O‘zbekistonda kun davomida 80 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, jami 4520 taga yetdi. Yangi holatlarning 25 tasi poytaxt, Toshkent va Navoiy viloyatlarida aholi orasida qayd etildi.
Davlat granti asosida o‘qiyotgan talabalarni 3 yilga kambag‘allik darajasi yuqori bo‘lgan hududlarga ishlash uchun yo‘naltirish taklif qilindi.
Hajviya, satira, askiya borasida san’at chegaralanmasligi kerak — Madaniyat vazirligi «Sho‘rdanak» va «Qalpoq» hajviy guruhi a’zolarining YHXB xodimlaridan kechirim so‘raganiga yuzasidan munosabat bildirdi.
Huawei kompaniyasi tana haroratini o‘lchash imkoniyatiga ega Honor Play 4 Pro smartfonini taqdim etdi. Smartfon kamerasiga infraqizil o‘lchagich o‘rnatilgan bo‘lib, u -20 dan 100 darajagacha bo‘lgan haroratni o‘lchay oladi.
Surxondaryoda “Jihodchilar” guruhi faoliyatiga chek qo‘yildi. Uning a’zolari Rossiyada mehnat muhojirlari sifatida yashash vaqtida terrorchilik tashkilotlari ta’siriga tushib, uylariga qaytganidan keyin ekstremistik materiallarni tarqatib kelgan, deya xabar berdi IIV.
Taxiatosh tumani hokimi lavozimida ishlagan Farxat Allambergenov Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori etib tayinlandi.
1 noyabrdan bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirish vaqti 3 sutkadan 1 kungacha qisqartiriladi. Avtomobil chegara bojxona postlarida esa xavflarni boshqarish tizimi joriy etiladi. Shuningdek, bojxona xodimlariga tovarlar va transport vositalarini joyida tekshirishga ruxsat berildi. Prezident farmonida bojxona tizimidagi kutilayotgan asosiy o‘zgarishlar.
O‘zbekistonda yana 34 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, jami holatlar 4482 taga yetdi. Yangi kasallanish holatlarining barcha Karantin markazidagi fuqarolar orasida qayd etilgan.
KXDR 9 iyun kunidan boshlab Janubiy Koreya bilan barcha mavjud aloqa kanallarini to‘xtatishini e’lon qildi. Shimoliy Koreyaning bunday qarorga kelishiga Janubiy Koreya tomonidan tashviqot varaqalari jo‘natilgani sabab bo‘ldi. 2018 yildan birinchi bor Pxenyan rasmiy Seulning telefon qo‘ng‘iroqlariga javob bermadi.
Prezident “Informatika” faniga “Bir million dasturchi” loyihasiga doir yo‘nalishlarni kiritish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Barcha hududlarda IT bo‘yicha kamida 100 ta o‘quv markazi ochilib, ularda dasturlash asoslari, elektron savdo va grafikli dizayn bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etiladi.
Jizzax viloyatida maktab va bolalar bog‘chalari yaqinida tezlikni cheklovchi yo‘l belgisini o‘rnatish taklif etildi. Ta’lim muassasalari yaqinida eng yuqori tezlikning soatiga 50 km bo‘lishi kutilmoqda.
Jahon banki O‘zbekistonning YAIM o‘sishi bo‘yicha prognozini 1,6 foizdan 1,5 foizgacha pasaytirdi, shunday bo‘lsa ham, mamlakat mintaqada iqtisodiyoti o‘sishda davom etayotgan yagona davlatligicha qolmoqda. Jahon iqtisodiyotida esa Ikkinchi jahon urushi davridan keyingi eng yuqori — 5,2 foizlik pasayish kutilmoqda.
Karantin sababli davlat mulkini ijara olgan 11 mingdan ortiq tadbirkor ijara to‘lovini to‘lashdan ozod etilgan. Bu davlatga to‘lanishi mumkin bo‘lgan 92,6 mlrd so‘m pul tadbirkorlarning qo‘llarida qolganligini bildiradi.
Toshkentda Sankt-Peterburg davlat universitetining filialini tashkillashtirish rejalashtirilmoqda. OTMda ta’lim rus tilida tashkil etilib, sharq tillari filologiyasi, etnografiya, sharq mamlakatlari iqtisodiyoti va biotibbiyot kabi yo‘nalishlarda mutaxassislar tayyorlanadi.
Davlat test markazi tomonidan 2020−2021 o‘quv yili qabulida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun test sinovlarini o‘tkazish rejalashtirilgan binolar ro‘yxati e’lon qilindi.
Prezident o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar, frilanserlar va tadbirkorni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi qarorni qabul qildi. Unga ko‘ra, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni ro‘yxati kengaytiriladi, ularga bir qator qulayliklar va imtiyozlar beriladi hamda ularning faoliyatini masofadan turib ro‘yxatga olish uchun DSQ tomonidan mobil ilova ishlab chiqiladi.
Koronavirus bemorlari soni 8 nafarga ortib, jami 4448 kishini tashkil etmoqda. Yangi kasallanish holatlarining barchasi Toshkent shahrida aholi orasida aniqlangan. Ushbu holatlar bo‘yicha epidemiologik surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Toshkentda sodir bo‘lgan pichoqbozlikka dorixona daromadlarini bo‘lisha olmaslik sabab bo‘lgani ma’lum qilindi. Jarohatlanganlardan biri olamdan o‘tdi.
Toshkentda sun’iy nafas olish apparatida bo‘lgan 76 yoshli bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi. Koronavirus qurbonlari soni 18 nafarga yetdi.
“Sho‘rdanak” va “Qalpoq” hajviy guruhi a’zolari YHXB xodimlari haqida tayyorlagan yumoristik ko‘rsatuvlaridagi hazillari uchun kechirim so‘rashdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting