Yevropa Ittifoqi “Mikrotex” egasi va bosh direktori Andrey Xoxlunga nisbatan sanksiya kiritdi. O‘zbekistonda tug‘ilgan rossiyalik tadbirkor Yevropadan yarimo‘tkazgichlarni reeksport qilish orqali Rossiya harbiy sanoatiga yordam berishda ayblangan. sentabrda AQSh ham Xoxlunni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritgandi.
Prezident Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mukofotning taqdirlash marosimida “halollik vaksinasi” bilan emlangan yangi avlodni tarbiyalash ustuvor vazifa ekanini ta’kidladi. U Korrupsiya muammolari bo‘yicha mintaqaviy tadqiqot markazi hamda korrupsion surishtiruv instituti joriy etishni taklif qildi.
Prezident Qonunchilik palatasi deputatlari saylovi aralash saylov tizimi asosida o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan qonunni imzoladi. Shuningdek, siyosiy partiyalar deputatlikka nomzodlar ko‘rsatayotganda ayollar sonining eng kam miqdorini nomzodlar umumiy sonining 30 foizdan 40 foizga oshirish rejalashtirilmoqda.
O‘zbekiston prezidenti va Qatar amiri korrupsiyaga qarshi kurashni ifodalovchi monumentini ochib berdi. “Qo‘l ko‘rinishida kompozitsiya halollik, pok amal va niyatlarni, korrupsiyaga nisbatan toqatsizlikni, dunyoning barcha mamlakatlarini unga qarshi kurashishda birlashishga chaqiriqni anglatadi”, — deyiladi xabarda.
“NOQulay shahar” loyihasining navbatdagi sonida poytaxt qanday qilib o‘z aholisini, jumladan, nogironligi bor insonlar, qariyalar, homilador ayollar va farzandlarini aravachada olib ketayotgan ota-onalarni yuqoriga ko‘tarilib, pastga tushishga majburlayotganini tasvirga oldik.
Ikrom Xidirov Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumani hokimi etib tayinlandi.
Toshkent shahrida “pufak indeksi” uy-joy narxlari pufak xavfi chegarasiga yaqinlashib borayotganini ko‘rsatmoqda, deyiladi MHTI hisobotida. Poytaxtda o‘rtacha ta’mirlangan 2 xonali kvartira sotib olish uchun kerak bo‘ladigan vaqt 10 yilgacha yetgan (o‘rtacha ish haqiga nisbatan).
Hukumatning tramvay va trolleybus transportida yo‘lovchilarni tashish tizimi samaradorligini oshirish to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi. Unda xodimlarning malakasini oshirish, yo‘lkira haqini to‘lashning avtomatlashtirish va boshqalar ko‘zda tutilgan.
Huquq-tartibot idoralari Toshkent viloyatining Bekobod tumani hokimi Shuhrat Mirzayevni qo‘lga oldi. U bu lavozimga to‘rt oy avval tayinlangandi.
Markaziy bank ko‘rsatmalarga amal qilmagani va makroprudensial vazifalar ijrosini o‘z vaqtida ta’minlamagani sababli bitta tijorat bankining ayrim operatsiyalarni amalga oshirishiga cheklovlar kiritdi. Shuningdek, regulyator 4 ta bank va 1 ta to‘lov tashkilotiga nisbatan jarima qo‘lladi.
Seshanbaga o‘tar kechasi Xitoyning shimoli-g‘arbiy qismida 6,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Uning oqibatida hozircha 118 kishi halok bo‘lgani, 500 nafardan ortiq kishi jarohatlangani aytilmoqda. Shavkat Mirziyoyev Xitoy raisi Si Szinpinga hamdardlik yo‘lladi.
O‘zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliyev AQShda bungacha mag‘lub bo‘lmagan Kevin Gonsales ustidan muddatidan avval g‘alaba qozondi va WBA chempionligi unvoni uchun majburiy da’vogarga aylandi.
Huquq-tartibot idoralari Soliq qo‘mitasi markaziy apparatining ikki nafar mas’ul xodimi va Toshkent shahri Soliq boshqarmasi kameral soliq tekshiruvlar shu’basi sobiq rahbarini qo‘lga oldi. Ular noqonuniy tadbirkorlik faoliyatini yashirganlikda gumon qilinmoqda.
Shavkat Mirziyoyev raisligidagi yig‘ilishda geologiya-qidiruv ishlari 2−3 kilometrdan 4−5 kilometr chuqurlikkacha tushirilgani qayd etildi. Endi ushbu qidiruv ishlarini 6−7 kilometrga oshirish rejalashtirilmoqda.
Harbiy xizmatda ofitserlik va rahbarlik lavozimlarida ishlab kelgan Burhon Kuldashev Farg‘ona viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 12-paketini qabul qildi. U Rossiyadan zargarlik buyumlari olmoslarini olib kirishni, shuningdek, o‘ta nozik tovarlar va texnologiyalarni reeksport qilishni taqiqlashdan iborat.
Poytaxtning Yashnobod tumanidagi uyda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida ayol hamda uning 8 va 5 yoshli ikki qizi halok bo‘ldi.
Misrning amaldagi rahbari Abdulfattoh as-Sisi 10−12-dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida 89,6 foiz ovoz to‘pladi. Bu Sisining uchinchi prezidentlik muddati hisoblanadi.
19-dekabr kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro mukofotni topshirish marosimida qatnashish uchun Qatar amiri Toshkentga keladi. Tashrif doirasida oliy darajadagi muzokaralar ham bo‘ladi.
Oliy sud sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov bosh prokuror o‘rinbosari iltimosnomasidan so‘ng hibsga olingani haqida xabar berdi. U o‘zlashtirish va mansab vakolatini suiiste’mol qilishda gumonlanmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting