IIV matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 2022 yil boshidan buyon 90 dan ortiq is gazidan zaharlanish holati qayd etilgan. Ular oqibatida 146 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgan.
Chilonzor tumanida 3 ta avtomobil oynasini sindirib ketilgani aniqlandi. Toshkent shahar IIBB ushbu holat yuzasidan gumondor sifatida 2005 yilda tug‘ilgan shaxs qo‘lga olinganini ma’lum qildi.
Veolia Energy Tashkent issiqlik ta’minoti korxonasi poytaxtdagi muammoli uchastkalarga 230 ta retsirkuryatsiya nasoslarini o‘rnatmoqda. Kompaniyaning qayd etishicha, bu issiqlik va issiq suvni yetkazib berishni yaxshilashga xizmat qiladi.
Prezidentning ma’muriy islohotlar to‘g‘risidagi farmoni bilan bosh vazir o‘rinbosarlari soni sakkiztadan to‘rttaga qisqartiriladi, bosh vazir maslahatchilari lavozimlari tugatiladi. Bosh vazir o‘rinbosarlari bir vaqtning o‘zida vazirlik va boshqa rahbarlik lavozimlarini egallashlari taqiqlandi.
O‘zbekiston prezidenti vazirlik va idoralar sonini 61 tadan 28 taga qisqartirish to‘g‘risidagi hujjatlarni imzoladi. 20 ta idora butunlay tugatildi. Vazirliklarning yangi nomlari ro‘yxati.
O‘zbekiston prezidenti huzurida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda olis hududlardagi maktablar harbiy prokuratura idoralariga biriktirilishi aytildi. Maqsad — yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va huquqiy savodxonligini oshirishdan iborat.
Nukus voqealariga oid jinoyat ishi bo‘yicha sudda guvohlarni so‘roq qilish davom etmoqda. Joriy haftada 115 kishi, jumladan, alohida jinoiy ish bo‘yicha 39 nafar sudlanuvchi ko‘rsatuv berdi. Jamoat kafilligi ostida ozod qilingan yoki uy qamog‘iga o‘tkazilgan 107 nafar ayblanuvchi ham so‘roq qilinmoqda.
O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida 6,4 mlrd dollarlik hujjatlar imzolandi. Neft-gaz va neft-kimyo sanoati, mashinasozlik hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilandi.
Deputatlik faoliyatini yakunlashini aytgan Rasul Kusherbayev, uning ketidan yana bir deputat ishda ketishga qaror qilgani, 2023 yilga qo‘shimcha dam olish kunlari, yana 60 tup daraxt kesib tashlangani, pora bilan ushlangan Qashqadaryoda tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Prezidentning tegishli farmoni bilan 2023 yilda qo‘shimcha ishlanmaydigan va dam olish kunlari belgilandi. Xususan, Yangi yil bayramida o‘zbekistonliklar 4 kun dam oladi.
Yangi yil arafasida Samarqand Darvoza savdo markazi mehmonlarni ajoyib bezaklar, bayramona dastur va brendlarning sovg‘alari bilan quvontiradi.
Toshkent shahar Uchtepa tuman Kengashi deputati Nuriddin Zaynitdinov partiyadoshi Rasul Kusherbayevdan keyin deputatlikdan ketishga qaror qilganini ma’lum qildi. «Bu qaror vaqt masalasi edi», deb yozgan u. Avvalroq u bosim va provokatsiyalarga uchragani haqida xabar bergan edi.
Deputat Rasul Kusherbayev Qalampir.uz`ga bergan intervyusida «ayrim idora va rahbarlar»ning parlamentga munosabatidan juda xafa ekanini aytdi. «Biz o‘zgarishlarni xohlaymiz. Ammo ko‘p joylarda ikkiyuzlamachilik bo‘lib yotibdi», dedi u va hech kimni ayblamasligini, lekin o‘zi aybdor ekanini qo‘shimcha qildi.
Qoraqalpog‘istonda umumiy quvvati 1500 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasi qurishi bo‘yicha Saudiya Arabistonining ACWA Power kompaniyasi bilan shartnomalar imzolandi.
Olmaotada yanvar voqealari qurbonlari xotirasi uchun o‘rnatilgan «Tag‘zim» yodgorligi ochildi. Marosimda Qozog‘iston prezidenti qatnashdi. U fojiali hodisalarni doimo yodda tutish lozimligini, shu bois yodgorlik o‘rnatish haqida ko‘rsatma berganini ta’kidladi. Voqealar davomida 238 kishi halok bo‘lgandi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining eng mashhur deputati Rasul Kusherbayev deputatlik faoliyatini yakunlashini e’lon qildi. «Bunday ishlay olmas ekanman, bunga majbur bo‘lganimdan afsusdaman», — deb yozadi u.
Toshkent viloyatining Krasnogorsk qishlog‘ida bir nechta mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 57 tup sog‘lom ko‘p yillik daraxt kesib ketildi. oktabr oyida tuman obodonlashtirish bo‘limi 73 ta qurib qolgan yoki qurib qolgan daraxtni kesish uchun DXAdan ruxsat so‘ragan. Quyi Chirchiqda ham 7 tup daraxt kesildi.
Qarshi tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i pora bilan ushlangani aytilmoqda. U fuqaroni ishga kiritib qo‘yish evaziga 500 dollar olayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Dam olish kunlari respublikaning barcha hududlarida quruq va asosan kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kechasi va ertalab ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Yakshanba kuni esa mamlakat hududidan sovuq havo chekina boshlaydi va kunduz kuni havo +7…+10 daraja, janubda +11…+13 darajagacha iliydi.
Afg‘oniston Oliy ta’lim vaziri ayollarning OTMga erkak hamrohsiz kelgani, hijob masalasi, aralash dars o‘tilgani va «islomga zid» fakultetda o‘qigani uchun ularga ta’qiq qo‘yilganini aytdi. Vazir bu haqda xalqaro hamjamiyatning fiklariga nisbatan mamlakatning ichki ishlariga aralashmaslikni so‘radi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting