O‘zbekiston fuqarolari uchun Qozog‘istonda ro‘yxatdan o‘tmasdan qolish muddati 30 kungacha uzaytirildi. Eski tartibga ko‘ra, bu muddat 5 kunni tashkil etardi.
Yanvarning oxirgi kunlaridagi sovuq fevral boshida ham saqlanib turadi. Bu oyda yog‘ingarchilik ko‘p bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Fevral oxirigacha harorat kechalari +2…−5 darajagacha, kunduzi +2…+17 darajagacha o‘zgarib turishi kutilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda yangi o‘quv yilidan maktablarda 6 ta fan o‘tilmasligi haqida xabar tarqaldi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi buni rad etib, xabarlar 2020 yil karantin davrida chiqqan eski ma’lumotlar ekanini bildirdi.
Toshkentda «7-avtobus saroyi»ga tegishli 94-sonli yo‘nalishdagi avtobusni singan orqa oynalari skotchlangan holda yo‘lga chiqargan mexanik ishdan bo‘shatildi. Saroy bosh muhandisiga xayfsan berildi.
DXXning poytaxt va Toshkent viloyatida olib borgan tadbirlari natijasida fuqarolardan noqonuniy sotilayotgan 20 ming donaga yaqin giyohvand moddalar olib qo‘yildi. Barcha kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari Qirg‘izistondan olib kirilgan.
Buxoro viloyati sudida Nukusdagi iyul voqealarini sodir etganlikda ayblangan 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni tugab, sud hukmi e’lon qilindi. «Gazeta.uz» barcha gumondorlarga nisbatan o‘qilgan hukmning to‘liq ro‘yxatini e’lon qilmoqda.
Qoraqalpog‘iston voqealari bo‘yicha jinoiy ish yuzasidan asosiy ayblanuvchi Dauletmurat Tajimuratov 16 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Jazoning dastlabki 2 yilini turmada, qolgan qismini qattiq tartibli koloniyada o‘tash, shuningdek, undan 228 mln so‘m zararni undirish belgilandi.
Nukus voqealari bo‘yicha sud hukmida Lolagul Kallixanova, Azamat Turdanov, Axmet Smetullayev va Azamat Nuratdinovlarga nisbatan ozodlikni cheklash va qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi bekor qilindi. Ular sud zalidan shartli ravishda ozodlikka chiqarildi.
Transport vazirligi Toshkent avtovokzalidan shaharlararo qatnovchi avtobuslarga onlayn chipta xarid qilish uchun «UzBus» mobil ilovasini ishga tushirdi. Shu vaqtgacha onlayn chipta faqat Avtoticket.uz sayti orqali olinayotgan edi.
Markaziy saylov komissiyasi Toshkent shahrining sobiq hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevni Oliy Majlis Senati a’zolari ro‘yxatidan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Tijorat banklari 31 yanvar kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 270 — 11 310 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksariyat banklarda 11 360 so‘m.
1−2 fevral kunlari Samarqand, Jizzax va Toshkent viloyatlarida kuchli yog‘ingarchilik kuzatiladi. 9 ta viloyatda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Ayrim viloyatlarda kuchli shamollar bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
Ayni daqiqalarda Buxoro viloyati sudi binosida 1−2 iyuldagi Nukus voqealarida ayblanayotgan 22 nafar sudlanuvchiga nisbatan hukm o‘qib eshittirilishi kutilmoqda. «Gazeta.uz» muxbirlari sud zalidan jarayonni onlayn yoritib boradi, shunga ko‘ra mazkur material vaqti-vaqti bilan yangilanadi.
Bo‘stonliq tumani Chorvoq qo‘rg‘onida uy portladi. Hodisa oqibatida 4 fuqaro turli darajada jarohat olib, shifoxonaga yotqizildi.
Arab tili kursidagi xatti-harakatlari uchun ishdan olingan Toshkent tumanidagi «Eshonxo‘ja ota» masjidi imom-xatibi Avazxo‘ja Bahromov 3 sutkaga qamaldi. U 27 yanvar kuni o‘quv markazida fuqaro M.A.ni so‘kib, mayda bezorilik sodir etgan.
Pokistonda masjiddagi portlashda 44 kishining halok bo‘lgani, Yaponiyadagi «Takaxama» AES reaktori ishida nosozlik qayd etilgani, dunyoda neft narxining pasaygani, AQShda yanvar oyida qurolli zo‘ravonlik bo‘yicha antirekord qayd etilgani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Huquqni muhofaza qilish organlari Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi matbuot kotibi Mavjuda Mirzayevani hibsga oldi. Uning qizi Zarina Mirzayevaga ko‘ra, onasi bilan uch kundan beri aloqa yo‘q. Jurnalist Kompromatuzb Telegram-kanali ishi doirasida DXX tergov hibsxonasida tergov qilinmoqda.
Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ygan Shavkat Mirziyoyev, «Spetsiya» futbol klubiga o‘tgan Eldor Shomurodov, iliq ob-havo prognozi, ishga tushishni boshlagan metan «zapravka»lar, Nukusda portlagan ko‘p qavatli uy, Rossiyadan AI-80 benzin importi boshlangani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
O‘zbekistonda 30 yanvardan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari faoliyati qayta tiklanishni boshladi. Gaz bosimi me’yoriga kelishiga qarab taxminan 2−3 kunda barcha metan «zapravka»lar odatdagi rejimda faoliyat yuritishni boshlaydi.
28 yanvardan «O‘zbekneftgaz» kompaniyasining UNG Petro AYOQSHlarida Rossiyaning AI-80 benzini sotuvi boshlandi. RFda bunday yoqilg‘i tadbirkorlarning maxsus buyurtmasi bilan ishlab chiqariladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting