Toshkentning 8 ta tumanining ayrim hududlarida issiq suv o‘chiriladi
10 sentabr 2023, 11:29

Toshkentning 8 ta tumanining ayrim hududlarida issiq suv o‘chiriladi

Toshkent shahrining 8 ta tumanining ayrim hududlarida 11−15-sentabr kunlari issiq suv bo‘lmaydi.

Futbol: O‘zbekiston o‘rtoqlik o‘yinida AQShga mag‘lub bo‘ldi
10 sentabr 2023, 10:35

Futbol: O‘zbekiston o‘rtoqlik o‘yinida AQShga mag‘lub bo‘ldi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari o‘rtoqlik uchrashuvida AQSh terma jamoasiga mag‘lub bo‘lishdi. Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda ikkita gol kiritildi (statistika, video, suratlar).

O‘zDJTU va GDPIga yangi rektorlar tayinlandi
10 sentabr 2023, 09:58

O‘zDJTU va GDPIga yangi rektorlar tayinlandi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Guliston davlat pedagogika insitutiga yangi rektorlar tayinlandi. Shuningdek, Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutiga ijrochi direktor tayinlandi.

Marokashda minglab odamlar zilzila oqibatida halok bo‘ldi. Shavkat Mirziyoyev ta’ziya yo‘lladi
9 sentabr 2023, 19:05

Marokashda minglab odamlar zilzila oqibatida halok bo‘ldi. Shavkat Mirziyoyev ta’ziya yo‘lladi

Marokashda 9-sentabrga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan zilzila oqibatida 1000 dan ziyod odam halok bo‘ldi. YUNESKO Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan tarixiy hududlarga zarar yetdi. O‘zbekiston prezidenti hodisa munosabati bilan ta’ziya yo‘lladi.

Agrooziq-ovqat investitsiya forumida 24 ta to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya loyihasi bo‘yicha kelishuvlar imzolandi
9 sentabr 2023, 18:50

Agrooziq-ovqat investitsiya forumida 24 ta to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya loyihasi bo‘yicha kelishuvlar imzolandi

Samarqandda o‘tgan Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiya doirasidagi investitsiya forumida 24 ta to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya loyihasi bo‘yicha umumiy qiymati 857,3 mln dollarlik kelishuvlar imzolandi. Forum doirasidagi kelishuvlarning jami qiymati 1,88 mlrd dollarni tashkil etdi.

Toshkentda qashqadaryolik ayol 4 egizakni dunyoga keltirdi
9 sentabr 2023, 16:24

Toshkentda qashqadaryolik ayol 4 egizakni dunyoga keltirdi

Qashqadaryo viloyatida yashovchi 29 yoshli ayol Respublika perinatal markazida 4 nafar o‘g‘ilni dunyoga keltirdi. Go‘daklarning ahvoli yaxshi, ular nazorat ostida, deyiladi xabarda.

Surxondaryodagi gazeta XDP yetakchisini iste’foga chiqishga chaqirdi
9 sentabr 2023, 15:52

Surxondaryodagi gazeta XDP yetakchisini iste’foga chiqishga chaqirdi

“Surxon ovozi” gazetasi Xalq demokratik partiyasi yetakchisini iste’foga chiqishga chaqirdi. Bosh muharrirning birinchi sahifadagi maqolasida saylovda siyosiy raqobat bo‘lmagani, Ulug‘bek Inoyatov olgan 4 foiz ovoz esa sharmandali ekani aytiladi.

1-oktabrdan tashkilotlar uchun elektr va gaz narxlarini liberallashtirish rejalashtirilmoqda
9 sentabr 2023, 14:59

1-oktabrdan tashkilotlar uchun elektr va gaz narxlarini liberallashtirish rejalashtirilmoqda

O‘zbekiston hukumati 1-oktabrdan yirik korxonalar, budjet tashkilotlari, kompaniyalar va boshqa yuridik shaxslar uchun elektr energiyasi va gaz narxlarini erkinlashtirishni rejalashtirmoqda. Aholi uchun tariflar o‘zgarishsiz qoladi.

Toshkentning 8 ta tumanidagi ayrim joylar 5 kunga issiq suvdan uziladi
9 sentabr 2023, 14:23

Toshkentning 8 ta tumanidagi ayrim joylar 5 kunga issiq suvdan uziladi

11−15-sentabr kunlari “Toshkent issiqlik markazi” filiali faoliyati to‘liq to‘xtatiladi. Bunga kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari sabab bo‘lgan. Bu vaqt oralig‘ida 8 ta tumandagi bir qancha hududlarda issiq suv bo‘lmaydi. Ro‘yxat.

AQSh O‘zbekistonni Global sog‘liqni saqlash xavfsizligi dasturiga kiritadi
9 sentabr 2023, 13:27

AQSh O‘zbekistonni Global sog‘liqni saqlash xavfsizligi dasturiga kiritadi

O‘zbekiston AQSh Global sog‘liqni saqlash xavfsizligi dasturining 50 ta hamkor davlatidan biriga aylanadi. Bu haqda Toshkentda kelishuvga erishdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi va USAID ham xavfsiz va sifatli dori vositalaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirish bo‘yicha yangi memorandum imzoladi.

Morgenshtern O‘zbekistonda suratga olingan klipni taqdim etdi
9 sentabr 2023, 10:42

Morgenshtern O‘zbekistonda suratga olingan klipni taqdim etdi

Rossiyalik reper Morgenshtern “Chyorniy russkiy” qo‘shig‘i uchun olingan klipni taqdim etdi. Suratga olish ishlari sobiq “Chirchikstroy” mehmonxonasi va Toshkent viloyatidagi “Fizika-Quyosh” institutida bo‘lib o‘tgan.

Prezident sanoat korxonalarini elektrdan ogohlantirishsiz uzmaslik bo‘yicha topshiriq berdi
9 sentabr 2023, 10:07

Prezident sanoat korxonalarini elektrdan ogohlantirishsiz uzmaslik bo‘yicha topshiriq berdi

Prezident Energetika vazirligiga sanoat korxonalarini ogohlantirmasdan elektrdan uzib qo‘yish amaliyotiga “qat’iy chek qo‘yish” bo‘yicha topshiriq berdi. Bosh vazir boshchiligidagi komissiya qo‘shimcha ishlab chiqarish hajmlarini hisobga olgan holda har oyda hududlar bo‘yicha energiya balansini ishlab chiqishi kerak.

Nima tayyorlaymiz: Kotletlar
9 sentabr 2023, 10:00

Nima tayyorlaymiz: Kotletlar

Kiyevcha yoki g‘ijduvoncha qiymadan qilingan kotletlar, pomidor va pishloqli hamda baliqli kotlet, ismaloq solib pishirilgan tovuqli yoki kartoshka kotleti — Zira.uz turli mahsulotlar solib pishiriladigan kotletlarni tayyorlab ko‘rishni taklif qiladi. Retseptlar.

Gonkongda so‘nggi 140 yildagi eng kuchli yog‘ingarchilik ro‘y berdi, 130 dan ortiq kishi jabrlandi
8 sentabr 2023, 23:41

Gonkongda so‘nggi 140 yildagi eng kuchli yog‘ingarchilik ro‘y berdi, 130 dan ortiq kishi jabrlandi

Gonkongda so‘nggi 140 yil ichidagi eng kuchli yog‘ingarchilik kuzatildi. Shahar ko‘chalari, vokzal va savdo markazlari suv ostida qoldi. Suv toshqinlari oqibatida 130 dan ortiq kishi jarohatlandi, kamida ikki kishi halok bo‘lgan.

8-sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti
8 sentabr 2023, 22:00

8-sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Xorazmda zaharlab o‘ldirilgan 13 ta it, “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha ushlangan Samarqand Sog‘liqni saqlash boshqarmasi sobiq boshlig‘i, Toshkentda elektrobus “avariyasi” sabab jarohatlangan 6 kishi, FAOning qishloq xo‘jaligi bo‘yicha tashabbusiga qo‘shiladigan O‘zbekiston va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kun dayjestida.

Ravnaq-bank o‘z nomini Octobank deb o‘zgartirmoqda
8 sentabr 2023, 21:54

Ravnaq-bank o‘z nomini Octobank deb o‘zgartirmoqda

Ravnaq-bank xususiy banki mulkdori o‘zgargach, o‘z nomini Octobank deb o‘zgartirishga qaror qildi.

Issiqlik to‘lqinlari havo sifatini yomonlashtirib, atrof-muhitni ifloslantirmoqda — JMT
8 sentabr 2023, 21:28

Issiqlik to‘lqinlari havo sifatini yomonlashtirib, atrof-muhitni ifloslantirmoqda — JMT

Iqlim o‘zgarishi keltirib chiqargan issiqlik to‘lqinlari havo sifati, inson salomatligi va ekotizimlarga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Qanday qilib issiqlik ozon ifloslanishini oshiradi va shahar issiqlik orollari nimasi bilan xavfli — Jahon meteorologiya tashkiloti hisobotida.

Lenovo Markaziy Osiyodagi faoliyatini kengaytirmoqda
8 sentabr 2023, 19:00

Lenovo Markaziy Osiyodagi faoliyatini kengaytirmoqda

Lenovo kompaniyasi O‘zbekiston, Ozarbayjon va Qozog‘istonda ehtiyot qismlar omborlari tarmog‘i ochilganini e’lon qildi.

Ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil etiladi
8 sentabr 2023, 15:48

Ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil etiladi

Prezident qarori bilan Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning hududiy filiallari tashkil etiladi. Ularda irsiy kasalliklari bor bolalar maxsus dori vositalari va oziq-ovqat bilan ta’minlanadi.

O‘zbekistonda samolyotlar importini soddalashtirish rejalashtirilmoqda
8 sentabr 2023, 15:39

O‘zbekistonda samolyotlar importini soddalashtirish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda xususiy aviakompaniyalarni rivojlantirish uchun ishlab chiqarilgan kundan boshlab 25 yildan ortiq vaqt o‘tmagan lizingga olingan havo kemalarini olib kirishda davriy bojxona to‘lovlaridan ozod qilish rejalashtirilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting