Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlariga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga doir taqiqlar belgilanmoqda.
O‘zbekiston Filippin bilan Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi. Filippin so‘nggi ikki oy ichida Toshkent muzokaralarni yakunlagan to‘rtta davlatdan biriga aylandi, dedi prezidentning JST bo‘yicha maxsus vakili Azizbek Urunov.
AQSh prezidenti Jo Bayden o‘g‘li Hanter Baydenni “sodir etgan yoki sodir etgan bo‘lishi mumkin” bo‘lgan jinoyatlari uchun afv etdi. U soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash, qalbaki soliq deklaratsiyasini taqdim etish, noqonuniy qurol saqlash kabi jinoyatlarda ayblangan.
O‘zbekistonda ish haftasi davomida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi +5…+10 darajagacha ilishi, kechasi -3 darajagacha sovishi mumkin.
Hafiza Artikova Buxoro viloyati hokimining o‘rinbosari — oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Shu vaqtgacha mazkur lavozimda ishlagan Feruza Ibragimova esa boshqa ishga o‘tdi.
Bosh prokuratura O‘zbekistonda o‘tgan 10 oy ichida ish haqi va nafaqa pullarining 5,8 mlrd so‘mi talon-toroj qilinganini aniqladi. Bundan tashqari, kredit mablag‘larining 2,5 trln so‘mi talon-toroj qilingani aniqlanib, bank va mijoz korxonalar rahbarlariga nisbatan 906 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.
Hukumat qarori bilan yirik bozorlarda jamoat tartibini saqlash va yong‘in xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha tartib tasdiqlandi. Hujjatda O‘zbekiston hududidagi yirik bozorlarning tasdiqlangan ro‘yxati keltirilgan.
O‘zbekistonga yaqinlashib kelayotgan antitsiklon sabab ish kunlari havo sovuq va quruq bo‘ladi. Bu mamlakat energetikasiga yuklama ortishiga, shuningdek, Toshkent havosining sezilarli ifloslanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shanba kuni tog‘larda, yakshanbada esa asosiy aholi yashovchi hududlarda qor yog‘ishi kutilyapti.
Nukusda rossiyalik jurnalist Aleksey Pivovarov suratga olish guruhi bilan qo‘lga olindi. Bunga uning akkreditatsiyadan o‘tmasdan ish olib borgani sabab bo‘ldi. Pivovarovning o‘zi keyinroq ularni qo‘yib yuborishganini yozdi: “Hammasi yaxshi!”
Wizz Air kompaniyasining Toshkentdagi vakili “Gazeta.uz” muxbiri Mirolim Isajonovga Abu-Dabi aeroportida o‘zbekistonlik o‘nlab erkaklar mamlakatga kira olmagan vaziyat haqida gapirib berdi. Uning aytishicha, kompaniya bunday yo‘lovchilarni qaytish chiptasi bilan ta’minlaydi.
Abu-Dabiga uchib borgach, BAAga kiritilmagan 10 dan ortiq o‘zbekistonlik ortga qaytib keldi. Hamma o‘z hisobidan chipta sotib olishga majbur bo‘ldi. “Ushlab turishlar aynan Abu-Dabida sodir bo‘lmoqda. Dubayga uchib kelgan tanishlarimiz hech qanday muammoga duch kelmadi”, — dedi yo‘lovchilardan biri.
O‘zbekiston va Xitoy Tashqi ishlar vazirlari O‘zbekiston fuqarolariga 30 kun davomida Xitoy Xalq Respublikasiga vizasiz sayohat qilish huquqini beruvchi kelishuvni imzoladilar. O‘zgarishlarning kuchga kirishi to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Ichimlik va oqova suv uchun to‘lovlar faqat elektron shaklda qabul qilinadi, kambag‘al oilalar reyestri shakllantiriladi, avtoraqamlar uchun to‘lov qilish osonlashtiriladi, “Majburiyatlar reyestri” instituti joriy etiladi — 1-dekabrdan nimalar o‘zgaradi?
Mobiuz 1-dekabr - tug‘ilgan kuni munosabati bilan amaldagi va yangi abonentlariga yoqimli yangiliklarni taqdim etmoqda.
Uchta viloyatning 12 ta tuman va shahri hokimi elektr energiyasi va gazni tejash bo‘yicha rejalarni buzgani, ulardan foydalanish limitlarini oshirgani uchun hayfsan oldi. Energiya resurslari talon-toroj qilingani uchun 2 hokim va 3 hokim o‘rinbosari jazolandi. “O‘zbekko‘mir” rahbari o‘rinbosari ham jazo oldi.
Wizz Air aviakompaniyasi bilan Abu-Dabiga uchgan o‘nlab O‘zbekiston fuqarolarining pasportlari olib qo‘yilib, so‘roq qilindi. Ular “Gazeta.uz”ga buning sababi aytilmagani, bosim o‘tkazilgani, uzoq vaqt ovqatsiz qolganini bildirdi. Ularning ko‘pi qaytish chiptalarini o‘zlari sotib olgan.
2008-yildan 2022-yilgacha Xalqaro qilichbozlik federatsiyasiga prezidentlik qilgan Alisher Usmonov yana bu lavozimga saylandi. FIE prezidentligi uchun kurashda unga shvetsiyalik Otto Drakenberg raqiblik qildi. Usmonov 2022-yilda sanksiyalar ostida qolgach, bu lavozimdan ketishga qaror qilgandi.
Suriyada qo‘zg‘olonchilar Idlibda 25 ta qishloq va harbiy aeroportni egallab oldi. Shuningdek, hukumat qo‘shinlari Halabni deyarli qarshiliksiz tark etgani ma’lum qilindi. Hujum boshlanganidan beri kamida 277 kishi halok bo‘ldi. “Gazeta.uz” vaziyat bo‘yicha Meduza tayyorlagan materialning tarjimasini havola etadi.
Kipr hukumati 77 nafar chet el fuqarosiga berilgan “oltin” pasportni bekor qilishga qaror qildi. Ushbu ro‘yxatda Alisher Usmonovning singlisi Gulbahor Ismoilova ham bor. Hukumat komissiyasi surishtiruvi davomida ular tomonidan qoidabuzarliklar aniqlangani aytildi.
Tbilisida Yevropa integratsiyasi bo‘yicha muzorakalarning bekor qilinishiga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari davom etmoqda. Ikki kunda 150 dan ortiq kishi qo‘lga olindi, 10 nafar politsiyachi jarohatlandi. Prezident politsiya harakatlarini “Rossiya uslubidagi qatag‘onlar” bilan taqqosladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting