O‘zbekistonda 61 ta davlat tashkiloti va 208 ta hokimiyatda 118 ming davlat xizmatchisi ishlaydi. Vazirlik va idoralar kamaytirilishi ortidan xodimlar soni ham qisqaradi. «Qaysi vazirlikdan qancha odam qisqartirilishi hozircha ma’lum emas. Ammo ularning soni aniq kamayadi», — dedi Otabek Hasanov.
SSV 18 nafar bola «Dok-1 Maks» siropini ichib vafot etganini tasdiqladi. Aniqlanishicha, dori shifokor retseptisiz, mustaqil yoki farmatsevt tavsiyasi bilan sotib olingan va me’yordan ortiq dozada qabul qilingan. Holat o‘rganilgach, yetti nafar mas’ul ishdan olindi. Dori savdosi esa to‘xtatildi.
Tijorat banklari 27 dekabr kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 150 — 11 210 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksar banklarda 11 250 so‘m.
Andijon viloyatida 63 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni o‘zlashtirishda ayblangan 45 nafar sudlanuvchining aksariyatiga qamoq jazosi tayinlandi. Xususan, Andijonning sobiq hokimi Bahrom Haydarov 10 yilga, sobiq prokuror Qurbonali Asqarov esa 10,5 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Farg‘ona shahrida Nexia yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yubordi. Hodisa oqibatida jabrlanuvchi vafot etdi.
O‘zbekistonning 11 oylik tashqi savdo hisobotida noyabrda 173 mln dollarlik ko‘mir importi qayd etildi. Statqo‘m ko‘mir va gaz ko‘rsatkichlari almashib qolgani, shuning uchun bunday katta miqdorda ko‘mir olinganday ko‘ringanini ma’lum qildi. Qozog‘iston statistikasi bilan farq bo‘yicha ham tushuntirish berildi.
Ishdan olingan Surxondaryo hokimi, deputatlik vakolati rasman tugatilgan Rasul Kusherbayev, Sankt-Peterburgga ketgan Shavkat Mirziyoyev, Qashqadaryoda shifoxonada bo‘lgan portlash, yosh bolasini shafqatsiz kaltaklagan urgutlik ayol, Tracker`ga urilgan tez yordam mashinasi va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Bolalar ombudsmani Samarqanda «Dok-1 Maks» tabletka va siroplarini iste’mol qilishi natijasida vafot etgan bolalar soni 18 nafarga yetganini ma’lum qildi. Bemorlar Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy va Samarqand viloyatlaridan bo‘lgan. Bolalarning barchasi 6 yoshgacha bo‘lgan.
Davlat tashkilotlarining qisqarishi ortidan 2,8 trln so‘m tejaladi, ular ijtimoiy sohaga sarflanadi. Jumladan, moliya vaziri o‘rinbosari shundan 2,3 trln so‘mini 1−4 sinf o‘quvchilarini bepul ovqatlantirishga yo‘naltirishni taklif qildi. «Lekin buni qabul qilish parlament qo‘lida», — dedi Odilbek Isoqov.
Rossiyaning Ukrainaga bosqini ta’siri Rossiya bilan yaqin iqtisodiy aloqalarga ega bo‘lgan Markaziy Osiyo uchun katta ahamiyatga ega, dedi Yaponiya tashqi ishlar vaziri Yosimasa Xayashi MO + Yaponiya vazirlari yig‘ilishida. Tomonlar Transkaspiy yo‘nalishi bo‘yicha hamkorlikni chuqur o‘rganishga kelishib oldilar.
Tarmoqlarda Farg‘ona viloyatida Cobalt haydovchisi harbiy xizmatchini katta tezlikda urib, qochib ketgani aytilgan video tarqaldi. Viloyat prokuraturasi oddiy askar olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgani va haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.
Rossiyada ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolariga katta pul evaziga narkotik yoki taqiqlangan moddalar solingan buyurtmalarni yetkazib berish taklif qilinayotgani ma’lum bo‘ldi. Migratsiya agentligi fuqarolarni norasmiy kurerlik xizmatlariga ishonmaslikka, yetkazib berishdan oldin mahsulotni tekshirishga chaqirdi.
Qashqadaryodagi viloyat salomatlikni tiklash shifoxonasida portlash sodir bo‘ldi. Oqibatda ikki nafar fuqaro tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizildi.
Prezidentning tegishli qarori bilan «Samarqand — Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi» targ‘ibot kampaniyasi yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, 2026 yilgacha mehmonxona biznesi vakillari kerakli tovarlar va turistik markazda «vaqtincha» olib kiriladigan uskunalar uchun davriy bojxona to‘lovlaridan ozod etiladi.
«O‘zenergoinspeksiya» 3 kunda 13 mingdan ziyod xonadonning bir oylik iste’moliga teng hajmdagi elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan holatni aniqladi. Natijada energetika tizimiga 1,16 mlrd so‘m zarar yetdi.
To‘ra Bobolov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Surxondaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga Toshkent shahar prokurori lavozimida ishlab kelgan Ulug‘bek Qosimov viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Dang‘ara tumanida Lacetti yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tayotgan velosipedchini urib yubordi. Jabrlanuvchi tuman markaziy shifoxonasida vafot etdi.
Parlament komissiyasi a’zosi Gulnoz Mamarasulova «Gazeta.uz» bilan suhbatda Nukus voqealari bo‘yicha sud jarayoni qanday kechayotgani, Qoraqalpog‘istonning sobiq va amaldagi rahbarining ko‘rsatmasi muhimligi, qolaversa, nima uchun komissiya haligacha o‘z hisobotini e’lon qilmagani haqida so‘zlab berdi.
Urgut tumanining Vatak mahallasida ayol yosh bolasini shafqatsiz kaltaklagandi. Viloyat IIB ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi. Hozirda bolaning ahvoli yaxshi bo‘lib, shifokorlar kuzatuviga olingan.
Deputat Rasul Kusherbayevning vakolati rasman tugatildi. Bu haqda tegishli qaror 26 dekabr kuni Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisida qabul qilindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting