Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi maktab yaqinida 12 yoshli o‘quvchining qo‘lidan ushlab olgan erkakning shaxsi aniqlandi. Tuman ichki ishlar xodimlari holatni o‘rganmoqda.
Beruniy tumanida Opel Astra va Matiz ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Voqea sabab Matiz avtomobilidagi yo‘lovchi vafot etdi. Ikkita haydovchi jarohatlari sabab shifoxonaga yotqizildi.
AQSh prezidenti Jo Bayden Kiyevga bordi. U Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan Mixaylovskiy maydonida ko‘rishdi. Oq uy rahbarining mamlakatga tashrifi hech qayerda e’lon qilinmagandi.
1 mart kuni Toshkentdagi «O‘zekspomarkaz»da «Monedan Kandinskiygacha. San’atdagi inqilob» multimedia ko‘rgazma namoyish etiladi. U yerda tashrifchilar to‘qqiz nafar modernizm rassomlarining asarlarini tomosha qilishi mumkin.
Termiz tumanida Obodonlashtirish boshqarmasi istirohat bog‘idagi 1 tup daraxtni kesgani uchun boshqarma bosh muhandisi 3 mln so‘m jarimaga tortildi. Buning ortidan o‘simlik dunyosiga qariyb 5 mln so‘m zarar yetdi. Yana bir fuqaro saksovul kesib, o‘simlik dunyosiga 3,1 mln so‘m zarar yetkazdi.
Ijtimoiy tarmoq faoli Abror Muxtor Aliy 6 mln so‘m jarimaga tortildi. U avvalroq jurnalist Nikita Makarenkoni haqorat qilgandi.
Hukumat poytaxtda ko‘p qavatli avtoturargohlar qurishni rejalashtirmoqda. Buning uchun maxsus davlat muassasasi tashkil etiladi va unga yer maydonlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratiladi. Dastlab transportlar ko‘p to‘planuvchi 4 ta manzilda turargoh barpo etiladi. Ular onlayn auksionda tadbirkorlarga sotiladi.
Prezident farmoni bilan maktablarda 100 mingta bepul to‘garak tashkil etiladi. Bu uchun davlat budjetidan 79,5 mlrd so‘m ajratilgan bo‘lib, to‘garaklar yo‘nalishini aniqlash bo‘yicha o‘quvchilar va ota-onalar o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkaziladi.
O‘zbekistonda dushanbadan jumagacha havo harorati iliq bo‘ladi. Faqat chorshanba kuni ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat asosan kechalari +2…+7, kunduzi +13…+18, ayrim kunlarda +20…+22 darajagacha isiydi.
Oliy ta’lim vaziri Ibrohim Abdurahmonov talabalarni odobiga ko‘ra guruhlarga ajratish topshirig‘ini bergandi. Vazirlik buni «ma’naviy-moddiy muammolarni bartaraf etish, murabbiylar bilan do‘stlik muhitini yaratish» deya izohladi. Tartiblar OTMlarning ichki qoidalariga aloqador ekani aytildi.
Dubayda Qirg‘izistonning amaldagi va besh nafar sobiq prezidentining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. «Sobiq prezidentlar xafaliklarini aytishdi va kamchiliklarini tan olishdi. Eng muhimi, ular bir-birlarini kechira olishdi. Aynan shu mening maqsadim edi», — dedi prezident Sadir Japarov.
Turkmanistondan O‘zbekistonga yordam sifatida yuborilgan 2 ming tonna bepul suyultirilgan gazning yarmi Qoraqalpog‘iston aholisiga tarqatilmoqda. Qolgan ming tonna gaz Xorazm viloyatiga yuboriladi.
Sharqiy harbiy okrugga qarashli garnizonda rejalashtirilgan jangovar-taktik o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi. Bu vaqtda shahar atrofida mashg‘ulotlar rejasiga muvofiq jangovar texnikalar harakatlanadi. Sinovlarni ma’sullar kuzatib boradi.
Sergeli va Yunusobod tumanlarida ro‘y bergan 2 YTHda jami 5 kishi jarohat oldi. Mashinalardan biri yonib ketdi. Holatlar yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Toshkent metropolitenining «Novza» bekatidagi piyodalar o‘tish yo‘lagida savdo shoxobchalari tiklanadi. Bekat shaharsozlik normalariga javob berishi va yo‘lovchi oqimining me’yoridaligi sabab tanlangan. Pandemiyada faoliyati to‘xtatilgan shoxobchalarni tadbirkorlarga ijaraga berish bo‘yicha aniq tartib hozircha yo‘q.
Tijorat banklari 20 fevral kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 285 — 11 340 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksariyat banklarda 11 400 so‘m.
Toshkent shahri Ichki ishlar bosh boshqarmasi poytaxtga kelgan xorijiy va mahalliy sayyohlar xavfsizligini ta’minlash uchun yordamchi sifatida ko‘ngillilarni jalb qilmoqda. Bunda volontyorlar bir nechta talablarga javob berishi kerak bo‘ladi.
2022 yilning kuzida o‘z xotinini «bir necha bor qilgan xiyonatlari tufayli» 19 marta pichoqlab o‘ldirgan erkak 10 yilga qamaldi. «Xotinimni bunaqa yo‘l tutishi menga juda yomon ta’sir qildi», — dedi erkak sud zalida.
Shavkat Mirziyoyev 20−21 fevral kunlari Misr Arab Respublikasida bo‘ladi. Oliy darajadagi muzokaralarda siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ta’lim sohalarida hamkorlik masalalari o‘rin olgan.
Oliy ta’lim vaziri Ibrohim Abdurahmonov barcha OTM rektorlariga talabalarni jinoyatchilikka moyil, yot g‘oyalar ta’siriga tushish arafasida va qoidalarga rioya etmaydigan kabi guruhlarga ajratish topshirig‘ini bergani aytilmoqda. «Shoshilinch» topshiriq ijrosi bo‘yicha ma’lumotlar 3 kunda yuborilishi so‘ralgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting