Andijon viloyati SSB rahbari manfaatlar to‘qnashuvi sababli lavozimini tark etishga qaror qildi
12 noyabr 2022, 08:14

Andijon viloyati SSB rahbari manfaatlar to‘qnashuvi sababli lavozimini tark etishga qaror qildi

Yaqinda Andijon viloyati SSB boshlig‘i etib tayinlangan Jur’atbek Quvvatov tadbirkorlik faoliyatini davom ettirish va manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida o‘z lavozimini tark etishga qaror qildi. U davlat xizmati to‘g‘risidagi qonun kuchga kirganidan keyin shunday qarorga kelgan.

Buxorolik 22 yoshli yigit 29 yashar xotini va 5 yashar o‘g‘lini o‘ldirib, so‘ng yoqib yubordi
11 noyabr 2022, 22:23

Buxorolik 22 yoshli yigit 29 yashar xotini va 5 yashar o‘g‘lini o‘ldirib, so‘ng yoqib yubordi

Buxorolik 22 yoshli yigit rashk sababli 29 yoshli xotinini soch quritish uskunasi simi bilan bo‘g‘ib o‘ldirdi. So‘ngra hodisaga guvoh bo‘lgan 5 yashar o‘g‘lini ham o‘ldirib, xar ikkisining jasadlarini yoqib yubordi. Hodisa Toshkent-Buxoro yo‘lining G‘allaorol tumanidan o‘tgan qismida sodir bo‘lgan.

«Kasaba uyushmalari hech qachon o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan» — prezident
11 noyabr 2022, 22:04

«Kasaba uyushmalari hech qachon o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan» — prezident

Bundan buyon ham doimiy qo‘llab-quvvatlash asnosida ishchi va xizmatchilarning mehnat huquqlarini ta’minlash va ularning ish haqi miqdorini oshirib borish bo‘yicha barcha imkoniyatlar safarbar etiladi, deya ta’kidladi prezident Shavkat Mirziyoyev. Kasaba uyushmalari kunida Toshkentda Kasaba uyushmalari saroyi ochildi.

TDT sammiti yakunlari bo‘yicha 10 dan ortiq hujjat qabul qilindi
11 noyabr 2022, 21:07

TDT sammiti yakunlari bo‘yicha 10 dan ortiq hujjat qabul qilindi

Samarqandda bo‘lib o‘tgan TDT sammitida a’zo davlatlar o‘rtasida Savdoni yengillashtirish strategiyasi tasdiqlandi va Soddalashtirilgan bojxona koridorlari tizimini shakllantirish to‘g‘risidagi bitim imzolandi. Shuningdek, Turkiy investitsiya fondini qisqa muddatlarda tashkil etishga qaror qilindi.

Tasqara qushini o‘ldirgan ovchilar qidirilmoqda
11 noyabr 2022, 20:44

Tasqara qushini o‘ldirgan ovchilar qidirilmoqda

Internetda ikki erkakning Qizil kitobga kiritilgan tasqara qushi bilan tushgan surati paydo bo‘ldi. Ekologiya davlat qo‘mitasi va Bosh prokuratura tomonidan ovchilarga qidiruv e’lon qilindi.

Xerson Ukraina nazorati ostiga qaytmoqda — mamlakat Mudofaa vazirligi
11 noyabr 2022, 19:51

Xerson Ukraina nazorati ostiga qaytmoqda — mamlakat Mudofaa vazirligi

Ukraina Qurolli Kuchlarining bir qismi Xersonga kirib bormoqda, mamlakat Mudofaa vazirligi Rossiya qo‘shinlarining asosiy guruhi chekinganidan keyin shaharda qolgan rus harbiylarini taslim bo‘lishga chaqirdi.

««Zangiota-2»dagi har qanday muassasa mamlakatdagi eng yuqori texnologiyali bo‘ladi» — direktor Doniyor Mirazimov
11 noyabr 2022, 19:41

««Zangiota-2»dagi har qanday muassasa mamlakatdagi eng yuqori texnologiyali bo‘ladi» — direktor Doniyor Mirazimov

«„Zangiota-2“ shifoxonasiga qanday muassasa joylashtirilishidan qat’i nazar, u mamlakatdagi eng yuqori texnologiyali klinika bo‘ladi», — deydi direktor Doniyor Mirazimov. U shifoxonadan kelgusida foydalanish ehtimollari, salohiyati va bemorlar logistikasi nuqtai nazaridan uning joylashuvi haqida so‘zlab berdi.

UMS`ni xususiylashtirish uchun konsalting kompaniyasi tanlab olindi
11 noyabr 2022, 19:00

UMS`ni xususiylashtirish uchun konsalting kompaniyasi tanlab olindi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Universal Mobile Systems`ning 100 foizlik davlat ulushini xususiylashtirish bo‘yicha konsalting kompaniyalari o‘rtasida tanlov o‘tkazdi. Unda KPMG kompaniyasi g‘olib bo‘ldi.

Rossiyada O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan makkajo‘xori sotuvdan olib tashlandi
11 noyabr 2022, 18:15

Rossiyada O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan makkajo‘xori sotuvdan olib tashlandi

Rossiya do‘konlaridan O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan vakuumli qadoqdagi qaynatilgan makkajo‘xori olib tashlandi. Bunga Krasnoyarskda uch fuqaro zaharlangani sabab bo‘ldi.

YUNESKO bosh direktori Odri Azule O‘zbekistonga keladi
11 noyabr 2022, 18:01

YUNESKO bosh direktori Odri Azule O‘zbekistonga keladi

Toshkentda bolalarga ta’lim-tarbiya berish bo‘yicha II Butunjahon konferensiyasi bo‘lib o‘tadi, unda Odri Azule ham ishtirok etishi kutilmoqda. Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shinning aytishicha, tadbirdan ko‘zlangan maqsadlardan biri — «ilg‘or tajribalarimizni jahon hamjamiyatiga taqdim etish»dir.

Hafta boshida tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanadi
11 noyabr 2022, 17:57

Hafta boshida tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanadi

O‘zgidromet shoshilinch axborot e’lon qildi — dushanba kunidan boshlab Toshkent, Qashqadaryo va Namangan viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi, ayrim tumanlarda kuchli yog‘ingarchiliklar kuzatiladi. Ba’zi joylarda shamol 25−28 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

Banklar korxona va YATTlarga masofadan turib hisobvaraq ochishi mumkin bo‘ladi
11 noyabr 2022, 17:57

Banklar korxona va YATTlarga masofadan turib hisobvaraq ochishi mumkin bo‘ladi

2023 yilning may oyidan yuridik shaxslar va YATTlarga masofaviy hisobvaraq ochishga ruxsat beriladi. Shuningdek, korxonalar elektr energiyasi, gaz va boshqa kommunal xizmatlarni yetkazib berish bo‘yicha shartnomalarni elektron shaklda rasmiylashtirishi mumkin bo‘ladi.

Foto: TDT a’zo davlatlarning birinchi xonimlari Samarqandda uchrashdi
11 noyabr 2022, 17:36

Foto: TDT a’zo davlatlarning birinchi xonimlari Samarqandda uchrashdi

Samarqandda 10 noyabr kuni O‘zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon va Vengriyaning birinchi xonimlari maxsus tashkil etilgan «O‘zbekiston ranglari» ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi.

Vazirlar Mahkamasi binosida quvvati 630 kVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi
11 noyabr 2022, 17:24

Vazirlar Mahkamasi binosida quvvati 630 kVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi

Toshkent markazida joylashgan Vazirlar Mahkamasi binosida quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi. Uning quvvati 630 kVtga teng. Stansiya Vazirlar Mahkamasi binosini kunduz kuni to‘liq elektr energiyasi bilan ta’minlaydi.

TDT sammitida Shimoliy Kipr bo‘yicha alohida qaror imzolanmadi — Vladimir Norov
11 noyabr 2022, 17:13

TDT sammitida Shimoliy Kipr bo‘yicha alohida qaror imzolanmadi — Vladimir Norov

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an TDT Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishidagi nutqida Shimoliy Kipr tashkilotga kuzatuvchi sifatida a’zo bo‘lgani haqida gapirdi. O‘zbekiston TIV rahbari Shimoliy Kiprni mustaqil davlat sifatida tan olish haqida gap bo‘lish mumkin emasligini ta’kidladi.

Toshkentda Chelyabinsk viloyati ishlab chiqaruvchilarining ko‘rgazma zali ish yuritmoqda
11 noyabr 2022, 17:00

Toshkentda Chelyabinsk viloyati ishlab chiqaruvchilarining ko‘rgazma zali ish yuritmoqda

Ko‘rgazma zalida Chelyabinsk viloyati sanoat, gaz, mashinasozlik va oziq-ovqat korxonalari mahsulotlari bilan tanishish mumkin.

2023-yildan boshlab qaysi turdagi statistik hisobotlar bekor qilinadi?
11 noyabr 2022, 16:10

2023-yildan boshlab qaysi turdagi statistik hisobotlar bekor qilinadi?

2023 yildan boshlab O‘zbekistonda 9 turdagi statistik hisobotlar, jumladan, mehnat holati, xodimlar sonini hisoblangan ish haqi miqdori bo‘yicha taqsimlash, meva-sabzavot xarid qilish va boshqalar to‘g‘risidagi hisobotlar bekor qilindi (ro‘yxat).

Korxonalar ish haqi va boshqa hisobotlar bo‘yicha arxiv hujjatlarini saqlashdan ozod qilindi
11 noyabr 2022, 16:03

Korxonalar ish haqi va boshqa hisobotlar bo‘yicha arxiv hujjatlarini saqlashdan ozod qilindi

Yuridik shaxslar jismoniy shaxslarning ish haqi va boshqa daromadlari to‘g‘risidagi arxiv hujjatlarni, shuningdek, moliyaviy, soliq va statistik hisobotlarni saqlash va arxivga topshirish majburiyatidan ozod etildi. O‘zgartirish 2022 yil 1 yanvar va undan keyin chiqarilgan hujjatlarga ta’sir qiladi.

11-noyabr dam olish kuni bo‘ladi
11 noyabr 2022, 13:25

11-noyabr dam olish kuni bo‘ladi

Prezident kasaba uyushmalari xodimlari kuni munosabati bilan 11 noyabrni “Umumxalq bayrami” sifatida dam olish kuni deb e’lon qilish taklifini bildirdi. Agar taklif ma’qullansa, keyingi yildan mazkur sana dam olish kuni bo‘ladi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasining Qozog‘iston va Rossiyaga qarshi tarkibi e’lon qilindi
11 noyabr 2022, 13:23

O‘zbekiston milliy terma jamoasining Qozog‘iston va Rossiyaga qarshi tarkibi e’lon qilindi

O‘zbekiston milliy terma jamoasining Qozog‘iston va Rossiyaga qarshi o‘yinlar uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi. Qozog‘iston termasiga qarshi o‘yin 16 noyabr kuni, Rossiyaga qarshi bahs esa 20 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. MTJning ushbu o‘yinlarni ham o‘z ichiga olgan yig‘ini 13 noyabr kuni boshlanadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting