O‘zbekistonning doimiy aholisi 36 milliondan oshdi
10 dekabr 2022, 13:44

O‘zbekistonning doimiy aholisi 36 milliondan oshdi

9 dekabr kuni O‘zbekistonning doimiy aholisi 36 milliondan oshdi. Yil boshida bu ko‘rsatkich 35,271 million nafarni tashkil etgan edi.

DXX Toshkent viloyatidagi yashirin narkolaboratoriya faoliyatiga chek qo‘ydi
10 dekabr 2022, 12:46

DXX Toshkent viloyatidagi yashirin narkolaboratoriya faoliyatiga chek qo‘ydi

Yuqori Chirchiq tumanida 2 fuqaro tomonidan tashkil etilgan yashirin narkolaboratoriya aniqlandi. Tekshiruvlar natijasida jami 1,21 kg «Mefedron» sintetik giyohvandlik vositasi, 18 gramm «opiy» va 41 gramm «gashish» moddasi aylanmasining oldi olindi.

O‘zbekistonda AI-80 benzini narxi 5500 so‘mgacha arzonlashishi kutilmoqda
10 dekabr 2022, 11:00

O‘zbekistonda AI-80 benzini narxi 5500 so‘mgacha arzonlashishi kutilmoqda

O‘zbekistonda AI-80 benzini uchun aksiz solig‘ining bekor qilinishi uning 1000−1200 so‘mgacha arzonlashishi hamda AYOQSHlarda 5500 so‘m atrofida sotilishiga olib kelishi kutilmoqda.

Bir kunda yana 130 kishida koronavirus aniqlandi
10 dekabr 2022, 10:57

Bir kunda yana 130 kishida koronavirus aniqlandi

Juma kuni O‘zbekistonda 130 kishi kovidga chalindi (oldingi kun 122 kishi). Kasallanganlarning 107 nafari Toshkent shahrida aniqlandi.

Nima tayyorlaymiz: Pechda pishirilgan taomlar
10 dekabr 2022, 10:46

Nima tayyorlaymiz: Pechda pishirilgan taomlar

Pechda pishirilgan tovuqli ruletlar, kartoshkalar bilan gaz pechida pishirilgan qo‘y go‘shti, go‘shtli uyalar, kartoshka va go‘shtli frikadelka, sabzavotlar bilan pishirilgan tovuq sonlari va boshqalar — Zira.uz mazali va noodatiy pechda pishirilgan taomlar ro‘yxatini taqdim etadi.

«Bizlarni bu holatga olib kelganlar suvdan quruq chiqib ketmaydi» — Sardor Umurzakov
10 dekabr 2022, 08:36

«Bizlarni bu holatga olib kelganlar suvdan quruq chiqib ketmaydi» — Sardor Umurzakov

Prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzakov O‘zbekistonda energiya inqiroziga sababchi bo‘lganlar «suvdan quruq chiqmasligiga» va’da berdi. «Ularning ba’zilari hozir ichimizda, yig‘ilishda o‘tiribdi», — dedi u. Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha komissiya har kuzda tashkil etilishi ma’lum qilindi.

«G‘isht zavodining noqonuniy ulanishidan prokurorning manfaati bormi?» — PA rahbari
10 dekabr 2022, 07:58

«G‘isht zavodining noqonuniy ulanishidan prokurorning manfaati bormi?» — PA rahbari

Prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzakov Toshkent viloyati prokurori Olmaliqdagi gazga noqonuniy ulanib olgan g‘isht zavodini uzib qo‘ymaslikni so‘raganini ma’lum qildi. «Bunaqalarning orqasida kimlar turganigacha topamiz. U hokim bo‘ladimi, prokuror yoki soliqchimi, farqi yo‘q», — dedi u.

«Bu energetik alyans bo‘lishi mumkin». Putin Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi gaz ittifoqi haqida
9 dekabr 2022, 22:03

«Bu energetik alyans bo‘lishi mumkin». Putin Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi gaz ittifoqi haqida

RF prezidenti Vladimir Putin yana O‘zbekiston va Qozog‘iston bilan gaz bo‘yicha hamkorlik masalasini ko‘tardi. Uning qayd etishicha, bu davlatlar iqtisodiyotida gazga bo‘lgan talab ortib bormoqda, shu bilan birga, eksport majburiyatlari ham mavjud.

9 dekabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
9 dekabr 2022, 22:00

9 dekabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Yangi yil bayramida «svet»dan muammo bo‘lmasligi aytilgani, gaz uzilganiga qarshi norozilik uchun qamalgan farg‘onaliklar, Facebook`dagi izohlari uchun jurnalistlarning ota-onalarini so‘roq qilgan IIB, ortiqcha vaznli organ xodimlari, sovuq dam olish kunlari va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

O‘zbekiston Turkmanistondan elektr energiyasi importini oshirdi
9 dekabr 2022, 20:06

O‘zbekiston Turkmanistondan elektr energiyasi importini oshirdi

Turkmaniston O‘zbekistonga sutkalik elektr energiyasi yetkazib berish hajmini qariyb 17 foizga — 20−21 mln kVt/soatgacha oshirdi.

Farg‘ona NQIZda benzin va suyultirilgan gaz ishlab chiqarish hajmi oshirilmoqda
9 dekabr 2022, 19:24

Farg‘ona NQIZda benzin va suyultirilgan gaz ishlab chiqarish hajmi oshirilmoqda

Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida AI-80 markali benzinning sutkalik ishlab chiqarish hajmi 850 tonnadan 1000 tonnaga, suyultirilgan gaz ishlab chiqarish hajmi esa 30 tonnadan 50 tonnaga oshirilmoqda.

Jurnalistlarning ota-onalari so‘roq qilinishi haqida jamoatchilik nima demoqda?
9 dekabr 2022, 18:57

Jurnalistlarning ota-onalari so‘roq qilinishi haqida jamoatchilik nima demoqda?

Jurnalistlarning Facebook`dagi post va izohlari uchun ularning viloyatlarda yashayotgan ota-onalari bilan «suhbat uyushtirildi». Jamoatchilik buni qoralab, tizim «o‘zgarolmayotgani»ni yozmoqda. «Gazeta.uz» mazkur izohlarni jamladi.

IIV: «Ortiqcha vaznga ega xodimlar 5−7 foizni tashkil qiladi»
9 dekabr 2022, 17:55

IIV: «Ortiqcha vaznga ega xodimlar 5−7 foizni tashkil qiladi»

IIV tizimidagi kadrlarning 5−7 foizi ortiqcha vaznga ega xodimlardan iborat. Muntazam ravishda mashg‘ulotlar olib borilishi tufayli semiz xodimlar soni har yili kamaymoqda. Vazirlik rasmiysiga ko‘ra, antropometrik ko‘rsatkichlari yuqori xodimlarga maxsus unvonlar berilmayapti, yuqori lavozimga tayinlanmayapti.

Yetarli miqdordagi tabiiy gaz importi yo‘lga qo‘yilsa, gaz bilan bog‘liq muammolar yechiladi — Sherzod Xodjayev
9 dekabr 2022, 17:19

Yetarli miqdordagi tabiiy gaz importi yo‘lga qo‘yilsa, gaz bilan bog‘liq muammolar yechiladi — Sherzod Xodjayev

Energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xodjayev yetarli miqdordagi tabiiy gaz importi yo‘lga qo‘yilsa, issiqlik elektr stansiyalari belgilangan reja asosida kerakli hajmda elektr energiyasini ishlab chiqarilishini ma’lum qildi. Shuningdek, u qazib olinayotgan gaz to‘liq ichki iste’molga yo‘naltirilayotganini aytdi.

Yangi yil bayramida elektr bo‘yicha muammo bo‘lmaydi — vazir o‘rinbosari
9 dekabr 2022, 16:33

Yangi yil bayramida elektr bo‘yicha muammo bo‘lmaydi — vazir o‘rinbosari

O‘zbekiston energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xodjayev Yangi yil bayramida elektr bo‘yicha muammo bo‘lmasligini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bayramda elektrga bo‘lgan talab pasayadi, chunki bu paytda qator obyektlar o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatadi.

«Mas’ullarga tanbeh berildi». IIV jurnalistlarning ota-onalari so‘roq qilingan holatga munosabat bildirdi
9 dekabr 2022, 14:30

«Mas’ullarga tanbeh berildi». IIV jurnalistlarning ota-onalari so‘roq qilingan holatga munosabat bildirdi

IIV Samarqand va Qashqadaryoda IIO xodimlari jurnalistlarning ijtimoiy tarmoqlardagi izohlari uchun ularning ota-onalarini so‘roq qilgan holatga munosabat bildirdi. Ta’kidlanishicha, bu Narpay tumani va Qarshi shahar IIBlari «rahbariyatining shaxsiy tashabbuslari» bo‘lib, «mas’ullarga tanbeh berildi».

Narxni oshirgan va sifatsiz mahsulot sotgan 299 ta AYOQSHga benzin yetkazib berish to‘xtatildi
9 dekabr 2022, 14:20

Narxni oshirgan va sifatsiz mahsulot sotgan 299 ta AYOQSHga benzin yetkazib berish to‘xtatildi

Energetika vazirligi huzuridagi «Neftgazinspeksiya» olib borgan o‘rganishlar davomida 299 ta AYOQSHlarda narxni asossiz oshirgani, bundan tashqari, 15 mln litrga yaqin sifatsiz neft mahsulotlari aniqlangan. Ularga avtobenzin yetkazib berish to‘xtatilgan.

11 oyda «Tez yordam» xizmatiga 5 mingga yaqin yolg‘on chaqiriq kelib tushgan
9 dekabr 2022, 14:08

11 oyda «Tez yordam» xizmatiga 5 mingga yaqin yolg‘on chaqiriq kelib tushgan

SSV ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-noyabr oylarida jami 11 mln 735 mingdan ortiq odam «103» xizmatiga murojaat qilib, «Tez yordam» chaqirgan. Ulardan 4 911 tasi asossiz murojaatlar hisoblanadi. Eng ko‘p chaqiriq Farg‘ona va Andijon viloyatlaridan kelib tushgan.

IIO xodimlari jurnalistlarning ijtimoiy tarmoqlardagi izohlari uchun ularning ota-onalarini so‘roq qildi
9 dekabr 2022, 12:42

IIO xodimlari jurnalistlarning ijtimoiy tarmoqlardagi izohlari uchun ularning ota-onalarini so‘roq qildi

«Gazeta.uz» muxbirining Facebook’dagi izohi uchun ota-onasining uyiga IIB tergov-qidiruv bo‘limi xodimi keldi. Boshqa jurnalistning Facebook’dagi postlari uchun ota-onasi IIB Migratsiya bo‘limiga chaqirtirildi. Jamoatchilik bu nima — «anglashilmovchilikmi yo o‘zboshimchalik» ekaniga izoh berishni talab qilmoqda.

O‘zbekistonning yetti viloyatida qor ko‘chish havfi e’lon qilindi
9 dekabr 2022, 12:15

O‘zbekistonning yetti viloyatida qor ko‘chish havfi e’lon qilindi

10−14 dekabr kunlari Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Jizzax,Toshkent, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi. Shu sababdan, ushbu hududlarda yashovchilar, dam oluvchilar hamda avtomashina haydovchilaridan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘ralmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting