Turkiyada 7 balli zilzila ro‘y berib, oqibatda ko‘plab odamlar halok bo‘ldi. Shavkat Mirziyoyev prezident Rejep Tayyip Erdog‘anga hamdardlik yo‘lladi. O‘zbekiston TIV hozircha zilzilada o‘zbekistonliklar jabrlangani bo‘yicha murojaat kelib tushmaganini ma’lum qildi.
AQSh 2022 yilda turistik va ishbilarmonlik vizasi uchun o‘zbekistonliklar topshirgan arizalarning 47 foizini rad etdi, bu 2021 yilga nisbatan yomonroq, biroq avvalgi yillarga qaraganda yaxshiroq ko‘rsatkich sanaladi.
Namanganda fuqaro Telegram`da ekstremistik g‘oyalarni targ‘ib qiluvchi 9 kishilik guruh ochib, unda Suriyadagi «Tavhid va jihod katibasi» terroristik tashkiloti safiga qo‘shilishga da’vat qilib kelgani aytilmoqda. Holat bo‘yicha jinoyat ishi ochildi.
Tijorat banklari 6 fevral kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 240 — 11 335 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksariyat banklarda 11 375 so‘m.
«Agrobank» ATB Qamashi tumani filiali mansabdor shaxslari salkam 4 mlrd so‘mni o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganlikda gumonlanmoqda. Tergov davomida ularning 3 nafariga qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Fransiyada o‘tgan dzyudo bo‘yicha «Katta dubulg‘a» turnirida 7 nafar bo‘lib qatnashgan O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi. Birinchi bronzaga Kamoliddin Baxtiyorov, ikkinchi medalga o‘zaro vatandoshi bilan kurashgan Alisher Yusupov ega chiqdi.
Dushanba kuni tongda Turkiya janubida sodir bo‘lgan qator zilzilalarda o‘nlab odamlar halok bo‘ldi va yuzlab odamlar jarohat oldi. Mamlakatda ogohlantirishning eng yuqori darajasi e’lon qilindi. Suriya shimolida ham o‘nlab odam vafot etgan, yuzlab yaradorlar borligi aytilmoqda.
Bosh prokuratura Nukus voqealari bo‘yicha sudlangan Polat Shamshetov o‘limi yuzasidan tayinlangan sud-tibbiy ekspertizasi natijasini e’lon qildi. Unga ko‘ra marhum o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi, o‘tkir yurak-qon tomiri yetishmovchiligi oqibatida vafot etgan.
Qo‘ng‘irot tumani «Jasliq» posyolka fuqarolar yig‘inida Nexia 3 va yuk mashinasi o‘rtasida avtohalokat yuzaga kelib, 5 nafar odam vafot etdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Sog‘liqni saqlash vaziri oyligi kundalik xarajatlariga yetmayotgan shifokorlarga kutilmagan taklif bilan chiqdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bemor mehr bilan davolansa, o‘zi rozi bo‘lib, barakasini berib ketadi. «O‘zini brendini yaratsa, xalqning o‘zi boqadi», — dedi Amrillo Inoyatov.
Sirdaryo viloyat Ekologiya boshqarmasi tarmoqlarda yovvoyi to‘ng‘iz odamlarga hujum qilgani haqidagi videoxabar bo‘yicha munosabat bildirdi. Unga ko‘ra, o‘tgan yil oktabrida Guliston tumanida haqiqatdan ham bir bosh yovvoyi to‘ng‘iz ovlanib, traktorda sudrab olib ketilgan, biroq qolgan kadrlar montajda qo‘shilgan.
Nukus voqealari bo‘yicha tekshiruv o‘tkazuvchi parlament komissiyasi Qoraqalpog‘iston IIV Jinoyat qidiruv boshqarmasi bo‘limining sobiq boshlig‘i Polat Shamshetovning Buxorodagi tergov izolyatorida vafot etgan holatini o‘rganishini ma’lum qildi.
Pokistonning sobiq prezidenti Parvez Musharraf uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng 79 yoshida vafot etdi. U 2013 yilda davlatga xiyonatda ayblanib, o‘lim jazosiga hukm qilingandi.
Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida 98 mln dollar evaziga quvvati 100 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi quriladi. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov loyihani 2024 yil 2-choragida emas, balki 2023 yil oxirigacha yakunlash kerakligini aytib, buning uchun har tomonlama ko‘mak ko‘rsatilishini bildirdi.
Andijon tumanida yuk mashinasi haydovchisi yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan 21 yoshli ayolni bosib ketdi. Ko‘rsatilgan yordamga qaramasdan u shifoxonada vafot etdi.
Peshku tumanida ikki shaxs 28 kishiga, yana biri 8 kishiga arab tili bahonasida noqonuniy diniy ta’lim berib kelayotgani aniqlandi. Ular faoliyati taqiqlangan Sodiq Samarqandiyning ma’ruzalarini ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatib kelgani ham ma’lum bo‘ldi.
Kattaqo‘rg‘on tumanida bir guruh shaxslar ichida 720 mln so‘m bo‘lgan bankomatni o‘g‘rilab ketdi. Surishtiruv davomida apparat bo‘laklari tashlandiq joydan topildi. Holat bo‘yicha 4 kishi qamoqqa olindi.
AQSh va Kanadada -50 darajali sovuq bo‘lishi kutilayotgani, Xitoyda karantin cheklovlari olib tashlanganidan so‘ng 80 kishining koronavirusdan vafot etgani, 18 yoshli kanadalik qizning lotoreyadan birinchi urinishda 36 mln dollar yutib olgani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Qoraqalpog‘iston IIV Jinoyat qidiruv boshqarmasi bo‘limining sobiq boshlig‘i, Qoraqalpog‘istonning birinchi prezidenti Dauletbay Shamshetovning o‘g‘li Polat Shamshetov taxminan yurak xurujidan vafot etdi. U Nukus voqealari bo‘yicha aybdor deb topilib, 6 yil qamoq jazosiga hukm qilingandi.
Parkent tumani Zarkent qishlog‘ida avtokran qulab, uning mashinisti shifoxonada vafot etdi. Hodisa bo‘yicha maxsus tekshirish o‘tkazilib, xulosalar huquq-tartibot organlariga taqdim etilishi ma’lum qilindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting