O‘tgan yomg‘irli kunlardan so‘ng O‘zbekiston bo‘ylab hafta boshida havo ilishni boshlaydi va 18 darajagacha ko‘tariladi. Mamlakatning aksariyat hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor.
Zangiota tumanida «Volga» avtomobili haydovchisi tezlikni oshirib, boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida Bo‘zsuv kanaliga tushib ketdi. 23 yoshli haydovchi mashinadan chiqolmay, suvda cho‘kib vafot etdi.
Ichki kiyimlar do‘konini tanqid qilgan chirchiqlik bloger jarimaga tortildi. Bu ishni «o‘zining diniy qarashlaridan kelib chiqib» qilganini aytgan fuqaroga tadbirkorlik faoliyati erkinligi kafolatlari tushuntirildi. Poytaxt IIBB jamiyatda o‘zini tutish qoidalari va qonunchilikka itoatkor bo‘lishga chaqirdi.
Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida firmaga berilgan hududda 35 tup daraxt noqonuniy kesib tashlangani aniqlandi. Buning oqibatida o‘simlik dunyosiga 196 mln so‘m zarar yetgani ma’lum bo‘ldi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Yakkabog‘ tumanida Gentra avtomobili haydovchisi piyodani urib qochib ketdi. Oqibatda jabrlanuvchi voqea joyida vafot etdi. Tezkor surishtiruv davomida YTHni 27 yoshli yigit sodir etgani aniqlandi.
Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida bir oiladan to‘rt kishi halok bo‘ldi, yana uch nafari kasalxonaga yotqizildi. O‘lim sababi oziq-ovqat yoki is gazidan zaharlanish bo‘lishi mumkin. Tekshiruv uchun ovqat qoldiqlaridan namunalar olindi.
Turkiyada qidiruv-qutqaruv ishlarining to‘xtatilayotgani, AQShdagi kompaniyaning 100 nafardan ziyod bolani xavfli ishlarga jalb qilgani, Parijdagi savdo markazida erkak o‘zini yuqori qavatdan tashlab yuborgani ommaviy sarosimaga sabab bo‘lgani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Toshkentning Amir Temur ko‘chasida yana bir yirik YTH sodir bo‘ldi — birdaniga to‘rtta avtomobil to‘qnashdi, ulardan biri yonib ketdi. Ikki haydovchi jarohatlangan.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v. b. Baxtiyor Saidov Turkiyaning zilziladan jabr ko‘rgan, etnik o‘zbeklar istiqomat qiladigan Ovakent qishlog‘iga tashrif buyurdi. U Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li bilan ham uchrashdi.
Toshkentdagi Eski-Juva bozorida sotuvchi ayollar o‘rtasida yuzaga kelgan o‘zaro janjal vaqtida 29 yoshli ayol hamkasbini do‘pposlab, qulog‘ining bir qismini tishlab, uzib oldi. JIB Shayxontohur tumani sudi tomonidan hamkasbining qulog‘ini tishlagan ayolga 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Toshkent shahrida 1 apreldan jamoat transportida yo‘l haqi to‘lashning moslashuvchan tizimi (1 soat ichida bir yo‘nalishli yo‘lovchi transportidan boshqasiga o‘tish sonidan kelib chiqqan holda imtiyozli va bepul tariflar) joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Elektron to‘lovlar uchun chegirmalar qo‘llanadi.
Hozirda Navruz turar-joy majmuasida joylashgan xonadonlarni qulay shartlarda xarid qilish mumkin.
Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Po‘lat Bobojonov O‘zbekiston voleybol federatsiyasi raisi lavozimiga saylandi.
G‘allaorol tumani IIB profilaktika katta inspektori begona ayol bilan qo‘lga tushishi ortidan ishdan olindi. Shuningdek, tuman IIBning 4 nafar rahbari inspektor faoliyati ustidan yetarlicha nazorat o‘rnatmagani uchun jazolandi.
Poytaxtning qator markaziy ko‘chalari 19 fevral kuni «Men g‘olib» ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkazilishi munosabati bilan yopiladi.
Buxoroda 2023-yilda yillik elektr iste’moli 4,3 mlrd kVt soatni tashkil etib, taqchillik 150 mln kVt soat bo‘lishi kutilmoqda. Prezident o‘tkazgan yig‘ilishda bularni qoplash uchun 740 ta korxonada 22 MVtli, ijtimoiy obyekt va ko‘p qavatli uylar ustida 11 MVtli quyosh panellari o‘rnatish mumkinligi aytildi.
Bananli krambl, shokolad va bananli maffinlar, banan solib pishirilgan qatlama va kekslar, pechene va quymoqlar, fransuzcha grenka va boshqalar — Zira.uz shirin va noodatiy bananli pishiriqlar ro‘yxatini taqdim etadi.
Toshkent shahri jamoat transporti uchun 200 ta 18 metrli va 500 ta 12 metrli tabiiy gazda ishlaydigan avtobus olib kelinadi. 18 metrli transportning qayrilish darajasi yo‘l parametrlariga to‘g‘ri kelishi uchun uning o‘rtasi “garmoshkali” tarzda bo‘ladi.
Istanbulda bo‘lishi kutilayotgan zilzilada Qahramanmarashdagidan ko‘proq qurbon berilishi mumkinligi, Yevropa Rossiya kompaniya va fuqarolarining 21,5 mlrd yevrolik aktivlarini muzlatgani, AQShda yoshlar o‘rtasidagi mushtlashuvning otishmaga aylanib ketgani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
$4 ming olganlikda gumonlanayotgan Yashnobod tumani sudi sudyasi, quyosh panellarini o‘rnatgan aholi uchun rag‘batlar, yangi ko‘p qavatli uy tomlarining yarmiga quyosh panellarini o‘rnatish talabi, 2022 yilda daraxtlarni noqonuniy kesishdan ko‘rilgan 10 mlrd so‘m zarar va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting