. Mamlakat prezidenti namoyish ishtirokchilarini qo‘llab-quvvatladi. Loyiha parlamentdan qaytarib olindi.
Jahon banki «O‘zbekistonda quyosh energetikasini kengaytirish-2» loyihasi uchun 12 mln dollar ajratadi. Bu ikkita yangi quyosh elektr stansiyasidan (har biri 6 mln dollardan) elektr energiyasini sotib olish bo‘yicha majburiyatlarni bajarish bo‘yicha bank kafolatlari hisoblanadi.
Jalaquduq tumanida 23 yoshli ayol ustidan benzin qo‘yib, o‘zini yoqib yubordi. U ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, tuman tibbiyot birlashmasida vafot etdi. Suiqasd sabablarini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertizasi tayinlandi.
Tijorat banklari 9 mart kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 290 — 11 380 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 390 — 11 440 so‘m.
Mo‘g‘uliston 2023 yilda O‘zbekistonda elchixona ochishni rejalashtirmoqda. Ikki mamlakat tashqi ishlar vazirlari Baxtiyor Saidov va Batmunx Batsetseg uchrashuvida ushbu masala muhokama qilindi.
Yanvar-fevral oylarida favqulodda vaziyatlardan zarar ko‘rgan 10 mingga yaqin O‘zbekiston fuqarosiga 108 ming dollardan ziyod yordam ko‘rsatildi. Uning katta qismi Turkiyadagi zilziladan jabr ko‘rganlarga yo‘naltirildi. Shuningdek, moddiy ahvoli og‘ir 462 nafar fuqaroga ham ko‘maklashildi.
Sirdaryo tumanidagi «Qolgansir» davlat o‘rmon ov xo‘jaligida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida tabiatga salkam 500 mln so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi. Hodisaga fermerlarning sholidan bo‘shagan yerda o‘simlik qoldiqlarini yoqqani sabab bo‘lgan.
Toshkentda rossiyalik 37 yoshli jurnalist Aleksandr Nechayev o‘lik holda topilgandi. Holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Sud-tibbiy ekspertizasi tayinlandi.
Rossiyaning «Byulleten kinoprokatchika» jurnali bosh muharriri Aleksandr Nechayevning jasadi u vaqtincha yashayotgan Toshkentdagi kvartirasidan topilgani aytilmoqda. 37 yoshli jurnalist o‘limiga nima sabab bo‘lgani hozircha ma’lum emas.
O‘zbekiston bo‘ylab salkam 6 ming nafar davlat xizmatchisi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ular orasida ovqat hazm qilish organlari (surunkali gastrit), yurak-qon tomir (arterial gipertoniya), asab tizimi (osteoxondroz), ko‘z va endokrin (qandli diabet va semizlik) kabi kasalliklar aniqlandi.
Toshkentdan Moskvaga uchgan Uzbekistan Airways samolyoti 210 nafar yo‘lovchi bilan aeroportda 4 soat davomida qolib ketdi. Voqeaga sabab deya ob-havo sharoitining talabga javob bermagani, shuningdek, bortdagi ayol o‘zini yomon his qila boshlagani keltirildi.
Prezident Administratsiyasi sho‘’ba mudiri Saida Mirziyoyeva Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan ayollarni tabrikladi. U xotin-qizlar zo‘ravonlik, zararli stereotiplar va kamsituvchi muomala obyekti bo‘lmasligini ta’kidladi. «Ular tabiiy ravishda jamiyatning teng huquqli a’zosi bo‘lsin, deyman» — dedi u.
«Yuksalish» umummilliy harakati O‘zbekistondagi faol rahbar ayollar ro‘yxatini tuzdi. Unga «davlat siyosatini shakllantirishda va qarorlar qabul qilishda faol ishtirok etayotgan» ayollar kiritildi.
O‘zbekiston Adliya vazirligi qonunchilikda ayollarga qanday imtiyoz va yengilliklar ko‘rsatib o‘tilgani bo‘yicha ma’lumot berdi.
Surxon davlat qo‘riqxonasida «Qizil kitob»ga kiritilgan morxo‘r otib o‘ldirildi. Oqibatda yovvoyi hayvonot dunyosiga 180 mln so‘m zarar yetdi. Uni ovlaganlar jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.
Toshkentda O‘zbekiston, Eron, Xitoy, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston va Rossiyaning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakillari ilk bor uchrashdi. Ular de-fakto afg‘on hukumatini ayollarning mehnat va ta’lim olish huquqini ta’minlash, terrorchilik guruhlarini yo‘q qilish bo‘yicha samaraliroq choralar ko‘rishga chaqirdilar.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting