Yana bir bola ariqning panjarasiga tiqilib qoldi. FVV yana ota-onalarga murojaat qildi
9 sentabr 2022, 10:06

Yana bir bola ariqning panjarasiga tiqilib qoldi. FVV yana ota-onalarga murojaat qildi

Toshkentda 11 yoshli bolaning oyog‘i ariq panjarasiga qisilib qoldi. Shu kabi holat avvalroq Sirdaryoda ham kuzatilgandi. FVV yana bir marta ota-onalarni o‘z farzandlarini nazoratsiz qoldirmaslikka chaqirdi.

Kechasi zilzila sodir bo‘ldi. Epitsentr — Andijon
9 sentabr 2022, 09:46

Kechasi zilzila sodir bo‘ldi. Epitsentr — Andijon

9 sentabr kuni Toshkent vaqti bilan 02:00 da Andijonda zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila magnitudasi epitsentr — Asaka tumanida 3,3 ballga teng bo‘lgan. Bundan yarim soatcha oldinroq esa Qirg‘izistonda yer qimirladi, uning ta’siri Toshkent, Sirdaryo va Jizzaxda sezildi.

«Reklama to‘g‘risida»gi qonun kuchga kirdi. Asosiy tartib va cheklovlar
9 sentabr 2022, 09:34

«Reklama to‘g‘risida»gi qonun kuchga kirdi. Asosiy tartib va cheklovlar

9 sentabrdan «Reklama to‘g‘risida»gi qonun kuchga kirdi. Unga ko‘ra, bir qancha yangi tartib va cheklovlar o‘rnatilmoqda. Xususan, endi reklamaning o‘zi davlat tilida tarqatilishi shart. Qolaversa, milliy va oilaviy an’analarga zid obrazlar, mashhurlar va tibbiyot xodimlari siymosidan foydalanish taqiqlanadi.

«Nukus — Mo‘ynoq» yo‘nalishida muntazam aviaqatnov yo‘lga qo‘yiladi
9 sentabr 2022, 09:19

«Nukus — Mo‘ynoq» yo‘nalishida muntazam aviaqatnov yo‘lga qo‘yiladi

12 sentabrdan boshlab Uzbekistan Airways har dushanba «Nukus — Mo‘ynoq» yo‘nalishida aviaqatnovni amalga oshiradi. Qolaversa, kompaniya faqat 9 sentabr kuni Nukusdan uchgan samolyot Mo‘ynoqda to‘xtab, keyin Toshkentga uchishini ma’lum qildi.

Qirolicha Yelizaveta II vafot etdi
8 sentabr 2022, 23:05

Qirolicha Yelizaveta II vafot etdi

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II 96 yoshida vafot etdi. Qirolichaning to‘ng‘ich o‘g‘li shahzoda Charlz yangi monarx bo‘ladi. Mamlakatda 12 kunlik motam e’lon qilindi.

8 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
8 sentabr 2022, 22:00

8 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Toshkentda o‘tgan Parlamentlararo ittifoqning ayol rahbarlari sammiti, Chilonzor prokuraturasi ro‘parasida yana daraxtkushlik, «O‘zbek tili» kitobida Murod Nazarov haqidagi matn, 57 ta timsoh bolasining ahvoli, asosiy stavkani 15% darajada o‘zgarishsiz qoldirgan MB va boshqalar — «Gazeta.uz»da kun dayjesti.

Estoniya, Latviya, Litva va Polsha rossiyalik sayyohlarning kirishini taqiqlaydi
8 sentabr 2022, 20:37

Estoniya, Latviya, Litva va Polsha rossiyalik sayyohlarning kirishini taqiqlaydi

19 sentabrdan boshlab Estoniya, Latviya, Litva va Polsha rossiyalik sayyohlarning istalgan davlat tomonidan berilgan Shengen vizasi bilan mamlakatga kirishini to‘xtatadi. «Estoniyaga Shengen vizasi bilan kelmang, bu yerda sizni xush ko‘rishmaydi», — dedi Estoniya tashqi ishlar vaziri rossiyaliklarga.

Toshkentda yana bir quruvchi tashkilot 42 tup daraxtni kesib tashlagani aniqlandi
8 sentabr 2022, 20:16

Toshkentda yana bir quruvchi tashkilot 42 tup daraxtni kesib tashlagani aniqlandi

Toshkent shahrining Uchtepa tumanida quruvchi tashkilot tomonidan 42 tup daraxt noqonuniy ravishda kesib yuborilgani aniqlandi. Buning oqibatida tabiatga 425 mln so‘mdan ortiq zarar yetkazilgan. Bosh prokuratura tashkilot mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.

MDH mamlakatlarida taqiqlangan internet resurslarining yagona reyestri yaratilishi mumkin
8 sentabr 2022, 20:04

MDH mamlakatlarida taqiqlangan internet resurslarining yagona reyestri yaratilishi mumkin

MDH davlatlari ichki ishlar vazirlari tomonidan tashkilotga a’zo mamlakatlar milliy qonunchiligiga muvofiq blokirovka qilinishi shart bo‘lgan internet-resurslarning yagona reyestrini yaratish muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev Parlamentlararo ittifoq delegatsiyasini qabul qildi
8 sentabr 2022, 19:57

Shavkat Mirziyoyev Parlamentlararo ittifoq delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev parlamentlar ayol rahbarlarining xalqaro sammitida doirasida mamlakatda bo‘lib turgan Parlamentlararo ittifoq raisi va bosh kotibini qabul qildi. Shuningdek, Ozarbayjon, Turkmaniston parlament rahbarlari, Rossiya Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi o‘rinbosari bilan uchrashdi.

Avgust oyida aholi va tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalari kamaydi. Asosiy sabablar
8 sentabr 2022, 17:55

Avgust oyida aholi va tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalari kamaydi. Asosiy sabablar

Avgust oyida aholi va tadbirkorlik subyektlarining inflyatsion kutilmalari pasaydi. Shuningdek, keyingi 12 oyda valyuta kursining o‘zgarishi, yoqilg‘i va transport narxlari qimmatlashishi, ish haqi va nafaqalarning oshishi kabi omillar narxlar oshishiga ta’sir etishi mumkinligi ta’kidlandi.

«O‘zbek tili» darsligiga Murod Nazarov haqida matn kiritilganiga izoh berildi
8 sentabr 2022, 17:21

«O‘zbek tili» darsligiga Murod Nazarov haqida matn kiritilganiga izoh berildi

Tarmoqlarda 7-sinf «O‘zbek tili» darsligiga Murod Nazarov to‘g‘risida ma’lumot kiritilgani muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Vaziyatga darslik mualliflari jamoasi tushuntirish berishicha, tadbirkor haqidagi matn «o‘qib tushunish kompetensiyalarini rivojlantirish uchun autentik material sifatida tanlangan».

Toshkentda 58 tup daraxtni kesib tashlagan Dream House Stroy mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
8 sentabr 2022, 17:10

Toshkentda 58 tup daraxtni kesib tashlagan Dream House Stroy mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Chilonzor tumanida 58 tup daraxtni kesib tashlab, tabiatga qariyb 800 mln so‘mlik zarar yetkazgani uchun Dream House Stroy kompaniyasi mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi ochildi. Avvalroq, mazkur hodisa Chilonzor prokuraturasi ro‘parasida, tungi vaqtda sodir etilgani haqida yozgandik.

«Jizzax akkumulyator zavodi» aksiyadorlik jamiyati tender e’lon qildi
8 sentabr 2022, 17:00

«Jizzax akkumulyator zavodi» aksiyadorlik jamiyati tender e’lon qildi

«Jizzax akkumulyator zavodi» (JAZ) AJ tayyor mahsulotlarni Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida sotish buyicha dilerlikka tanlov e’lon qildi.

«SHHT G‘arbga qarshi tashkil etilmagan» — O‘zbekistonning tashkilotdagi milliy koordinatori
8 sentabr 2022, 16:58

«SHHT G‘arbga qarshi tashkil etilmagan» — O‘zbekistonning tashkilotdagi milliy koordinatori

SHHTning bo‘lajak sammiti kun tartibida global geosiyosiy inqirozlar haqida biror gap yo‘q va uning hujjatlarida geosiyosiy maqsadlarni ko‘zlovchi masalalar yuzasidan bayonot va chaqiruvlar bo‘lmaydi, dedi O‘zbekistonning SHHTdagi milliy koordinatori Rahmatulla Nurimbetov.

Jizzaxda er xotinini armatura bilan urib o‘ldirgani aytilmoqda
8 sentabr 2022, 16:39

Jizzaxda er xotinini armatura bilan urib o‘ldirgani aytilmoqda

G‘allaorol tumanida er o‘zaro gap talashib janjal yuzaga kelishi oqibatida xotinining boshiga armatura bilan urib, o‘ldirib qo‘ygani aytilmoqda.

Dollarning rasmiy kursi pasaydi
8 sentabr 2022, 16:23

Dollarning rasmiy kursi pasaydi

AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 20,01 so‘mga arzonlab, 10 977,60 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa ko‘tarildi.

Toshkentda Audi va Nexia to‘qnashib ketdi
8 sentabr 2022, 16:05

Toshkentda Audi va Nexia to‘qnashib ketdi

Uchtepa tumanida Audi e-tron GT va Nexia ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘ldi. Buning oqibatida Nexia haydovchisi tan jarohati olib kasalxonaga yotqizildi.

Toshkent hayvonot bog‘i 57 ta timsoh bolasining ahvoli haqida ma’lumot berdi
8 sentabr 2022, 15:47

Toshkent hayvonot bog‘i 57 ta timsoh bolasining ahvoli haqida ma’lumot berdi

Avgust oxirida aeroportdan noqonuniy tarzda plastmassa idishda olib o‘tishga urinilgan 57 ta timsoh bolasining sog‘ligiga jiddiy zarar yetkazilgan, deya ma’lum qildi Toshkent hayvonot bog‘i. Hozirda ular go‘sht, baliq bilan boqilmoqda, ularning bo‘yi va vazni o‘lchab ko‘rildi.

«Bahoni biznes manfaati bo‘lgan shaxslar bermasligi kerak». Darsliklar mualliflari prezidentga murojaat qilishdi
8 sentabr 2022, 15:46

«Bahoni biznes manfaati bo‘lgan shaxslar bermasligi kerak». Darsliklar mualliflari prezidentga murojaat qilishdi

Yangi maktab darsliklari mualliflari darsliklarning mazmun-mohiyati va sifati haqida «asossiz xabarlar» tarqalayotgani sababli prezidentga murojaat qilishdi. Unda darsliklarni ekspertizadan o‘tkazilishiga qarshi emasliklari, biroq bahoni biznes manfaatlari bo‘lganlar bermasligi kerakligini ta’kidlashdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting